Konstitutsiyani о`rganish о`quv kursining maqsadi, vazifalari va tizimi. Totalitar jamiyatda Konstitutsiyaviy huquqning roli rasmiy, qotib qolgan amaliyot bilan cheklangan va ta`sirsizdir, chunki butun real hokimiyat yagona partiya, sinf qо`lida bо`ladi va diktatorlik usullari bilan amalga oshiriladi. Ammo demokratik davlatda bu huquqning muttasil rivojlanishi siyosiy fikrlar hilma-hilligi ta`siri ostida amalga oshadi. Bu hol, ayniqsa, hozirgi paytda demokratiyaga о`tish jarayonini boshidan kechirayotgan О`zbekiston uchun harakterlidir. Bu yerda Konstitutsiyani о`rganish fanining о`zi islohotlarning ob`ekti bо`lishi bilan birga, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligi uchun zarur sharoitlar yaratadi. Turli siyosiy, shu jumladan, ekstremistik va aqidaparast kuchlarning hokimiyat uchun kurashi yо`liga qonuniy va adolatli tо`siq qо`yadi. Avtoritar davlatlarda esa hokimiyat yagona shaxs qо`lida bо`lishi mumkin va h.k.
Konstitutsiyani о`rganish fani birinchi navbatda davlat boshqaruv shakli va davlat hokimiyatini tashkil etish me`yorlarini о`rgatadi. Bunda u avvalam bor uning asosiy prinsiplari, manbalari, ta`limotlari va g`oyalari nimalardan iborat ekanligini aniq kо`rsatadi. Bu о`rinda xalq hokimiyatining taqsimlanishi, davlat boshqaruv shakli, kо`p partiyaviylik, hur fikrlik, vijdon erkinligi, mulk huquqi kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu prinsip va qoidalarga asosan Konstitutsiya davlat hokimiyatining tizimi va organlarini, ular о`rtasidagi о`zaro munosabatlarni tartibga soladi. Bu о`rinda Konstitutsiya davlat hokimiyatining taqsimlanishi nazariyasini amalga oshirib, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarini о`zaro tiyib turish va muvozanatda tutish qoidasini ta`minlaydi.
Konstitutsiya normalaridagi yana eng muhim masalalardan biri inson va davlat о`rtasidagi munosabat masalasidir. Bunda asosiy diqqat e`tibor insonning erki, hayoti, mulki kabi huquqlarining ta`minlanganligi va kafolatlanishiga qaratiladi.
Konstitutsiyada insonning tabiiy huquqlari, ya`ni yashash, mehnat qilish, kasb tanlash, mulkdor bо`lish hamda barchaning qonun oldida tengligi kabi huquqlarining muqaddasligi va dahlsizligi aniq belgilab qо`yiladi. Masalan, shaxs sudning hukmisiz ozodlikdan mahrum etilmaydi yoki uning mulki, turar joyi daxlsizdir va h.k. Davlat insonga xizmat qiladi va u odamlar oldida mas`uldir.
Konstitutsiyada kо`riladigan yana muhim masalalardan biri davlat va jamiyat о`rtasidagi munosabat masalasidir. Albatta, davlat qonunlar orqali jamiyatda tartib о`rnatadi. U о`tish davrida asosiy islohotchilik vazifasini bajaradi. Bu davlat jamiyat ustidan hukmronlik qiladi, degan fikrni bildirmaydi. Davlat ham jamiyatning asosiy bir bо`g`ini sifatida amal qiladi. Jamiyat davlatdan kо`ra kengdir. Jamiyat davlat, nodavlat va joylarda о`zini о`zi boshqarish organlarini mujassamlashtirgan holda bir butun tarzda namoyon bо`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |