O’quv rejalari va dasturlari. O’quv rejasi davlat xujjati bo’lib, o’quv ishlari tartibi, mazmuni, shakllarini aniq belgilab berishda, shuningdek, talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda aloxida ahamiyatga egadir. O’quv rejasida ma'ro’za va amaliy mashg’ulotlar, joriy, oraliq va yakuniy baholashlari, bittiruv malakaviy ishlari, ta'tillar o’tkazishning muddatlari aniq ko’rsatiladi. O’quv rejasiga muvofiq boshlang’ich kurslarda esa (mutaxassis) ko’proq umumiy fanlar o’qitiladi. Yuqori kurslarda esa yo’nalishlar bo’yicha ma'ro’za va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.
O’quv rejalari hamma o’quv yurtlari uchun bir xilda emas, chunki ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, o’quv muddatini belgilashda hisobga olinadi. Masalan, ayrim o’quv yurtlari to’rt yil, ba'zilari besh yil, boshqalari esa olti yilga muljallangan. Shunga muvofiq o’tkaziladigan fanlardan nazoratlar va kurs ishlari miqdori semestrlar bo’yicha aniq belgilab chiqiladi.
O’quv rejasidagi har bir fan o’zining o’quv dasturiga ega bo’ladi. Dasturlarni olimlar va tajriba o’tkazuvchi o’qituvchilar tuzishi mumkin. Dasturlar ma'ro’za va amaliy mashg’ulotlarni olib boruvchi olim-pedagoglar tomonidan tayyorlanganligi ma'qul. Chunki o’quv rejasini moxiyatini to’la ochib berishi lozim.
Dastur qisqagina so’z bilan boshlanib, so’ngra bir necha boblar yoki bo’limlarga ajratiladi. Har bir bob yoki bo’limda aloxida o’tiladigan mavzular berilib, oxirida zaruriy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.
Dasturda fanlar bob, qism va bo’limlarga ajratilib, har bir mavzu bo’limlarga bo’linadi, har bir bob, bo’lim yoki qismdan so’ng foydalanishi lozim bo’lgan adabiyotlar alfavit tartibida ro’yxatga keltiriladi. Bu o’qituvchining ma'ro’za va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishini osonlashtiradi. Shuning uchun o’qituvchilar dasturdagi adabiyotlarning bir qismigina talabalarga mustaqil ishlash uchun tavsiya etishlari lozim.
Dekanat dars jadvalining tuzilishiga aloxida ahamiyat berishi lozim. Qulay tartibda tuzilgan dars jadvali o’z navbatida o’qituvchining ham, talabalarning ham vaqtini tejaydi va ishini osonlashtiradi.
Mavjud o’quv dasturlari asosida o’qituvchi o’z ish dasturini tuzadi. Shuningdek, ma'ro’za va amaliy mashg’ulotlar alohida ko’rsatiladi. Adabiyotlarning bir qismi mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladi.
O’quv -tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish quyidagilardan iborat:
oliy ta'lim muassasasidagi ta'lim jarayoni davlat ta'lim standartlarini amalga oshirishni ta'minlaydi.
Oliy ta'lim muassasalarida o’quv mashg’ulotlarining quyidagi turlari joriy qilingan: ma'ro’za, maslahat, seminar, amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi kollokvium, mustaqil ish, amaliyot kurs loyixasi (ishi), malaka bitiruv ishi.
Auditoriya mashg’ulotlarining barcha turi uchun 45 (yoki tanaffussiz juft ma'ro’zalar uchun 40) minutli akademik soat joriy qilingan. Mashg’ulotlar o’rtasidagi tanaffus 10 minutdan kam emas.
Oliy ta'lim muassasalarida o’quv yili, odatda, ikki semestrga bo’linadi, ulardan har biri talabalar o’zlashtiririshi natijalarining yakulanishi bilan tugallanadi.
O’zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o’tkazish fakultet dekanining taqdimiga binoan oliy ta'lim muassasasi raxbarining buyrug’i orqali amalga oshiriladi. Shartli ravishda o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.
Oliy ta'limning kasbiy ta'lim dasturlarini tula o’zlashtirish ta'limni boshkarish bo’yicha vakolatli davlat idorasi tasdiklangan Nizomga binoan bitiruvchilarni majburiy yakuniy attestatsiyalash bilan tugallanadi.
Talabalar amaliyotlari barcha turlari davlat va nodavlat korxonalar va tashkilotlarda ular bilan oliy ta'lim muassasalari urtasida to’zilgan shartnomalarga binoan, o’quv rejalari va
«O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida namunoviy Nizom» ga muvofiq o’tkaziladi.
Oliy ta'limning kasbiy ta'lim dasturlari: kunduzgi, sirtqi, eksternat va masofaviy ta'lim olish shakllarida o’zlashtirilishi mumkin.
Bir vaqtning o’zida to’lov-kontrakt asosida o’zga shaklda ikkinchi tur ta'lim olishga ham yo’l qo’yiladi. Faqat kunduzgi ta'lim olish mumkin bo’lgan kadrlar tayyorlash yo’nalishlari (ixtisosliklari)ning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan joriy qilinadi. E k s t ye r n a t – oliy ta'limning tanlagan yo’nalishi (ixtisosligi) bo’yicha kasbiy ta'limga muvofiq fanlarni mustaqil o’zlashtirish va ta'lim muassasida davriy attestatsiyadan (joriy va
yakuniy) o’tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |