I l t i m o s x a t. Muassasalar ma'lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa bir muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o’rtasidagi bunday o’zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko’p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning mos ish qog’oziga yoziladi va albatta jo’natilish sanasi va jo’natma tartib raqami ko’rsatiladi.
K a f o l a t x a t i. Muayyan bir shart yoki va'dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi qoidaga ko’ra bajarilgan ish uchun xaq to’lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta'minlashda, ishga qabul qilishda, bajarilgan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki aloxida shaxslarga jo’natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |