O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 1,43 Mb.
bet23/71
Sana22.04.2022
Hajmi1,43 Mb.
#572531
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
1.2.-UMK-STM-RAHBAR-kadrlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida 658-son qarori.


Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
14 avgustdagi 658-son qaroriga 4-ILOVA
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya instruktorlarini, umumta’lim maktablari va akademik litseylarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining kafedra mudirlarini hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, sport faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlarni, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari va trenerlarini hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni (keyingi o‘rinlarda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar deb ataladi) qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
2. Oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 20 avgustdagi 242-son qarori asosida amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
pedagogik qayta tayyorlash — oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog bo‘lmagan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlovchi darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan tayyorgarlikka muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash — oliy va o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotga ega mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan, o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘qitish;
maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish — sport faoliyatini yakunlagan sportchilarni trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari, pedagogik faoliyatni yuritish, zarur va yetarli hajmda yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘rgatish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish — ta’lim dasturlari va mehnat bozorining takliflari asosida, ta’limning tegishli turi o‘quv-tarbiya jarayonining monitoringi natijalari va mutaxassislar tayyorlash sifatini hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan modullar bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish;
ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba orttirish — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, markazlar, laboratoriyalar va boshqa muassasalarda mutaxassislarni fanning zamonaviy yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqot uslublarini o‘rganish;
xorijda tajriba orttirish — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq, shuningdek, ta’limni boshqarish organlari bilan ta’lim va sport ta’limi muassasalari hamda sport tashkilotlari tajribalarini o‘rganish;
mustaqil o‘qib bilim orttirish — ta’lim darajasi va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq o‘qitiladigan modullar bo‘yicha yangi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil o‘zlashtirish;
masofaviy ta’lim — onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) shaklida amalga oshiriladigan ta’lim turi.
4. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.
5. Xorijiy davlatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ularning bazaviy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatini belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazgandan keyin amalga oshiriladi.
6. Vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) va uning filiallarida vazirlik tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, nodavlat ta’lim muassasalarining xodimlari va jismoniy shaxslar esa ular bilan tuzilgan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tadilar.
7. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash, maxsus o‘quv va malaka oshirish kurslari ushbu Nizomning 1 — 4-ilovalariga muvofiq tashkil etiladi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish