O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni



Download 1,43 Mb.
bet10/71
Sana22.04.2022
Hajmi1,43 Mb.
#572531
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
1.2.-UMK-STM-RAHBAR-kadrlar

1.2 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
Mustaqil davlatimizning 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi avvalgi Konstitutsiyalardan o‘zining yuridik mazmun va mohiyati jihatidan farq qilib, bu Konstitutsiyada davlatning mustaqilligi
mustahkamlandi. Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati uning xalq manfaatlari uchun xizmat qiladigan, huquqiy demokratik davlat qurish asoslari belgilab berilganligidadir.
Konstitutsiyaning yuridik xususiyatiga:
1. Konstitutsiya normativ-huquqiy aktlar jumlasiga kirib, qonunlarga xos bo‘lgan hamma belgilarga ega bo‘ladi. Konstitutsiya bu Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan va hamma uchun umummajburiy kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy akt bo‘lib, jamiyat qurilishi xalq hokimiyatchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
2. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega, ya’ni barcha oddiy qonunlar va boshqa normativ-huquqiy aktlarga nisbatan ustunlikka ega, chunki qonunlar va boshqa normativ-huquqiy aktlar Konstitutsiya normalariga muvofiq bo‘lishi shart.
3. Konstitutsiya joriy qonunchilik uchun asos bo‘lib hisoblanadi va ularning xarakterini belgilab beradi va ayni vaqtda uning normalarini takomillashtiruvchi normativ aktlar qabul qilish zarurligini nazarda tutadi.
4. Konstitutsiya yana uni qabul qilish va o‘zgartirishning alohida tartiblarini belgilaydi.
Konstitutsiyaning asosiy yuridik belgilari quyidagilardan iborat:
1. Konstitutsiya boshqa normativ-huquqiy aktlar uchun asos bo‘lib hisoblanadi. U jamiyat hayotidagi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqchilligi shunda namoyon bo‘ladiki, bu Konstitutsiya mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilishi bilan birga hayot taqazosi bilan vujudga kelgan Konstitutsiyadir.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotiyligi shundaki,
Konstitutsiya jamiyatda mavjud ijtimoiy munosabatlarga va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlariga, demokratik tamoyillariga to‘la mos keladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining barqarorligi, unda mujjasamlashgan normalar uzoq vaqtlar davomida o‘zgartirishlarsiz harakatda bo‘lishida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun xarakat qilar ekan, xar tomonlama rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ta’lim soxasida maqsadga yo‘naltirilgan davlat siyosatini olib borish va bu vazifani yechishda asosiy vositalardan biridir.
Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasiga asoslanib berilgan huquqni amalga oshirishning faoliyat ko‘rsatayotgan mexanizmini yaratdi.
Ta’lim olish huquqiga tegishli halqaro hujjatlar (1960 yil 14 dekabrdagi Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya) shuni e’tirof etadiki, “ta’lim” iborasi o‘qitishning barcha turlarini va bosqichlarini qamrab oladi va ta’lim olish imkoniga ega bo‘lish, ta’limning darajasi va sifati, shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro huquq normalari boshlang‘ich ta’limning majburiy va bepul qilishni, o‘rta ta’limni uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta’minlashni, oliy ta’limni to‘la tenglik asosida va har bir kishining qobiliyatidan kelib chiqib barcha erisha oladigan qilishni, qonunda belgilangan o‘qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi.
1948 yil 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A Rezolyusiyasi bilan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish