Uchinchi guruhga katta jismoniy yuklamalar, nisbatan yuqori sur’atda bajariladigan ishchi harakatlari (masalan, qurilish ishchilari, shaxtyorlar va b.) bilan bog‘liq kasblar kiritilgan. Mashqlar majmuasining asosiy yo‘nalishi – bu organizmni umumiy, har tomonlama mustahkamlash. Mashqlar sekin, chuqur nafas olish bilan bajariladi. Majmuaga, odatda, quyidagi mashqlar kiritiladi:
1-mashq – keyinchalik qo‘llar va elka kamari mushaklarini bo‘shashtirish orqali tortilish.
2-mashq – qo‘l mushaklarini bo‘shashtirish.
3-mashq – butun gavda mushaklarini (o‘tirgan yoki yotgan holatda) bo‘shashtirish.
4-mashq – yon tomonga egilishlar, gavdani burishlar.
5-mashq – o‘rtacha va tez sur’atda qo‘llarni siltash harakatlari.
6-mashq – hamlalar, o‘tirib-turishlar, sakrashlar, yugurish.
7-mashq – diqqat–e’tibor va koordinatsiyaga yo‘naltirilgan mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |