Bir me`yorli uslub – harakat amplitudasi va kuchlanish me`yorini, eshkak eshish ritmi va tempini uzoq vaqt davomida (40 daqiqadan kam bo’lmagan holda) saqlab turish bilan ajralib turadi. Harakatlanish tezligi maksimalning 60-80% ini tashkil qiladi, puls - aerob zona chegarasida. Uslub organizmning aerob mahsuldorligini rivojlantirishga yordam beradi, barqaror funksional siljish yuzaga keladi va harakat ko’nikmalarini mustahkamlaydi. Uslubning kamchiligi – bir xillilik.
O’zgaruvchan uslub - harakat amplitudasi va kuchlanish me`yorini, eshkak eshish ritmi va tempini ohista o’zgartirib, uzluksiz ishlash bilan ajralib turadi. Harakatlar hajmi mo`tadildan submaksimalgacha, puls – daqiqasiga 170 zarba. Uslub harakat ko’nikmalari ko’lamini uning variativligini va tezlik imkoniyatlarini kengaytirishga hamda chidamlilik, kuch va tezlikni rivojlantirishga imkon beradi. Uslubning ustivorligi bir xillilik va universallikning yo’qligida. Komponentlar tarkibining o’zgarishi (tezlanish masofasi, tezlik, tezlikning pasayish davomiyligi) har xil vazifalarni yechishga imkon beradi: jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirish, eshish texnikasini takomillashtirish.
Interval uslub – trenirovkaning barcha parametrlarning qat`iy tartiblashganligi bilan ifodalanadi: umumiy davomiylik, jadal eshishning soni va davomiyligi hamda jadal kesimlar oralig’idagi intervallar davomiyligi. Tezlanish maksimal tezlikning 90% atrofida, kesim oxirida pulsni daqiqasiga 170-180 ga yetkazib, keyingi tezlanish pulsni daqiqasiga 120-130 ga tushganda boshlash bilan bajariladi. Agar puls pasayib tiklanmasa, tezlanish jadalligi pasaygan bo’lishi zarur. Tezlanishlar orasidagi vaqt kichik shiddatdagi (I zona) eshkak eshish bilan to’ldiriladi. Uslub maxsus va tezkor chidamlilikni kompleks rivojlantirishga imkon beradi. Interval trenirovka yurakning ustivor trenirovkasi hisoblanadiki, agar puls daqiqasiga 170-180 dan oshmagan bo’lsa yurakning zarbdor hajmining kengayishini ta`minlaydi. Uslub sport formasi cho’qqisiga tez chiqishni ta`minlaydi va lekin u shunchalik tez yo’qotiladi.
Takroriy uslub – masofaning belgilangan kesimini to’liq tiklanishdan keyin startga qaytish va takror kesib o’tish bilan ifodalanadi. Kesimlardagi tezlik ularning uzunligi va trenirovka vazifalariga bog’liq holda masofaviydan maksimalgacha bo’lishi mumkin. Puls daqiqasiga 190-200 gacha ko’tarilishi mumkin. Uslub tezlik qobiliyatlarini (qisqa kesimlarni bosib o’tishda), tezkor-chidamlilikni (o’rta va uzoq kesimlarni bosib o’tishda), maxsus chidamlilikni (musobaqaviy masofani bosib o’tishda) rivojlantirishga imkon beradi va psixik barqarorlikni tarbiyalaydi. O’rtacha kesimlarda submaksimal tezlikda eshkak eshish kislorod qarzining yuzaga kelishiga olib keladi, o’z o’rnida maksimal tezlikka yaqin holda eshkak eshish boshqa tizimlarga – muskul, vegetativ va endokrin tizimlarga sezilarli ta`sir ko’rsatadi. Ayniqsa, kislorod qarzi sharoitida tezkorlikda ishlash natijasida qonga gormonlar ajratadigan buyrak usti bezi katta ta`sirni his qiladi. Uslub muskullarda energetik resurslar – kreatinfosfor va adenozinfosfor kislotalari, kaliy va fosforning oshishini ta`minlaydi. Glikogen zahirasi sezilarli darajada oshadi. Takroriy trenirovka bir vaqtning o’zida energiya zahirasining sarflanishini tejash va muskulning kaliy yetishmasligiga barqarorligini ta`minlaydi. Takroriy uslubning boshqa uslublardan asosiy farqi shundaki, ko’rsatilgan uslublar yurak-qon tomir va nafas tizimiga ta`sir ko’rsatsa, takroriy uslub muskul almashinuvini takomillashtiradi. Bu bilan muskul salohiyati va kam kislorodli tarkibda muskul ishlashi qobiliyati oshadi. Odatda takror trenirovkalar musobaqalarga tayyorgarlikni yakunlaydi. Uslubning davomiy qo’llanilishida energetik resurslar safarbar qilinadi va ko’p mashqlanganlikka olib kelishi uslubning kamchiligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |