O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Download 448,5 Kb.
bet155/248
Sana12.02.2022
Hajmi448,5 Kb.
#445407
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   248
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

1. Dastlabki o‘rgatish. Bu o‘rgatish jarayonida harakatning asosiy variantini umumiy tarzda bajarish malakasi tarkib topadi.
2. Chuqurroq o‘rgatish. Bunda harakatni zarur darajada aniq bajarish malakasi hosil bo‘ladi.
3. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish. Bu harakat ko‘nikmasining paydo bo‘lishi, shuningdek, undan har xil sharoitlarda foydalana olish bilan bog‘liqdir.


Dastlabki o‘rgatish bosqichi
O‘rgatishning bu bosqichida maqsad harakat faoliyatini uning asosiy variantida umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir. O‘rganuvchilar yangi harakat texnikasining negizini o‘zlashtirib olishi kerak. Ayrim hollarda, bunday malakalar umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida hosil qilinganda, mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishi va texnika batafsil takomillashtirilmagan holda ko‘nikmaga aylanishi mumkin. Boshqa hollarda bu malakalar harakatlarni bajarishning ustasi bo‘lish yo‘lida dastlabki bosqich hisoblanadi, bu sportchilar uchun, ayniqsa, xosdir.
Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihatidan shu bilan xarakterliki, bu bosqich davomida miya po‘stlog‘idagi dinamik stereotipning asosi yaratiladi. Bunda yaroqli tug‘ma va orttirilgan reflekslarni tanlash, shuningdek, o‘rganuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarida bo‘lmagan reflekslarning yangilarini barqaror etish sodir bo‘ladi. Natijada bosqich oxirida o‘rganiladigan faoliyat texnikasining asosiga mos keluvchi harakat reflekslari tizimi tarkib topadi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyatlari: a) harakatlarning fazo va vaqt jihatidan etarli darajada aniq bo‘lmasligi, mushak harakatlarining aniq emasligi; b) harakat akti ritmining barqaror emasligi; v) keraksiz qo‘shimcha harakatlarning mavjudligi; g) murakkab harakat fazalari o‘rtasida yaqinlikning yo‘qligidir.
Harakatlarning fazo va vaqt jihatidan aniq bo‘lmasligi, shuningdek, mushaklarni zo‘r berib harakat qildirishning nomutanosibligi, birinchidan, asab jarayonlarining bosh miya po‘stlog‘ida irradiatsiyalanishidan, ikkinchidan esa, ichki tormozlanishning etarli emasligidandir. Asab jarayonlarining bosh miya po‘stlog‘ining harakat analizatorida irradiatsiya qilinishi ishda qatnashishi kerak bo‘lgan funksional harakat birliklari bilan bir qatorda, bu birlikka ularning markazida qo‘zg‘alishni irradiatsiya qiluvchi jarayoni taqsimlangan boshqa birliklarni ham jalb etadi.
Tashqaridan bu harakatning kerakli yo‘nalish amplitudadan chetga chiqishida namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘alish jarayonini irradiatsiya qilish mushaklarning zo‘r berib harakat etishining nomutanosib bo‘lishiga olib keladi: o‘rganuvchi keragidan ko‘p kuch sarflaydi va harakatlarni gavdaning butun yoki bir qism mushaklarini kuch bilan ishga solib bajaradi. Buning hammasi mazkur bosqichda o‘ta darajada charchash, toliqish va ishchanlik qobiliyati pasayishining sabablarini tashkil etadi.
Harakat akti ritmining qat’iy bo‘lmasligi, odatda, o‘rganuvchilarning harakat aktlarining ayrim fazalarini vaqtidan oldin bajarishga harakat qilishlarida ko‘rinadi: bular ko‘p kuch sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy fazalardir. Bu asosiy fazadan oldin pauza qilinadigan harakatlar uchun, ayniqsa, xosdir.
Dastlabki harakat malakalarini tarkib toptirishning ko‘rsatilgan xususiyatlarini hisobga olib, o‘rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. Harakat akti haqida bu aktning maqsadini tushunishga asoslangan bir butun tasavvur paydo qilish.
2. Shug‘ullanuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarini yangi harakatlarni o‘zlashtirish uchun kerak bo‘lgan elementlar bilan to‘ldirish.
3. Harakatlarni to‘la bajarishga erishish.
4. Keraksiz harakatlarni, mushaklarning keraksiz darajada kuchlanishini yo‘q qilish.
Mazkur bosqichda o‘rgatish metodikasi didaktik tamoyillarni yoyishda, o‘rgatishning shu bosqichi uchun muvofiq metod va usullardan foydalanishda qator xususiyatlarga egadir.
Harakatlarni o‘rgatishning boshlang‘ich payti shu harakatlar bilan oldindan tanishtirib chiqish hisoblanadi. Bunga harakatlarning ahamiyati va xususiyatini so‘zlab berish, namoyish etish, harakat texnikasining asosini qisqacha tushuntirib berish, shuningdek, amalda bajarib ko‘rsatish orqali erishiladi.
So‘zlab berilganda, o‘rganuvchilar harakatlardan ko‘zda tutilgan maqsadni, harakatlarning ahamiyatini tushunib olishlari kerak, suhbat ularda harakatlarni bajarishga qiziqish uyg‘otishi va harakatlarni o‘zlashtirish uchun zarur rag‘bat, irodaviy kuch hosil qilishga yordam berishi zarur.
Namoyish ikki ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchidan, harakat tabiiy mukammallashgan ko‘rinishda namoyish qilinadi. Harakatni aniq, chiroyli namoyish qilish bu harakatga bo‘lgan qiziqishni va uni o‘zlashtirishga bo‘lgan istakni yanada oshiradi. Ikkinchi ko‘rinish faqat o‘rgatish xususiyatiga ega bo‘lib, o‘rgatilayotgan harakat texnikasi asosini shug‘ullanuvchilar ongiga singdirish maqsadini ko‘zlaydi. Harakatni bajarish texnikasining asosi dastlab maksimal darajada umumiy va qisqa qilib, usul va uning qismlarining aniq atama nomlarini aytgan holda tushuntirilishi kerak.
Bu bosqichda harakatni bajarish texnikasini batafsil ravishda tushuntirish maqsadga muvofiqdir, chunki o‘rganuvchilar yangi axborotlarning ko‘pligidan butun tafsilotlarni eslab, harakat amallarini to‘la bilib olishlari mumkin emas. Yangi shartli harakat reflekslari birinchi navbatda his etish asosida paydo bo‘ladi, lekin ular o‘sha zahotiyoq tushunib olinsa, bu reflekslarning paydo bo‘lish jarayoni tezlashadi. Harakatning to‘g‘ri bajarilayotganligini bilish refleksni mustahkamlaydi, noto‘g‘ri harakat qilinayotganini bilish esa keraksiz harakat ta’sirining so‘nishiga yordam beradi.
O‘qituvchi onglilik va faollik tamoyiliga amal qilib, birinchidan, o‘rganuvchilar oldiga harakat vazifalarini asosli ravishda qo‘yishi va ularning bajarilishi kerak bo‘lgan narsani aniq tushunishlariga erishishi, ikkinchidan, berilgan harakatni qanday bajarish kerakligi haqida tasavvur yaratishi kerak. Harakatni dastlabki o‘rgatishning ko‘rgazmali bo‘lishi harakatning asosiy fazalari haqida his va tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi xilma-xil metod va usullar yordami bilan ta’minlanadi.
Dastlabki o‘rgatish bosqichida topshiriqning bajarib bo‘lish yoki bo‘lmasligi:
a) o‘quvchilarda harakat tajribasining qanchalik kattaligi;
b) o‘rganiladigan harakat tuzilishining qay darajada murakkabligi;
v) o‘rganuvchilarning jismoniy imkoniyatlariga tuzilishning qanchalik muvofiqligi bilan belgilanadi.
Dastlabki malakaning tez hosil bo‘lishi va sifati o‘rganuvchidagi harakat tajribasining qanchalik boyligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Murakkab tuzilishli harakatli mashqni u haqda yaxlit tasavvur yaratilganidan keyin, qoidaga ko‘ra bo‘lib tashlash metodi bilan qismlar bo‘yicha amaliy o‘zlashtira boshlash maqsadga muvofiqdir.

Download 448,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish