Ш. Orfografik me'yor. Orfografik me'yor adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy omildir. Orfografik me'yor til vakillari tomonidan ongli ravishda, kelishilgan holda yuzaga keltiriladi. Orfografik me'yoming amal qilishi maxsus imlo qoidalari asosida amalga oshiriladi. Ma'lum me'yor sifatida tavsiya etilgan imlo qoidalariga amal qilish millat vakillari uchun majburiy bo'lib, u O'zbekiston Oliy Kengash Prezidiumi tomonidan 1956 yil 5 mayda tasdiqlangan «O'zbek orfografiyasining asosiy qoidalari»ga tayanadi. Bu qoidalar hozirgacha amalda bo'lib, orfografiya me'yorini tartibga keltirishga, mukammallashtirishga xizmat qilib kelmoqda. Lekin bu qoidalar ma'naviy jihatdan eskidir. Unda ayrim kamchiliklar ham mavjud. Shuni hisobga olib 80-yillarda «O zbek orfografiyasi va punktuatsiyasining asosiy qoidalari» loyihasi keng muhokama qilindi. Lekin u loyihaligicha qolib ketdi.
Hanuz yuklamalarning yozilishida (bormi, bor - chi), tartib son yasovchi -nchi, -inchi o'mida defis qo'yish, ko'ymaslik, qo'shma so'zlar yozilishi qoidalarida ham ikki xillik mavjud.
Eslatib o'tilgan imlo qoidalaridan kelib chiqib, o'zbek adabiy tili orfografiyasining asosiy mezonlari ishlab chiqilgan. Adabiy tildagi me'yomi mustahkamlashda orfografiyaning fonetik, morfologik, differenitsial, tarixiy va etimologik mezonlari muhim rol oynaydi.
So'z tarkibidagi nutq tovushlarining yozuvda o'ziga xos bo'lgan maxsus grafik shakl vositasi bilan ifodalanishi fonetik mezon deb ataladi.
Masalan, inson so'zi besh tovushdan tarkib topgan, bu tovushlar adabiy talaffuzga muvofiq yoziladi.
Ammo nutq tovushlarining yozilishi har vaqt adabiy talaffuziga to'la ravishda mos kela vermaydi. Masalan, o'tdi, ketdi, o'tgan so'zlari og'zaki nutqda o'tti, ketti, o'tkan tarzida aytiladi. Shunga qaramasdan, ular o'tdi, ketdi, o'tgan shaklida yoziladi.
Nutq tovushlari va morfemalar aytilishi va eshitilishiga qarab emas, balki so'zning morfologik tuzilishi, o'zak-negiz va arfikslarning xususiyatlari hamda ulaming bir xil shaklini ta'minlash talablari ko'ra yozishni morfologik mezon talab qiladi.
Masalan, ko'plik affiksi-lar; egalik -m, -im, -ng, -ing, -si, -i, -miz, - imiz -ngiz, -ingiz; kelishik affikslari: -ning, -ni, -ga, -dan, -da; kesimlik affiksilari: -man, -san, -miz, -siz; shaxs-zamon affikslari og'zaki nutqda qanday talaffuz etilishidan qat'iy nazar, imloda morfologik qoidalarga asosan bir xil shaklda yoziladi.
Og'zaki nutqda yaqqol tafovut qilinmaydigan yoki o'zaro farqlari deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so'zlaming maxsus biror belgi vositasi bilan farqlanishi imloda differentsiatsiya mezoni sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |