So‘zlarning ma’nodoshlarini keltiring
Go‘zal –
Bahor –
Kelmoq –
Og‘zini tanobi qochdi –
Og‘zi qulog‘ida –
Kapalagi uchdi -
Ma’noviy sinonimlarda esa so‘zlar bir-biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi: nam, ho‘l, shalabbo ho‘llik darajasi har xil. Ularni birining o‘rniga ikkinchisini ishlatish mumkin emas. Sinonimlar qo‘llanishiga ko‘ra uslubiy sinonimlarga ajratiladi: oftob – quyosh, ko‘klam – bahor, tashrif buyurdi – keldi. Shuningdek, iboralar ham bir-biriga sinonim bo‘lib kelishi mumkin: og‘zi qulog‘ida – boshi ko‘kka etdi – og‘zining tanobi qochdi. Iboralar so‘zga sinonim bo‘ladi: tishini – tishiga qo‘ydi – chidadi. Faqat so‘z va iboralar sinonim bo‘lib qolmasdan qo‘shimchalar ham sinonim bo‘la oladi: unumli, serunum, unumdor.
Do'stlaringiz bilan baham: |