Semantik - stilistik me'yor. Tildagi har bir so'z bir yoki bir necha ma’noda ishlatiladi. Tilda so'zning bosh ko'chma ma’nolari leksik ma'no sifatida narsa va hodisalarni atashga xizmat qiladi. So'zning leksik ma'nosini bilish va uni to'g'ri qo'llash til savodxonligini asosini tashqil qiladi. Ammo nutq jarayonida so'zning faqat leksik ma'nosigina nazarda tutilmaydi: so'zlovchi o'zi aytgandek, tilga olayotgan narsa hodisalarga o'z munosabatini ham bildiradi. So'zlar nutq jarayonida leksik ma'nodan tashqari, so'zlovchining atalayotgan narsa-hodisalarga ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalovchi qo'shimcha ma'noga - uslubiy bo yoqqa ham ega bo'ladi. Uslubiy buyoq leksik ma'noga tayangan holda uni yanada boyitadi, badiiy, obrazli so'zga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |