Qonun ustunligi prinsipi. Konstitusiya va qonun ustunligi nafaqat davlat qurilishining, balki butun siyosiy tizim amal qilishining muhim prinsipi hisoblanadi. Asosiy qonunimizning 15-moddasida mustahkamlanganidek, O'zbekistonda mamlakat Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Ayni shu moddada qonuniylikning mazmun-mohiyati ham ochilgan. Qonuniylikning talabi shuki, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar va fuqarolar Konstitusiya hamda qonunlarga muvofiq ish ko'radi.
Konstitusiya va qonunlar har bir huquq sub`ekti uchun oliy qadriyat bo'lishi lozim. Bunga erishish uchun konstitusiya va qonunlar demokratiya ruhida, zamonaviy sharoit va ehtiyojlarga javob beradigan bo'lishi kerak. Faqat shundagina ular so'zsiz bajariladi6.
Do'stlaringiz bilan baham: |