O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/65
Sana09.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#767223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
2013-karimov-axborot-lat

1.1. Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi
va uning zamonaviy konsepsiyasi 
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli 
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida
1
axborot va uning turlari to‘g‘risida quyidagi ta’riflar keltirilgan:
axborot 

 
manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, 
predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
axborotni muhofaza etish 
– axborot borasidagi xavfsizlikka 
tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-
tadbirlari; 
ommaviy axborot 
– cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun 
mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda 
boshqa xabarlar va materiallar; 
hujjatlashtirilgan axborot – 
identifikatsiya qilish imkonini beruvchi 
rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
maxfiy axborot 
– foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab 
qo‘yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta’rif O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ–1572-son 
qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296-
sonli qarorida quyidagicha ifodalangan: 
maxfiy axborot – 
O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat 
sirlariga mansub axborot mavjud bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot
2

Konfedensial axborot – 
hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish 
qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi
3

Saqlash, o‘zgartirish, uzatish va ma’lum maqsadlar uchun foydalanish 
obyekti bo‘lgan tevarak olam haqidagi ma’lumotlarni, keng ma’noda 
axborot deb tushunish mumkin. Bu tushunchaga ko‘ra inson, uning hayot 
tarziga va harakatlariga ta’sir etuvchi doimiy o‘zgaruvchi axborot maydoni 
ta’sirida bo‘ladi. Axborot o‘z tavsifiga ko‘ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy, 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – Т.,
2003. – №1. – 2-м. 
2
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2011. – №45-
46. – 472-м. 
3
Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасида ахборот хавфсизлиги: Атамалар ва 
таърифлар. Тармоқ стандарти: TSt 45-010:2010. 



ilmiy-texnik, ishlab chiqarishga yoki tijoratga oid hamda maxfiy, 
konfedensial yoki nomaxfiy bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 848-XII-sonli 
«Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonunning
1
1-moddasida davlat 
sirlari tushunchasi berilgan:
«Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan 
chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy 
harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlar 
O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi». 
Mazkur qonunning 3-moddasida davlat sirlarining toifalari keltirilgan:
«O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari – davlat, harbiy va 
xizmat sirlarini qamrab oladi.
Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat 
holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa 
qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa 
og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar davlat 
sirini tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, 
davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib 
chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar harbiy 
sirni tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar 
yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv 
sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi». 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish