2-ma’ruza
PSIXOLOGIYANING TABIIY-ILMIY ASOSLARI
1. Miya va psixika.
2. Psixika va ongning rivojlanishi.
3. Oliy asab faoliyati haqida tushuncha.
1. Miya va psixika
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan
boshlab, jamiyatimizning barcha sohalari qatori, ma’naviy-mafkuraviy
hayotimizda ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Mustaqil taraq-
qiyot yillarida to‘plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi «o‘zbek
modeli» deya e’tirof etgan o‘zimizga mos va o‘ziga xos rivojlanish
yo‘li, kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayot-
gan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi va
ongiga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un
rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomil-
lashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi
bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol toptirish manfaatlari yosh
avlodlarga ta’lim va tarbiya berishga yangicha, yanada keng ko‘lamda
yondashishni talab qiladi.
Psixologiya fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning
asosiy kategoriyalari bo‘lgan shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala,
ongning tavsifi, ularning takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks
ettirish imkoniyatlari, hukm surish qonuniyatlari va mexanizmlari
bo‘yicha aniq, mezoniy, tatbiqiy fikrlarni bildirish masalalari va
vazifalari kiradi. Shu munosabat bilan psixologiya umumiy psixolo-
giya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchi-
larni, avvalo, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamoadagi muno-
sabati haqida, uni tadqiq qilish metodlari to‘g‘risida, ong va psixika,
asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan
xabardor etgan holda, ularni professional ishga nazariy va amaliy
jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani o‘z zimmasiga oladi.
22
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda
tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organik dunyoning
amyobalardan to odamga qadar uzoq davom etgan evolyusiyasi
davomida xulq-atvor va xatti-harakatning fiziologik mexanizmlari
to‘xtovsiz murakkablashib, tabaqalanib va shular tufayli organizm
muhit o‘zgarishlariga tez javob qila oladigan va moslashuvchan bo‘la
bordi.
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda a’zolarining ixtisoslashuvi
ozuqani farqlash, xavf-xatarni juda tez va aniq sezish imkoniyatini
beradi. Ixtisoslashuvning yakkayu-yagona funksiyasi signallarni idrok
etishdan iborat hujayralarning paydo bo‘lishida o‘z ifodasini topadi.
Bu hujayralar ritseptorlar (tashqi muhitning ta’sirini qabul qiluvchi
apparat) deb atalmish hujayralar guruhini tashkil etadi.
Boshqa hujayralar mushak to‘qimalari ishini yoki turli bezlarning
shira chiqarishini o‘z zimmasiga oladi. Bunday hujayralar effektorlar
deyiladi. Organizmning asosiy «boshqaruv pulti» – markaziy asab
tizimi hisoblanadi.
Asab tizimi tuzilishining umumiy rejasi barcha umurtqalilarda bir
xildir. Uning asosiy elementlari asab hujayralari yoki neyronlar bo‘lib,
ularning vazifasi qo‘zg‘atishdan iborat. Neyron hujayra tana va tana-
chaning shoxlab ketgan o‘simtalari – qo‘zg‘alishni qabul qiluvchi
dendritlardan va qo‘zg‘atishni boshqa neyronlarga o‘tkazadigan
tolalar – aksonlardan tarkib topadi. Aksonning dendritlar bilan yoki
boshqa neyronlarning hujayra tanasi bilan bog‘laydigan nuqta sinaps
deb ataladi.
Markaziy asab tizimi ikki qismdan – bosh miya va orqa miyadan
tashkil topgan. Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat (10 milliardga
yaqin) neyronlar bilan qoplangan hamda po‘stloq deb ataladigan katta
yarim sharlarni hosil qiladi. Po‘stloq – psixik faoliyatning eng muhim
(lekin yakkayu-yagona emas) organi. U yarim sharlardan pastroqda,
ensa qismida miyada joylashgan bo‘lib, uning funksiyalari hali yetar-
licha o‘rganilmagan. Po‘stloqning mushaklar harakatini uyg‘unlashti-
rishda muhim o‘rin tutishi ma’lum.
Katta yarim sharlar miya naychasiga kelib taqaladi. Naychaning
yuqori qismi – talamus orqa miyadan yarim sharlarga boradigan bar-
cha asab yo‘llari uchun «oraliq stansiya» vazifasini bajaradi. Naycha-
ning pastki qismi – gipotalamus suv almashuvi, ovqatlanish ehtiyojini
23
va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib turadigan markaz-
lardan tarkib topgan.
Hozirgi zamon fanidagi mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa
miya va miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug‘ma (shartsiz
reflekslar) hisoblangan shakllarini amalga oshiradi, katta yarim shar-
larning qobig‘i esa hayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika
tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi hisoblanadi.
Tananing har bir sezuvchi a’zosi (teri, ko‘zning to‘r pardasi va
shu kabilar) va har bir harakat a’zosi miyada o‘zining xususiy
markazlariga egadir.
Insondagi katta yarim sharlar qobig‘ining anchagina qismini qo‘l
barmoqlari, ayniqsa bosh barmoq faoliyati bilan bog‘liq hujayralar,
shuningdek nutq organlari va til mushaklari funksiyasi bilan bog‘liq
hujayralar egallaydi. Shunday qilib, odamning katta yarim shari
qobig‘ida mehnatda va muomalada asosiy funksiyani bajaradigan
harakat a’zolari ancha ko‘p joylashgan.
Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonunlarini
I. P. Pavlov aniqlab bergan.
Psixikaning organi – bosh miya ham o‘zgardi. Uning hayvonlar
miyasidan sifat jihatdan farqi yuksak bilish jarayonlari, avvlo,
tafakkur mexanizmlarini o‘rganish paytida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bu jarayonlar sezgi va idrok jarayonlari singari miyaning muayyan
qismlari doirasida cheklanib qolmaydi. Agar odamda qobiqning ensa
qismi shikastlangan bo‘lsa, u ko‘rish sezgilarini yo‘qotishi turgan gap.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining
30 % ni egallaydigan peshana qismlari alohida o‘rin tutadi. Peshana
qismlarining (kasallik, yaralanish va shu kabilar oqibatida) shikastla-
nishi xulq-atvorning oddiy ko‘rinishlariga emas, balki yuksak ko‘ri-
nishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, peshana qismlari shikastlangan
bemorlar ko‘rish, nutq, yozish qobiliyatlarini saqlab qolib, arifmetika
masalalarini yechgan holda, uning shartlarini tahlil etishga urinmaydi.
Masalani yechish rejasini tuzganlarida oxirgi savolni tushirib qoldira-
dilar. Ular masalaning yechimini uning sharti bilan solishtirib chiq-
maydilar, o‘z xatolarini sezmaydilar va hokazo.
Ko‘pgina klinik faktlar shuni ko‘rsatadiki, miyaning peshana
qismlari shikastlanishi aqliy qobiliyatni susaytirish bilan birga, kishi-
ning shaxsiyati, uning xarakterida ham qator buzilishlarga sababchi
24
bo‘ladi. Oldin xushmuomalaligi, vazminligi bilan ajralib turgan
bemorlar yengiltak, qiziqqon, qo‘rs bo‘lib qoladilar.
Psixik funksiyalar muayyan tarzda chap va o‘ng yarim sharlar
o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi aniqlangan. Har ikkala yarim shar ax-
borotni obrazlar tarzida ham, so‘zlar tarzida ham qabul qilish va qayta
ishlash qobiliyatiga ega, ammo chap va o‘ng yarim sharlar u yoki bu
funksiyalarning turlicha darajada ifodalanishi – bosh miyaning
funksional assimetriyasi ham yuz beradi. Chap yarim sharning
funksiyasi o‘qish va hisoblashdan ko‘ra ko‘proq belgilarga asoslangan
axborot (so‘zlar, belgilar, raqamlar va shu kabilar)ga tayanishdan
iborat.
Chap yarim shar mantiqiy tuzilishlar imkoniyatini ta’minlaydi,
busiz izchil analitik tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Chap yarim shar
faoliyatining izdan chiqishi, odatda nutqning buzilishiga (so‘zlash
qobiliyatining yo‘qolishiga) olib keladi, normal muomala imkoniyati-
ni yo‘qqa chiqaradi, asab to‘qimalari og‘irroq shikastlanganda, fikr-
lash faoliyatida jiddiyroq nuqsonlar sodir bo‘ladi. O‘ng yarim shar
obrazi axborotni ishga solib, bo‘shliqda mo‘ljal olish, musiqani idrok
etilayotgan va tushunilayotgan obyektlariga nisbatan his-hayajonli
munosabatda bo‘lishga imkon beradi.
Bosh miya yuksak taraqqiy etgan hayvonlar va odam psixikasini
belgilaydigan darajada faoliyat ko‘rsatadigan organ yoki, to‘g‘rirog‘i,
organlarning murakkab tizimidir.
Psixik va asab-fiziologik jarayonlarning o‘zaro munosabati ancha
murakkab masalalardandir. O‘rganish jarayonida psixikaning o‘ziga
xos jihatlari asab-fiziologik xususiyatlardan qaysi muhim belgilari
bilan farq qilishini aniqlash mumkin.
Psixik jarayonlar o‘zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas,
balki tashqi obyektlarning tavsifini (narsalarning shaklini, katta-
kichikligi, o‘zaro munosabatlarini) mujassamlashtiradi.
Psixik jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish psixika-
ning mazmuni va tuzilishida neyrofiziologik jarayonlar mavjud
bo‘lmagani yoki sezilmasligi sababli jiddiy qiyinchilik tug‘diradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, psixikani fiziologik hodisa bilan va
psixologiyani fiziologiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘ymasligimiz
kerak.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |