Yosh psixologiyasi turli psixologik jarayonlarning ontogenezini
va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o‘rganadi.
U bolalar psixologiyasiga, o‘smirlar psixologiyasiga, yoshlar psixolo-
giyasiga, katta yoshdagilar psixologiyasiga, gerantopsixologiyaga bo‘-
linadi. Yosh psixologiyasi psixik jarayonlarning yoshga oid xususiyat-
larini, bilimlarni o‘zlashtirishning yoshga bog‘liq imkoniyatlarini,
shaxs kamolotining omillari va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Yosh psixologiyasi o‘rganadigan asosiy masalalardan biri o‘qitish
va aqliy jihatdan kamol toptirish hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi
19
muammosi bo‘lib, u psixologlar tomonidan keng muhokama qilinib
kelinayotir. Psixologlar aqliy kamolotning ishonchli mezonlarini
qidirib topish va o‘qitish jarayonida aqliy rivojlanish samaradorligiga
erishish imkonini beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga harakat
qilishmoqda.
Anomal (noto‘g‘ri) taraqqiyot psixologiyasi yoki «maxsus psixo-
logiya» rivojlanish jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallik-
ning turli xilda kechishi jarayonida psixikaning tamomila izdan
chiqishi kabi hollarni o‘rganadigan patopsixologiyaga, psixik rivojla-
nishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan bog‘liq patologiyasi to‘g‘ri-
sidagi fan bo‘lgan oligofrenopsixologiyaga, quloq eshitishning butun-
lay kar bo‘lib qolishga qadar jiddiy kamchiliklari bo‘lgan bolani
voyaga yetkazish psixologiyasi bo‘lmish surdopsixlogiyaga, yaxshi
ko‘rmaydiganlar va ko‘rlar rivojlanishi psixologiyasi tiflopsixolo-
giyaga bo‘linadi.
Qiyosiy psixologiya psixik hayotning filogenitik shakllarini tadqiq
qiladigan sohadir. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar va odam psixikasi
qiyoslanadi, ularning o‘ziga xosliklari, fe’l-atvoridagi mavjud o‘x-
shashlik va farqlarning sabablari aniqlanadi.
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo‘limi bo‘lib, u turli xil
tizimli guruhlar (turlar, turkumlar va oilalar)ga mansub hayvonlar
psixikasini, xatti-harakatining eng muhim shakllari va mexanizmlarini
o‘rganadi.
Agar psixologiyaning shaxobchalari shaxs bilan jamiyat o‘rta-
sidagi munosabatlarning psixologik jihatlari nuqtai nazaridan tasnif
qilinsa, u holda ijtimoiy psixologiya fanining «ijtimoiy psixologiya»
tushunchasi zamirida birlashadigan yana bir qator sohalari ajralib
chiqadi.
Ijtimoiy psixologiya odamlarning turli xildagi uyushgan va uyush-
magan ijtimoiy guruhlardagi o‘zaro birgalikdagi harakati jarayonida
vujudga keladigan psixik hodisalarni o‘rganadi. Hozirgi vaqtda ijti-
moiy psixologiya tuzilishiga quyidagi uchta sohaga oid muammolar
kiradi:
– katta guruhlar (makromuhit)dagi ijtimoiy-psixologik hodisalar.
Ularga ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, matbuot va
boshqalar) muammolari, ommaviy kommunikatsiya vositalarining
odamlarning turli xildagi jamoalarga ta’sir qilish mexanizmlari va
20
samaradorligi, modalarning, mish-mishlarning, umumiy qabul qilin-
gan did, rasm-rusumlar, soxta fikrlar, ijtimoiy kayfiyatlarning tarqa-
lish qonuniyatlari, sinflar va millatlar psixologiyasi muammolari, din
psixologiyasi kiradi.
Kichik guruhlar (mikromuhit)dagi ijtimoiy-psixologik hodisalarga
tor doira guruhlaridagi psixologik sig‘ishuvchanlik, shaxslararo muno-
sabat, vaziyat, guruhdagi vaziyat, lider va yetakchilar mavqei, guruh
turlari (assotsiatsiya, korporatsiya, jamoalar)ning muammolari, rasmiy
va norasmiy guruhlarning nisbati, kichik guruhlarning mikdoriy
chegaralanganligi, guruhlar jipsligining darajasi va sabablari, guruhda-
gi kishilarning bir-birini tushuna bilishi, undagi qadriyatlar va shu
kabi ko‘pgina masalalar kiradi.
Psixologiya fani bir qancha fanlar bilan yaqin aloqada, jumladan
falsafa, pedagogika, tabiatshunoslik, shuningdek barcha tabiiy-ijti-
moiy fanlar bilan ham bog‘liq psixologiya, bir tomondan, falsafa,
ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar, uchinchi tomondan esa ijtimoiy
fanlar o‘rtasida joylashgan oraliq mavqega ega bo‘lgan fandir.
Xulosa qilib aytganda, psixologiya o‘zining barcha sohalarida o‘z
tadqiqot predmetini, nazariy prinsiplarini, saqlab kelayotir. Hozirgi
davrda psixologiya sohalarining kengayishi psixologik bilimlardan
ijtimoiy turmushda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, ta’lim-tarbiya
jarayonida foydalanish fanimiz mavqei va nufuzini yanada
oshirmoqda.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |