Bog'liq YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK o‘zb guruhlar uchun
Poytaxti – Toshkent shahri
Internet domeni – UZ
Vaqt mintaqasi – +5
Xalqaro telefon kodi – + 998
Pul birligi – so‘m (1994 yil 1 iyul)
1 ta suveren – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 ta viloyatdan tashkil topgan
O‘ZBEKISTONDA YIL NOMLARI
1991
Alisher Navoiy yili
2007
Ijtimoiy himoya yili
1992
Hamshiralar yili
2008
Yoshlar yili
1993
Ahmad Yassaviy yili
2009
Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
1994
Mirzo Ulug‘bek yili
2010
Barkamol avlod yili
1995
Abu Ali ibn Sino yili
2011
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
1996
Amir Temur yili
2012
Mustahkam oila yili
1997
Inson manfaatlari yili
2013
Obod turmush yili
1998
Oila yili
2014
Sog‘lom bola yili
1999
Ayollar yili
2015
Keksalarni eʼzozlash yili
2000
Sog‘lom avlod yili
2016
Sog‘lom ona va bola yili
2001
Ona va bola yili
2017
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2002
Qariyalarni qadrlash yili
2018
Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2003
Obod mahalla yili
2019
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2004
Mehr-muruvvat yili
2020
Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2005
Sihat-salomatlik yili
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2006
Homiylar va shifokorlar yili
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII Sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy anʼanalarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan eʼtiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
Bayroqning uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm.ga teng.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT GERBI
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun
1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
X Sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘ZBEKISTON” deb yozib qo‘yilgan. Gerb muallifi rassom Anvar Mamajonov.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi
768-XII-son «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov, musiqasini Mutal Burhonov bastalagan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq, XI sessiyasida qabul qilingan. Muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob hamda128 moddadan iborat. Hozirga qadar 15 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYEV
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy maʼlumotli, 1981 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta
hissa qo‘shdi.
Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.
Sh.M.Mirziyoyev 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi
va ushbu lavozimga yana uch marta - 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.
2016 yil 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.
19 oktyabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning
88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, olti nafar nabirasi bor. Rafiqasi
Z.M.Mirziyoyeva - mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi.
Sh.M.Mirziyoyev davlat va boshqaruv organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qo‘shgani uchun «Mehnat shuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan.
PREZIDENT ASARLARI
1.
Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz;
2.
Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir;
3.
Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi;
4.
Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari;
5.
Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz;
6.
Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz;
7.
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi;
8.
Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATINING TIZIMI QUYIDAGI BO‘LINISH PRINSPIGA ASOSLANADI
Qonun chiqaruvchi
Ijro etuvchi
Sud
O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi
va Prezidenti ish olib borishi mumkin
Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
Qonunchilik palatasi va Senatning vakolat muddati – besh yil
Qonunchilik palatasi (Quyi palata)
Senat (Yuqori palata)
150 нафар депутат
100 нафар сенатор
Hududiy saylov okruglaridan qonunga muvofiq saylanadi
16 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek Senati aʼzosi bo‘lishi mumkin.
84 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAVJUD SIYOSIY PARTIYALAR
Xalq demokratik partiyasi
1991-yil 1-noyabrdagi partiyaning Taʼsis qurultoyida asos solindi. Bugungi kunda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ushbu saylovlarga o‘z safida 424.5 mingdan ziyod aʼzolari bilan bormoqda.