2.4. YAshash xonalaridan har birining shamol yordamida tabiiy
shamollatilishi talab etiladi: gorizontal ravishda qarama – qarshi
joylashgan deraza fortochkalari orqali shamollatish, yoki aeratsion
shaxtalar yordamida vertikal ravishda shamollatish, bunda yig‘ma
shahtaning ko‘ndalang kesim yuzasi shamollantirilayotgan xona
yuzasining 1/20 qismini tashkil etishi lozim. Bunda yig‘ma shaxtaga
ulanish qavatlar osha (ya’ni bitta qavatdan keyin) tirsakli ulanish orqali
amalga oshiriladi. Bir tomonli orientatsiyaga ega bo‘lgan xonadonlar
uchun vertikal shamollatishning bo‘lishi majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |