2.10. Bosh reja tomonidan 4 – 6 yashash uylari guruhlaridan tarkib
topgan maydonning bosh rejasi talaba tomonidan loyihalanayotgan uyni va
bu guruh uylariga tegishli bo‘lgan ichki hovlilarni hisobga olgan holda
tuzilishi lozim. Bosh rejada yorug‘lik tushish tomonlarining orientatsiyasi
(shimolga yo‘naltirilgan) tasvirlanishi, mashina kirish joylarining eni 3,5
mashinalar ikki tomonlama qatnash joylarining eni 6 m o‘lchamda, har bir
uy atrofida 5 – 6 ta mashina uchun turish joyi, xo‘jalik, bolalar va sport
maydonchalari, changni bostirish maqsadida suv sepish uchun
mo‘ljallangan suv havzalari, piyodalar yurish yo‘lakchalari tasvirlangan
bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |