O`zbekiston respublikasi hududiy joylashuvi va rel`efi


O`zbekistonning iqlim sharoitlari va suv resurslari



Download 47,13 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2022
Hajmi47,13 Kb.
#684479
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`ZBEKISTON TARIXINING GEOGRAFIK SHAKLI ,O `RNI VA TABIIY IQLIM SHAROITI

1.2 O`zbekistonning iqlim sharoitlari va suv resurslari.
O`zbekiston tabiatining xususiyatlaridan biri uning materik markazida joylashgani va okeanlardan uzoqligidir. O`zbekiston hududi relefiga ko`ra, tekislik va adir-tog` qismlarga bo`li-nadi. Tekisliklar, asosan, shimoliy-g`arbida bo`lib, Turon tekisligining bir qismidan iborat. Tog`lar mamlakatning sharqida joylashgan.Turon tekisligining O`zbekistonga qarashli qismida bir qancha elementlar bor. Shimoliy-g`arbiy chekkasida Ustyurt platosi, Orol dengizidan janubida Amudaryo deltasining allyuvial tekisligi, undan janubiy-g`arbda Qizilqum cho`li joylashgan. Ustyurt platosining O`zbekiston hududida joylashgan qismining o`rtacha balandligi 120 — 180 m, eng baland joyi 290 m (Qorabovur qirlari). Platoning janubida bir qancha berk (oqmas) havzalar: Borsaqelmas, Asaqa-ovdon (balandligi 30 — 60 m) botiqlari, Sariqamish soyligi bor. Sariqamish soyligining O`zbekistonga qarashli shimoliy-g`arbiy qismi tubi dengiz sathidan 10 m past. Orolbo`yi pasttekisligining anchagina qismini Amudaryo deltasi va unga yondosh pasttekisliklar egallagan, ularni Amudaryoning qurib qolgan o`zanlari qismlarga ajratib turadi. Ayrim kichik tepaliklar mavjud.O`zbekiston o`ziga xos - yog`in kam, quruq, issiq, kontinental iqlimga ega. Mamlakatning katta qismi mo``tadil iqlim mintaqasiga, jan. chekka qismigina subtropik mintaqaga mansub. O`zbekiston hududini 3 ikdim zonasiga ajratish mumkin: cho`l va dasht zonasi, tog` oldi zonasi va tog` zonasi. Cho`l va dasht zonasi O`zbekistonning jami tekisliklari — Ustyurt platosi, Qizilkum, Qarshi, Dalvarzin va Mirzacho`l cho`llarini, tog`oldi zonasi Tyanshan va Hisor-Oloy tog` tizmalarining dengiz sathidan 300—400 metrdan 600—1000 m gacha bo`lgan balandliklarini, tog` zonasi dengiz sathi-dan 600—1000 m dan yuqori bo`lgan hududlarni o`z ichiga oladi.Iqlim 3 asosiy omil: quyosh radiatsiyasi miqdori, atmosfera tsirkulyatsiyasi xususiyati va to`shama sirt (relef) bilan belgilanadi.Mamlakat hududidagi mavjud iqlimning muhim omili - Yer yuzasiga kelayotgan va ayniqsa, yoz oylarida kuchayadigan quyosh radiatsiyasidir. O`zbekistonda quyosh yil davomida qariyb balandda bo`ladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-huquqiy tizimi” deb atalgan XVI bobining 68-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat”. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg`ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan tashkil topgan. O’z navbatida ular tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarga bo’linadi.
Quyosh iyunda ufqdan Toshkentda 72°, Termizda 76° gacha ko`tariladi. Yozda kunduz 15 soat davom etadi, qishda esa 9 soatdan kam bo`lmaydi. Quyosh baland ko`tarilganligi, bulut kam bo`lganligidan uzoq vaqtgacha nur sochib turadi. O`zbekiston ( O'zbekiston haqida referat ) shimolida quyosh yog`dusi davomiyligi yil davomida o`rtacha 2800 soatni tashkil etadi. Janubga qarab uning qiymati ortib (Termizda 3050 soat) boradi. Bir kunda quyosh 8— 10 soat nur sochib turadi. Tekisliklarda quyosh nuri davomiyligining taqsimlanishi kenglikka, tog` oddi va tog`lik hududlarda quyosh nurining tushishi, bundan tashqari ufqning to`silganligiga va joyning ekspozitsiyasiga bog`liqdir.Ob-havo yoz oylari ancha barqaror, qish oylari esa o`zgaruvchan kechadi, havo temperaturasi katta mavsumiy va sutkalik amplitudaga ega. Qish oylarida cho`l hududlarda havo massalari transformatsiyasi nisbatan sust kechadi. Ba`zan, Arktikadan kelgan sovuq havo oqimi janubdan tog`lar bilan o`ralgan tekisliklarga hech qanday to`siqsiz kirib kelib, havoning yanada sovib ketishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham bu yerda, ayniqsa, Qoraqalpog`istonda qish ancha sovuq ke­ladi. Ammo, ko`pincha Fors ko`ltig`i va Arabiston dengizidan kelayotgan iliq havo uncha baland bo`lmagan Kopetdog` va Paropamiz tog` tizmalaridan oshib o`tib, qish sovug`ini ancha yumshatadi.
O`zbekiston tabiatining xususiyatlaridan biri uning materik markazida joylashgani va okeanlardan uzoqligidir. O`zbekiston hududi relefiga ko`ra, tekislik va adir-tog` qismlarga bo`li-nadi. Tekisliklar, asosan, shimoliy-g`arbida bo`lib, Turon tekisligining bir qismidan iborat. Tog`lar mamlakatning sharqida joylashgan.
Turon tekisligining O`zbekistonga qarashli qismida bir qancha elementlar bor. Shimoliy-g`arbiy chekkasida Ustyurt platosi, Orol dengizidan janubida Amudaryo deltasining allyuvial tekisligi, undan janubiy-g`arbda Qizilqum cho`li joylashgan. Ustyurt platosining O`zbekiston hududida joylashgan qismining o`rtacha balandligi 120 — 180 m, eng baland joyi 290 m (Qorabovur qirlari). Platoning janubida bir qancha berk (oqmas) havzalar: Borsaqelmas, Asaqa-ovdon (balandligi 30 — 60 m) botiqlari, Sariqamish soyligi bor. Sariqamish soyligining O`zbekistonga qarashli shimoliy-g`arbiy qismi tubi dengiz sathidan 10 m past. Orolbo`yi pasttekisligining anchagina qismini Amudaryo deltasi va unga yondosh pasttekisliklar egallagan, ularni Amudaryoning qurib qolgan o`zanlari qismlarga ajratib turadi. Ayrim kichik tepaliklar mavjud.
O`zbekiston o`ziga xos - yog`in kam, quruq, issiq, kontinental iqlimga ega. Mamlakatning katta qismi mo``tadil iqlim mintaqasiga, jan. chekka qismigina subtropik mintaqaga mansub. O`zbekiston hududini 3 ikdim zonasiga ajratish mumkin: cho`l va dasht zonasi, tog` oldi zonasi va tog` zonasi. Cho`l va dasht zonasi O`zbekistonning jami tekisliklari — Ustyurt platosi, Qizilkum, Qarshi, Dalvarzin va Mirzacho`l cho`llarini, tog`oldi zonasi Tyanshan va Hisor-Oloy tog` tizmalarining dengiz sathidan 300—400 metrdan 600—1000 m gacha bo`lgan balandliklarini, tog` zonasi dengiz sathi-dan 600—1000 m dan yuqori bo`lgan hududlarni o`z ichiga oladi.
Iqlim 3 asosiy omil: quyosh radiatsiyasi miqdori, atmosfera tsirkulyatsiyasi xususiyati va to`shama sirt (relef) bilan belgilanadi.
Mamlakat hududidagi mavjud iqlimning muhim omili - Yer yuzasiga kelayotgan va ayniqsa, yoz oylarida kuchayadigan quyosh radiatsiyasidir. O`zbekistonda quyosh yil davomida qariyb balandda bo`ladi. Quyosh iyunda ufqdan Toshkentda 72°, Termizda 76° gacha ko`tariladi. Yozda kunduz 15 soat davom etadi, qishda esa 9 soatdan kam bo`lmaydi. Quyosh baland ko`tarilganligi, bulut kam bo`lganligidan uzoq vaqtgacha nur sochib turadi. O`zbekiston shimolida quyosh yog`dusi davomiyligi yil davomida o`rtacha 2800 soatni tashkil etadi. Janubga qarab uning qiymati ortib (Termizda 3050 soat) boradi. Bir kunda quyosh 8— 10 soat nur sochib turadi. Tekisliklarda quyosh nuri davomiyligining taqsimlanishi kenglikka, tog` oddi va tog`lik hududlarda quyosh nurining tushishi, bundan tashqari ufqning to`silganligiga va joyning ekspozitsiyasiga bog`liqdir.
Ob-havo yoz oylari ancha barqaror, qish oylari esa o`zgaruvchan kechadi, havo temperaturasi katta mavsumiy va sutkalik amplitudaga ega. Qish oylarida cho`l hududlarda havo massalari transformatsiyasi nisbatan sust kechadi. Ba`zan, Arktikadan kelgan sovuq havo oqimi janubdan tog`lar bilan o`ralgan tekisliklarga hech qanday to`siqsiz kirib kelib, havoning yanada sovib ketishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham bu yerda, ayniqsa, Qoraqalpog`istonda qish ancha sovuq ke­ladi. Ammo, ko`pincha Fors ko`ltig`i va Arabiston dengizidan kelayotgan iliq havo uncha baland bo`lmagan Kopetdog` va Paropamiz tog` tizmalaridan oshib o`tib, qish sovug`ini ancha yumshatadi.
Havo temperaturasi. O`zbekistonning tekislik qismida o`rtacha ko`p yillik havo temperaturasining izochiziqlari deyarli zonal joylashgan. O`zbekistonda qish xiyla sovuq keladi, yoz esa issiq va uzoq davom etadi.
Eng sovuq oy — yanvarning o`rtacha temperaturasi Ustyurtda —9°, Qizilqum cho`lining janubi qismida 0°, O`zbekistonning chekka janubida esa —2°, —3° ni tashkil qiladi. Tog`larda havo temperaturasi, asosan, joyning dengiz sathidan balandligiga bog`liq.
Yoz oylarida tekisliklarda havo temperatura­si kam o`zgaradi: iyul oyining (eng issiq oy) o`rtacha temperaturasi Ustyurtda 26— 27° dan Termizda 30° gacha o`zgaradi. Tog` oldi zonalarida havo yoz oylarida uncha qattiq isib ketmaydi. Tog`larda esa har 100 m yuqoriga ko`tarilgan sari temperatura o`rta hisobda 0,65 — 0,70° ga kamayib boradi. Yozda qish fasliga nisbatan havo temperaturasi kam o`zgaradi, ya`ni ob-havo ancha barqaror holatda bo`ladi.
Respublika hududida iliq davrning o`rtacha davomiyligi Ustyurtda 160 kun bo`lsa, Sherobod va Termizda 280 kungacha.
Mamlakatning tekislik qismida eng past o`rtacha ko`p yillik maksimal temperatura (35—36°) Orol dengizi bo`ylarida kuzatiladi. Ammo dengizning ta`siri faqat sohilning dengizga yaqin qismida seziladi. Undan uzoqlashgan sayin o`sha kenglikdagi eng yuqori temperatura 40° ga, res­publika janubida esa 44° ga ko`tariladi. Tog` oldi zonalarida temperatura 39—41° dan oshmaydi va yuqoriga ko`tarilgan sari kamayib boradi.
Dashtlarda eng yuqori mutlaq temperatura 48—50° ga yetadi. Tog` etaklarida, taxminan 1000 m balandlikkacha, eng issiq temperatura ancha yuqori bo`lishi mumkin (44—45°). Tabiiyki, yuqoriga ko`tarilgan sari havo temperaturasi pasayib boradi.
Sug`oriladigan dehqonchilik zonasida (Mirzacho`l, Farg`ona vodiysi) o`zlashtirilgan yerlar maydoni kengayishi bilan yozgi temperatura pasayib, havoning nisbiy namligi ortdi. Natijada, bu yerlarda 1960 yildan keyingi isish davrlarida ham issiq faslning temperaturasi yig`indisining o`sishi cho`l zonasidan ancha past bo`ldi.
Orol dengizining qurib borishi an­tropogen omil ta`siridagi iqlim o`zgarishining fojiali natijasidir. Kuzatishlarga ko`ra, dengiz suvining keskin kamayishi, tubining katta maydonlarda ochilib qolishi va iqlimning keng qamrovli isishi 100—150 km.li sohil zonasida haroratning yozda qo`shimcha (1,5° gacha) oshishi va nisbiy namlikning 5 - 10% kamayishiga sabab bo`ldi.
So`ngti 20 - 30 y. davomida iqlimga bo`lgan antropogen ta`sir global tus olmoqda. Insonning xo`jalik faoliyati ta`sirida atmosferada «bug`lattich» gazlar (SO2 va b.) miqdori ortib, atmos­fera harorati ko`tarilib bormoqda. Sub­tropik va tropik kengliklarda bunday ta`sir hali unchalik sezilarli darajada bo`lmasada, O`zbekistonda, ayniqsa, uning shimoliy hududlarida so`nggi yillarda kuzatilayotgan haroratning ko`tarili-shi faqat tabiiy tebranishlar natijasi bo`lmay, balki global ko`lamdagi an­tropogen omillar ta`siri natijasidir.
O`zbekistondagi va O`zbekiston hududini kesib o`tuvchi daryolar, aso-san, tog`lardagi qor, muzliklardan va qisman yomg`ir suvlaridan to`yinadi. Iqlim issiq va quruq bo`lganligidan daryolar suvi, ayniqsa, ularning o`rta va quyi oqimida sug`orishga, bug`lanishga sarf bo`ladi. Tekisliklardagi daryolar suvi esa qor va ahyon-ahyonda yog`adigan jalalardan hosil bo`ladi. Mamlakatning chekka tog` oldi hududlarida yozda qurib qoluvchi soylar va vaqtinchalik suv oqadigan o`zanlar juda ko`p.
O`zbekiston hududini kesib o`tuvchi eng katta daryolar — Sirdaryo va Amudaryo hamda ularning ko`p sonli irmoqlari O`zbekistondan tashqarida boshlanadi. O`zbekistonning yirik daryolari: Norin, Qoradaryo, So`x, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning ko`pchiligi faqat o`rta va quyi oqimida O`zbekiston hududidan o`tadi. Sirdaryo havzasining suv yig`ish maydonida 38 km3 suv hosil bo`ladi, uning faqat 12% O`zbekiston hududiga to`g`ri keladi. Amudaryoning suv yig`ish maydonida hosil bo`lgan 79 km3 suvning esa faqat 8% O`zbekiston hududiga tegishli.
Amudaryo - Turkiston o`lkasidagi eng sersuv, yirik daryo. Turli davrlarda Oksus, Jayxun, O`kuz, Balx, Vaxsh, Amul deb nomlangan. Amudaryoning uzunligi 1415 km. havzasining maydoni 309 ming km2. Afg`o-nistonda Hinduqush tog`larining shimoliy yon bag`ridan 4950 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. Daryoga eng yi­rik va sersuv irmog`i — Vaxsh qo`shilgandan so`ng Amudaryo nomiii oladi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga yetguncha 1200 km dan znyod masofada boshqa irmoq qo`shilmaydi.
Daryolar tog`lardan tog` oldi hududlari va asosan, tekislikka chiqqach, suvi sug`orishga olinishi, ekinzorlardan qaytadan daryoga kelib quyilishi va suv omborlari orqali tartibga solib turilishi natijasida ularning tabiiy suv rejimi keskin o`zgargan.
O`rta Osiyodagi eng uzun va Amudaryodan keyingi eng sersuv daryo. Turli davrlarda Yaksart, Tanais, Danu, Yaosha, Xashart, Sayxun va boshqa nomlar bilan yuritilgan. Norin daryosi bilan Qoradaryo qo`shilgach, Sirdaryo nomini oladi. Orol dengiziga quyiladi. Uzunligi 2212 m, havzasining maydoni 219 ming km2. Sir­daryo va uning irmoqlarida qurilgan gidrotexnik inshootlar ayniqsa, yi­rik to`g`onlar, suv omborlari, katta kanal va kollektorlar ta`siri natijasida Sirdaryoning oqim miqdori va gidrologik rejimi ancha o`zgardi.
Ko`pchilik daryo­lar suvining loyqaligi o`rtacha 200 - 500 g/m3. Baland tog` tepalaridan boshlanadigan ki­chik daryolarning suvida loyqa oqiziqlar ancha kam. Piskomga quyiladigan Chirolma (Oygaing irmog`i) daryosida loyqalik 10 g/ m3, Sheroboddaryo havzasida 25 kg/m3, Surxondaryo havzasida 35 kg/m3, Surxondaryoning irmog`i Oqqapchig`ay soyning loyqaligi esa 140 kg/m3 gacha yetadi. Farg`ona vodiysiga Oloy va Turkiston tog` tizmalaridan oqib tushuvchi daryolar suvining loyqaligi yuqori oqimida 50 — 300 g/m3, quyi oqimida esa 1000 - 1500 g/m3.
Tog` oldi tekisliklarini, asosan, bir yillik va ko`p yillik o`tlar qoplagan. Bu yerlarda daraxtlar uchramaydi. Ayrim butalar esa bahordagi yomg`ir suvlari oqadigan o`zanlar atrofida uchrab turadi. Tog` oldi tekisliklarida efe­mer va efemeroid o`simliklar keng tarqalgan bo`lib, ular o`ziga xos guruh hamda assotsiatsiya (qavmlar)ni tashkil etadi.
Bir yillik o`simliklar (efemerlar) kuzda havo iliq va sernam bo`lgan paytlarda rivojlanib, qishda ob-havoga qarab turli darajada o`sishda davom etadi. Janubiy viloyatlarda rivojlanish ancha jadal kechadi. Mart — aprel oylaridayoq efemerlar nisbatan qisqa vaqt ichida gullab, meva tugishga ulguradi. Efemeroidlar (ko`p yillik o`tlar) ham efemerlarga o`xshab ob-havoga mos ravishda kuzda, qishda va bahorda o`sadi.
O`zbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil bo`lib, O`rta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalarga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxo`rlar (6 tur), qo`lqanotlilar (19 tur), tovushqonsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur), juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echki, qo`ng`ir ayiq, qoplon, qoraquloq, silovsin, ilvirs, sirtlon, qunduz, manul, jayran, alqor, qo`shoyoq, ko`k sug`ur, hind asalxo`ri, olako`zan, xongul, ustyurt qo`yi, qizilqum qo`yi, buxoro qo`yi, shomshapalak, keng quloqli burmalab tunshapalak O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan (2003 yil).
O`zbekistonda qushlarning 24 turkumga mansub 410 ga yaqin turi bor, ular­dan 184 turi chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Qushlarning 24 turi, jumladan, birqozon, jingalakdor birqozon, oq laylak, qora laylak, qizil g`oz, vishildoq oqqush, kichik oqkush, marmar o`rdak, oqbosh o`rdak, suvqiyg`ir, uzun dumli suvburgut, oqdum suvburgut, ki­chik burgut, qirg`iy burgut, cho`l burguti, qironqora, boltayutar, qumoy, ilonxo`r burgut, mallabosh lochin, itolg`i, oq turna, oddiy tuvaloq, bizg`aldoq, yo`rg`a tuvaloq, qorabovur, torg`oq, osiyo loyxo`ragi, qum chumchuq va b. «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Sudralib yuruvchilarning 58 turi mavjud, jumladan toshbaqalarning 1 turi (cho`l toshbaqasi) ma`lum. Tangachalilar turkumining 58 (kaltakesaq-lar — 38, ilonlar — 20) turi uchraydi. Ilonlarning 5 turi: kapcha ilon, qalqontumshuq ilon, ko`lborilon, charx ilon, cho`l qora iloni zaharli hisoblanadi. Sudralib yuruvchilarning 16 turi, jumladan, xentog` qurbaqaboshi, Shtraux qurbaqaboshi, echkemar, chipor kaltakesaq, ko`lborilon Respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan.

Download 47,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish