O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

MAXTUMQULI
Turkman   mumtoz   adabiyotining   yirik   vakili,   o`z   asrlari   bilan   mumtoz   janrlarni
adabiyotga to`la-to`kis olib kirgan shoir Maxtumqulidir. U Sharq mumtoz adabiyotining
yirik   vakillari   Sa'diy,  Hofiz,   Umar   Xayyom,  Alisher   Navoiylarning   asarlarigi   mutolaa
qildi. bundan tashqari, turkman xalq og`zaki ijodini ham izchil o`rgandi. Aynan shu ikki
jihat   u   yaratgan   asarlarda   ifodasini   topgan.   Ko`pchilik   Maxtumqulining   ahloq-odob,
nasihat tarzidagi she'rlarini yoddan bilishadi. She'rning uslubi ravon, so`zlari tushunarli.
Har ahmoqqa aytma dardu so`zingni,
Hasrat o`ti jisming yoqqancha bo`lmas.
G`ussa bilan dona-dona ko`zingdan,
Achchiq yoshlarini to`kkancha bo`lmas.
Qanoatli odam ta'madan xoli. Birovga rangini sarg`aytirmaydmi, nomardga do`st
tutinmaydi.
Qanoatda, izzatda tut o`zingni,
Ta'ma qili sarg`aytirma yuzingni.
Xar nomardga hayf aylama so`zingni,
So`zingning binosin yiqqancha bo`lmas.
Mag`rur bo`lib kezma umring guliga,
Duch bo`larsan bir kun xazon yeliga.
Yuz yil yashab tushsang ajal quliga,
Chapingdan o`nginga boqqancha bo`lmas.
Ko`mir –qora, ko`ngli egri odam ko`mirday qora. Ko`mirga qancha izzat-ikrom qilsang
ham qo`lingga tegdimi qoraytiradi. Qo`lingni banogoh yuzing va peshonangga surtsang
hamma joyingga qo`ora surtiladi.
Ko`ngli qora bilan bo`lmanglar ulfat,
Yuqar undan turli-tuman kasofat.
Ko`mirga har necha aylasang izzat,
23


Aim.uz
Manglayga qorasi yuqqancha bo`lmas.
Maxtumquli hargiz topmadi omon, 
Yomon tilning zahri tig`lardan yomon.
Yomon til yonida zahr  ko`p ilon,-
Chaqsa-da, bir chivin chaqqancha bo`lmas.
Maxtumqulining   «Bo`larsan»,   «Bormi?»,   «Boshladi»,   «Eltngni»   kabi   asarlarini
o`qib, shoir faqat pand-nasihat bilan cheklanadi degan fikrga kelish yaramaydi. Ayni shu
pand-nasihat mohiyatida ijtimoiy hayotning barcha muammolari ishq, muhabbat, Vatanga
sadoqat jamlangan.
Baland tog`lar, buyuklikda gerdayma,
Xumchada suv bo`lgan zardek bo`larsan.
Teran daryo, haybatingga kekkayma,
Vaqting yetsa, qurib yerdek bo`larsan.
Bu   dunyo   foniy.  Foniy   olamdagi   barcha   narsalar   o`tkinchi.   Hayvonotu   nabotot,
ulkan daryo-yu hududsiz tog`lar bir kun kelib yemiriladi. Shunday ekan odamzot ham
tirikchiligiga gerdayib, manmanlik qilmasligi shart.
Tog`larning arsloni, bobir, falangi,
Oxir teng bo`lar fil, pashsha jangi.
Jayhur daryosi-yu, Nilning nahangi,
Quloqdan urilgan xardek bo`larsan.
Yaxshi bedov mingan, xub go`zal quchgan,
Birga eltgan bormi boqiga ko`chgan.
Haqiqiy nomarddir imonchiz kechgan,
Imon bilan borsang nodek bo`larsan.
Luqmoni   Hakimdek   dono,   Rustamdek   devlarni   qiyqiratadigan   Iskandardek   yer
yuzini olsang ham oxir-oqibat tuproqqa qaytasan, tuproq bo`lasan.
Luqmondek har ishning chorasin bilsang,
Rustamdek davrlarga farmonlar bersang.
Iskandardek yerning yuzini olsang,
Yakson bo`lib, baribir yerdek bo`larsan.
«Bomi?» she'ri garchand barmoq vaznida yozilgan bo`lsa-da, so`zlarni tushunarli
ifodalash jihatidan u Mashrabning g`azallarini eslatadi. Shoir ritorik so`roq berish asnosida
maqsad-mohiyatni teranroq ifodalashga harakat qiladi.
Jahongashta devonalar,
Men kabi hech yongan bormi?
Ishq qurboni, parvonalar,
U olovdan qongan bormi?
Bodi sabo kelar bo`ldi,
Har joyda bir qolar bo`ldi.
Qiyo nazar solar bo`ldi,
Adolatli sulton bormi?
Maxtumqulining «Boshladi», «Elingni» she'rlarida ham tilni asrash, halol mehnat
qadriga yetish, aql bilan dunyoni anglash, nafsni tiyib, harom narsalardan or qilish kabi
mavzular yanada boyitildi.
Kel ko`ngil, men senga o`git berayin:
Yiroq qilma ko`rar ko`zing-elingni.
24


Aim.uz
Qimmatni ketkizma, o`rnida so`zla,
Ravo ko`rma har nokasga tilingni.
Shoir milatning fojeasini oldindan ko`ra boshladi. Sho`rolar yurtni bosib olgach biz
uchun   milliy   qadriyat   darajasiga   ko`tarilgan   an'ana,   urf-odat   hamda   o`ziga
xosliklarimizdan judo eta boshladi. Shoir mazkur she'rida odamlarni hushyor bo`lishga
dav'at etadi.
Ko`mildi daryolar, yiqildi tog`lar,
Etimlar ko`z yoshin to`ka boshladi.
Yaramas farzandi haromxo`r beklar,
Yurtni bir yonidan yiqa boshladi.
Xullas,   Maxtumqulining   bir-biridan   teran,   go`zal,   o`ynoqi   she'rlari   hamisha
odamlarga ezgulik bag`ishlab, yaxshi, xayrli ishlarni qilishga dav'at etib keladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish