O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


MIRZO TURSUNZODA (1911-1977)



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

MIRZO TURSUNZODA (1911-1977)
Tojik adabiyotining atoqli arbobi, shoir va dramaturg Mirzo Tursunzoda Shahrinav
rayondagi Qoratog` qishlog`ida duradgor oilasida tug`ilgan. Dastlab   qishloq maktabida,
so`ngra Dushanbe va  Toshkent shaharlarida o`qib, oliy ma'lumotli bo`ldi. Uning ilk ijodi
1929-1930 yillarda boshlangan. Sekin-asta o`nlab she'riy to`plamlarini nashr etgan shoir
«Xazon va bahor» (1937), «Vatan o`g`li» (1942), «Hasan aravakash» (1960), «Jonginam»
(1961)  kabi  dostonlarni  bitdi.  Mavzu   va  ifoda   nazaridan  shoir  she'rlarining  tematikasi
nihoyatda   keng.   U   yaratgan   qahramon   bir   qarashda   halol,   pokiza   inson,   bir   tasvirda
zulmkor, yana bir talqinida mustamlakachilikka qarshi bosh ko`targan xalqning suyiklisi.
Bir so`z  bilan aytganda, shoir  qahramoni  zamona  bilan  hamnafas  qadam tashlaydi.  U
«Vose qo`zg`oloni» (1939), «Tohir va Zuhra» (1944), «Kelin» (1947) kabi librettolarni
yozib, dramaturgiyaning rivojlanishiga birmuncha ijobiy ta'sir qildi.
Yigirma yil davomida Tojikiston yozuvchilar uyushmasi raisi bo`lib ishlagan Mirzo
«Hindiston qissasi», «Hasan aravakash», asarlari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi.
Mirzo Tursunodaning she'rlari o`zbek tiliga tarjima qilingan.
«Ozod Sharqdan men» asari 1950 yilda yozilgan. Sho`ro davrining eng ashaddiy
vaqtida   bitilgan   mazkur   asar   tahlili   ikki   tomonlama   ahamiyat   kasb   etadi.   Birinchi
mutolaadan   shunday   fikr   kelib   chiqadiki,   Mirzo   Tursunzoda   ozod   Sharq   va   tutqun
Sharqning   ijobiy   hamda   salbiy   jihatlarini   tasvirlaydi.   Tutqun   Sharq   vakilining   holi
parishon, nigohlari so`lg`in, xayoli beqaror, unga xayol surish odat, qora zindonda azob
chekadi. Ozod Sharqlikning boshi baland, g`olib, osmonda qushday uchadi, saodat doim
unga yor.
Do`stim, nega holing buncha parishon,
So`zlaring, aytilmay qoldimi pinhon?
(Nega, nega so`lg`in nigoh tashlaysan),
Nega, hasad bilan qaraysan ba'zan,
Tug`ilgan o`lkangda, shahringda zotan,
Menga o`xshashlarni ko`rmaganmisan?
Chuqur qarashingdan qanday ma'no bor,
Ne uchun xayoling buncha beqaror,
Ne uchun men g`olib va boshim baland?
Nega sen bechora qayg`ularga band,
Ne uchun menga yor doim saodat,
 Senga faqat xayol surishdir odat.
Nega men uchaman qushday osmonda?
Sen azob chekasan qora zindonda?
Ayni shu satrlarni teskarisiga aylantirsangiz, muddao   ravshanlashadi, ya'ni ozod
Sharqning   dardi   chichida,   garchand   o`ziga   saodatni   yor   bilsa,   aslida   uning   xayoli
19


Aim.uz
parishonu rangi za'faron. Yashash uchun majbur mavjud tuzumni maqtashgan. Mana bu
satrlarga e'tibor bersangiz maqsad yanada oydinlashadi:
Sen ham ulug` Sharqning haqiqiy o`g`li,
Qadim el farzandi ekaning to`g`ri!
Sening o`kangda ham har sahar yuvosh,
Ufqdan jilmayib chiqadi quyosh.
Sening o`lkangda ham bahor kuladi,
Tabiat jamoli nurga to`ladi.
U bahor quyoshi sochsa-da ziyo,
Umidlar daraxti ko`karmas aslo.
Undan mehnat ahli ko`rmaydi rohat.
Zolimlar cho`ntagi to`ladi faqat,
Bu xilda yashashlik sen uchun odat,
Kelgindilar esa topadi rohat.
Darhaqiqat,   millat   o`zligidan,   millat   merosu   an'ana-urf-odatlaridan   mahrum
etilgach,   uning   boshida   nur   sochgan   quyosh   qalbidagi   muzni   erita   olmaydi,   umidlar
daraxtini ko`kartirmaydi. «Kelgindi» lar uchun bu rohat. Shoir qarshilantirish usulidan
foydalanib, yana o`zining «ozod» yurtini, farovon hayotini maqtaydi:
Mening diyorimda o`zgacha bahor,
Bahorki, er-ayol yashar baxtiyor.
Tabiat yashnab, gul ochilishidan.
Ko`katdan turli hid sochilishidan.
Daryo, soylar to`lib mavjlanishidan,
Qushlarning sayrashi avj olishidan,
Go`zalroq bahor bor - mehnat bahori.
Elim qozongan shon-shavkat bahori.
Ikki   Sharqlik   kishining   siymosi   sho`ro   davrida   jabrdiyda   va   jabr   zulm   qiluvchi
tarzida   talqin   etilgan.  Aslida   shoirning   dardi,   maqsadi   o`zga.   U   do`st   niqobini   kiyib,
terisini shilgan, vahshiy, ochko`z, tekinxo`r, doimo uning don-dunini yig`adigan «do`sti»ni
tasvirlaydi. Shu boim «Nyu-Yorklik», «Londonlik» zolim deya murojaat etadi:
Do`st niqobin kiyib, bosib yeringni,
Shilib oladilar qotgan teringni.
Tunu kun vahshiydan ochko`z tekinxo`r,
Nyu-Yorklik, Londonlik zolimlar mudom.
Xalqingga qiladi ajalni «in'om»,
Shu sabab ko`zingda tinmaydi yoshing,
Baland ko`tarilmas g`am boshgan boshing.
«Sho`ro Sharqining» yutuqlari ko`p, ya'ni xalqlar bir-biriga mehribon, bir Vatanda,
bir ulug` oilada, xavf-xatar yo`q, insonning qadri baland, bu yurtda har narsa muqaddas,
go`zal, qand kabi shirin. «Kosa tagida nim kosa» qabilidagi fikrlarda zikr etilganlarning
teskarisi   ifodasini   topadi.   Ayni   shu   Moskvaning   g`amxo`rligi   bois   azaldan   bir-biriga
mehribon, quda-anda bo`lib kelgan xalqlar alohida jumhuriyat niqobi  ostida ajratildi, bir
oila deb yashash garchi targ`ib etilsa ham bir millatning manfaati, , qarashlari, o`yu-fikri
yuqori   mavqeni   egalladi.   Shu   saba   shoir   «Shunday   farq   qiladi   ikki   Sharqimiz!»,   deb
alohida urg`u beradi. 
20


Aim.uz
«Osiyo ovozi» asari lirik janrning eng go`zal namunasi bo`lish barobarida Mirzo
Tursunzodaning saohiyati baland shoirligidan dalolat. Birinchidan, unda Sharq mumtoz
adabiyotining azaliy an'anasi o`z ifodasini topgan. Ikkinchidan, Sharqning azaliy, qo`hna
va   abadiy   o`tmishi   ta'sirchan   ifodalangan.   Uchinchidan,   shiru,   shakar,  uslubi   asarning
mavqeini ko`targan. To`rtinchidan, fors-tojik adabiyoti, qolaversa, dunyo adabiyotining
go`zal   shoirlari   Sa'diy,   Hofizlarning   uslubiy   o`ziga   xosligi   aks   ettirilgan.   Asarning
nomlanishi- «Osiyo ovozi» da ham ayricha ma'no bor. «Osiyo ovozi»- Osiyoning azaliy,
qo`hna tarixi, buguni asardan-asrga sayqal topadigan tarixiy merosi, qadriyatlari.
Osiyo gapirar, tinglang ovozin!
Jo`shqin daryo mavjin, hayqiriq sozin!
Osiyo uyg`ondi, uxlamas uyg`oq,
Bo`ldi rostlik, do`stlik u bilan o`rtoq.
Shoirning fikricha, Osiyo hamma vaqt uyg`oq, jo`shqin daryoga o`xshaydi. U hech
vaqt   uxlagan   emas.   Shu   bois   unga   qorong`i   kecha,   hayqiriqli   to`lqin   ta'sir   qilmaydi.
Uyg`oqlikka ishonsang Hofizning baytlarini esaga ol:
Hofiz she'rin eslang-Sharq faryodin,
Chekkan nolasin, ohu dodin:
«Shabi toriku bimi mavju girdobe chunin hoil
Kujo donad holi mo sabukboroni sohilho».
(Tarjima: Tun qorong`u, to`lqin xavfi, girdob to`sig`i ko`z oldimizda, qirg`oqdagi
yuki yengil kishilar bizning ahvolimizni qayoqdan bilsinlar).
Osiyoni o`zining onasiday bilgan Mirzo Tursunzoda uni hech bir mamlakatga mengzita
olmaydi. Sabab u tengsiz, ta'rifga zor emas. Uning obod bog`i, mevali daraxtlari bor. Bu
bog`ni   hech   kim  g`orat   qilolmaydi.  Asar   oxirida   shoir   lirikk   chekinish   qilib,   o`zining
go`zal qishlog`iga nazar tashlaydi:
Shu onda qishlog`im yodimga tushdi,
Zilol suv, irmog`im yodimga tushdi.
Yuksalgan tog`lari tushdi yodimga,
 Qaynar buloqlari tushdi yodimga.
Suvi kiyikdan ham chaqqonroq yurar,
Tunda unda yulduz ko`rinib turar.
Garchand   muallif   asarida   Moskvani   ham   kiritgan   bo`lsa-da,   o`zining   baxtli
yashayotganini satrlarga singdirsa-da, mohiyat mazmunida erksevarlarning irodasini hech
narsa   yenga   olmaydi,   Osiyo   xalqlari   shubhasiz   mustaqillikka   erishadi,   degan   g`oya
mavjud:
Lekin irodani hech kim bukolmas,
Erksevarlar yo`lini hech kim to`solmas.
Erk! Deb yangramoqda Osiyo sasi,
Qayna, ey Osiyo xalqin nafasi!

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish