Uyga vazifa:
1. Darslikdan §21 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish
24-DARS. §22. Soda ishlab chiqarish.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga sodani xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, uni sanoatda ishlab chiqarishdagi nazariy asoslarni singdirish.
Darsning rejasi:
-
Soda ishlab chiqarish:
-
sulfat usuli;
-
ammiak usuli;
-
Sodaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
-
Na2CO3-soda, tabiatda juda oz miqdorda uchraganligi uchun sanoat ehtiyojini to‘la qondira olmaydi. Shuning uchun uni natriyning tabiatda eng ko‘p tarqalgan birikmasi bo‘lgan osh tuzi-NaCl dan olinadi.
-
Fransuz vrachi Leblanning sulfat usuli bilan 1791 yilda sanoatda soda ishlab chiqarish boshlangan:
NaCl Na2SO4 Na2S Na2CO3
-
2NaCl H2SO4 Na2SO4 2HCl
-
Na2SO4 2C Na2S 2CO2
-
Na2S CaCO3 Na2CO3 CaS
Oxirgi bosqichda hosil bo‘lgan soda, kalsiy sulfid, ortiqcha uglerod va ohaktosh aralashmasidan soda ajratib olinadi.
-
Ammiak usuli (Solvey usuli):
-
NH3 CO2 H2O NH4HCO3
-
NH4HCO3 NaCl NaHCO3 NH4Cl
Yuqoridagi ikki reaksiyani amalga oshirish uchun, osh tuzining konsentrlangan eritmasini sovutib turib, ammiak bilan to‘yintiriladi va unga bosim ostida karbonat angidrid yuboriladi. Hosil bo‘lgan natriy gidrokarbonat sovuq sharoitda suvda juda kam eriydi va natijada cho‘kmaga tushadi.
-
2NaHCO3 Na2CO3 CO2 H2O
Birinchi reaksiya uchun zarur bo‘lgan ammiakni olish uchun quyidagi reaksiya amalga oshiriladi:
2NH4Cl Ca(OH)2 2NH3 CaCl2 2H2O
Ammiak usuli ancha tejamli bo‘lganligi uchun hozirgi kunda shu usuldan foydalaniladi.
-
Soda (kir sodasi Na2CO310H2O) NaHCO3 holida ichimlik sodasi, Na2CO3 holida esa kalsinatsiyalangan soda deb ataladi.
Soda shisha ishlab chiqarishda, sovun olishda, sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarishda, to‘qimachilik va neft sohasida ko‘p miqdorda ishlatiladi. Undan natriyning boshqa tuzlarini olishda ham foydalaniladi. Uy-ro‘zg‘orda turli maqsadlarda ishlatilishi ham ma’lum.
Quyidagi savollarga o‘quvchilarni mustaqil javob topishlari taklif etiladi. Va eng yaxshi javoblar, takliflar o‘qituvchi tomonidan rag‘bag‘lantiriladi:
-
Sulfat usuli bilan soda ishlab chiqarilganda qanday qo‘shimcha mahsulotlar olinadi va bu mahsulotlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
-
Ammiak usuli bilan soda ishlab chiqarilganda qanday qo‘shimcha mahsulotlar olinadi va bu mahsulotlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
-
Sodaning ishlatilishini aks ettiradigan jadval taklif eting.
Uyga vazifa:
-
Darslikdan §22 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |