Shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik,
farosat, nozik didlik, o`z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik,
bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qat`iylik,
har qanday vaziyatda o`zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati,
kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi
fazilatlarga ega bo`lishi kerak.
Kasbiy sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, O`zbekistonning o`z istiqlol
va taraqqiyot yo`li mohiyati, beshta tamoyil rivojlanishining ma`naviy-axloqiy
negizlarini bilishi, milliy tarbiya mohiyati va mazmunini chuqur anglash, chuqur
ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, o`z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarini
mukammal bilish, pedagogik bilimlarni takomillashtirishga intilish, mamlakatimiz
Prezidentining ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o`zbek xalqining an`analari,
qadriyatlari, urf-odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, ma`naviyat,
adabiyot va san`at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, o`lkashunoslik,
texnikaga oid ma`lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid
bilimlarga ega bo`lish va hokazo.
Boiajak o`qituvchilarda yuqorida qayd qilingan milliy pedagogikaning
faoliyatga tayyorlovchi shaxsiy va kasbiy sifatlariga ega qilish lozim. Bu hol
kasbiy mahorat egasi bo`lish va kadrlar tayyorlashning milliy dastur talablarini
bajarishga yordam beradi.
Mavzuni o`zlashtirish uchun savollar:
1. “Pedagogik mahorat” ga ta`rif bering?
2. Pedagogik mahoratni shakllantiruvchi omillar?
3. O`qituvchining kasbiy tayyorgarligi deganda nimani tushunasiz?
4. “Pedagogik mahorat” fanining vazifalari nimalardan iborat?
5. “Pedagogik mahorat” fanining asosiy tarkibiy qismlari?
6. Ta`lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy prinsiplari?
7. Pedagogik mahoratni egallash vositalari?
8. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari haqida gapiring?
9. Hozirgi zamon o`qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo`lishi lozim?
10. O`qituvchi “Sog`lom avlod uchun kurashchi” iborasiga o`z fikr mulohazangizni
bildiring?
11. Pedagog kasbiga ta`rif bering
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni. //Barkamol avlod-
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; “Sharq”, 1997, 20-29 betlar.
2. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi
qonuni. //Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent;
“Sharq”, 1997,31-61 betlar.
3. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. -Т.: “Ma`naviyat”,2009.- 176 b.
4. Abdullayev H. Yashil daftar hikmati. -Toshkent, o`qituvchi, 2000.
5. Barkamol avlod orzusi.-Т.: “O`zbekiston milliy ens iklope diyasi”, 2000 y.
6. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Т.: “Sharq”, 1997.-63 b.
7. “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to`g`risida. O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori. “Adolat” gazetasi, 2010 yil, 29 yanvar.
8. Pedagogik mahorat: Pedagogika va psixologiya ta’lim yo'nalishi talabalari uchun
darslik / A. Xoliqov; O'zR Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi. -Т.: 2011. 424 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |