O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Download 4,4 Mb.
bet151/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Volter Fransua-Mari Arue (1694-1778)- SHu vaqtgacha kashf etilgan barcha insonlar, hoh eng yovvoyi bo‘lmasinlar, hoh xaroba mamlakatlarda yashab kelmasinlar chumolilar, asalarilar va boshqa hayvon turlari singari jamoa bo‘lib yashab kelganlar. Biron-bir mamlakatda kishilar alohida-alohida yashaganlarini ko‘rmaganmiz. Biron-bir ona o‘z farzandini tarbiyalab, keyin ularni tashlab tan olmaganliklarini, biron kishi oila qurmay, biron-bir jamiyatda yashaganlarini bilmaymiz. Ba’zi bir ahmoq masxarabozlar miyalarini axmoqona fikrlar bilan to‘ldirib, go‘yo inson dastlab alohida yashash uchun yaratilgan, jamiyat ularning tabiatini buzgan, deyishga jur’at etganlar. Har bir maxluqning o‘z instinkti — tabiiy mayli mavjud. Insonning instinkti akl bilan mustahkamlangan bo‘lib, uni xudo oziq-ovqatga tortganidek jamiyatga tortadi.

Jamiyat bo‘lib yashashga bo‘lgan ehtiyoj insonlarni buzmaydi, balki jamiyatdan ajralish insonni insoniylikdan chiqarib qo‘yadi. Mutlaqo yakka yashagan odam fikrlash qobiliyatini ham unutgan bo‘ladi. U hayvon darajasigacha borib etishi mumkin. Ozod bo‘laman, deb o‘zini daxshatli qullikka tushib qolganini bilmay qoladi.

Jan Jak Russo(1712-1778)ning “Insonlar o‘rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari to‘g‘risida mulohazalar” asari uning obro‘siga yana obro‘ ko‘shadi. U “Fanlarning ma’naviyatta ta’siri” asarida o‘zi yashab turgan sivilizatsiyani tengsizlik sivilizatsiyasi deb tanqid qiladi. SHuningdek u ta’killaydiki, fan taraqqiyoti inson tabiatini, ma’naviyatini takomillashtirmaydi. Albatta, bu bilan u fan va madaniyatga qarshi chiqqan, deyish noto‘g‘ridir. Fanga hujum qilayotganim yo‘q, lekin ezgulikni himoya qilayapman, deydi u. Russo ijtimoiy muammolar va huquqsizlik zulmning manbaini ijtimoiy tengsizlikda, ya’ni mulkiy tengsizlikda ko‘radi. Mulkiy tengsizlik azaliy emas. U quyidagi bosqichlardan iborat:

1. Ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichi — boy va kambag‘alning yuzaga kelishi. Uni tabiiy-ilmiy bilimlar yutuqlari asosida to‘ldiradi va boyitadi.

2.Davlatning kelib chiqishi. Bunda boylar bilan kambag‘allar bitim tuzadilar.

3. Qonuniy hokimiyatning zo‘ravonlikka aylanishi. Avval xalk podsho va huquq tomonidan aldangan bo‘lsa, zo‘ravonlikda esa zo‘ravon qonunlar xalqni aldaydi va unga hamla qiladi.

Russoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari uning ijodida markaziy o‘rin egallaydi. Tenglik jamiyatning tabiiy holati, inson o‘z mohiyati jihatidan hoh ishlab chiqarishda, hoh iste’molda hech kimga bog‘liq emas. Bunday jamiyat idealdir. Kelajakda bunga erishish mumkin emas, lekin unga qaytish mumkin. Unda kishilar boylik xususiy mulk nimaligini bilishmasdi. Hususiy mulk bo‘lmagan erda adolatsizlik bo‘lishi mumkin emas. Hususiy mulkning kelib chiqishi insonlar manfaatlariga ziddir. Bu aslida birovlar hisobiga boyish demakdir. Umumiy erk va barchaning erki degan narsa bor. Umumiy erk umumiy manfaatlarni nazarda tutadi. Barchaning erki shaxsiy manfaatlarni hisobga oladi. U yakka-yakka manfaatlar yig‘indisidan iborat. U feodalizmni qoralab, adolatli jamiyat tashkil etish yulida ijtimoiy kelishuvni ishlab chiqdi.

U o‘z ijtimoiy qarashlarida Fransuz jamiyatining kambag‘al fuqarolari manfaatlarini himoya qiladi. SHuning uchun ham Russo ijodining markazida inson muammosi va ijtimoiy tengsizlik masalasi yotgan.

Faylasuf ijtimoiy fikrlar tarixida o‘zining ijtimoiy-ahloqiy muammolar va tarbiya nazariyasi bilan mashxur bo‘lgan. “YAngi Eloiza” romani “Emil yoki tarbiya haqida”gi risolalarida ahloq va tarbiya masalalarini mohirlik bilan ifodalagan. Faylasuf hayot jarayonida fan, madaniyat va sanoat o‘z taraqqiyoti yo‘lida insonlarning ma’naviyatini buzgan, degan qatiy ishonchga keladi. Ular inson va tabiat o‘rtasidagi tabiiy hamohanglikni izdan chiqargan. Boshqa ma’rifatparvarlar singari Russo ham qachon hokimlik donolik bilan bir bitimga kelmas ekan, xalk baxtsizlikda qolaveradi, degan fikrda bo‘lgan.

Jan Jak Russo o‘zining “Tengsizlikning kelib chiqishi va sabablari haqida mulohazalar” asarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik manbalarini tahlil qiladi. Uning fikricha, bu tengsizlik birdaniga bo‘sh erda paydo bo‘lmagan, balki bunda ishlab chiqarish qurollarining borgan sari takomillashib borishi va unda ijtimoiy funksiyalarning taqsimlanishi katta rol o‘ynagan. Avval oila, keyinchalik urug‘ va hokazolar shakllangan. Ana shu asnoda hususiy mulk va unga egalik asta-sekin paydo bo‘la boshladi. Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi kishilar o‘rtasiga nifoq soldi. Erga bo‘lgan xususiy mulkchilik kishilar o‘rtasida mulkiy tengsizlikni, boy va kambag‘allarni yuzaga keltirib, ular o‘rtasidagi rakobatning kuchayishiga olib keldi. Faylasuf ta’kidlaganidek jamiyatda ijtimoiy qutblar tashkil topa boshladi. Bu esa o‘z navbatida ular o‘rtasida mulk uchun urushlar va janjallarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik boylarning manfaatlarini himoya qiluvchi qudratli kuch, ya’ni davlat paydo bo‘la boshladi. Davlatning kelib chiqishi bilan jamiyat taraqqiyotida qarama-qarshiliklar va nizolarning kuchayishi sinfiy qatlamlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Insonning inson ustidan zo‘ravonlik qilishi, tengsizlik sivilizatsiyasiga olib keldi. Inson qaytadan erkinlikka erishishi uchun nima kilmog‘i kerak? — degan tabiiy savol tug‘iladi. Faylasuf fikricha, “fuqarolar” bitimini amalga oshirish lozim, ya’ni erkin bitimga asoslangan jamiyatning huquqiy tashkilotini tuzish kerak. Bunday ijtimoiy holatda har bir fuqaroning xususiy mulkka bo‘lgan huquqi qonunlashtirilmog‘i lozim. Davlat esa fuqarolarning mazkur qonunlarni himoya qiluvchi kuchga aylanishi zarur. Russo fikricha, davlat respublika shaklida bo‘lib, na boylar va na kambag‘allar bo‘li­shiga yul qo‘ymasligi kerak. Xalkning manfaatlarini himoya qiluvchi oliy organ — xalk majlislari bo‘lmogi lozim.  Bu organ chiqargan qarorlar hukumat va hukmron tashkilotlar to­monidan bajarilishi zaruriy sanalmog‘i lozim.

Xalk suvereniteti to‘g‘risidagi g‘oyalar faylasufning ijtimoiy falsafasida asosiy o‘rin egalladi. Jan Jak Russo xalk suvereniteti ma’nosida hokimiyat xalk uchun, xalkning orzu-umidlarini amalga oshiruvchi  bo‘lmog‘i lozim, deydi.

Faylasuf nazarida, amal qiladigan siyosiy shakl-tamoyillar hududning katta-kichikligiga va iqlimiga bog‘liq. Xususiy mulkchilik odamlar o‘rtasida ijtimoiy antogonizmni keltirib chiqaradi. Dastlab “tabiiy holat” mavjud. Bu davrda kishilar erkin va tengdirlar. Bu holatni Russo ideallashtirdi. Uning fikricha, takomillashtirish imkoniyati ishlab chiqarish qurollarini va mehnat usullarini yaxshilaydi. SHu asosda xususiy mulkchilik kelib chiqadi va mulkiy tengsizlik sodir bo‘ladi. Buning oqibatida davlat vujudga keladi. U o‘z navbatida tengsizlikni keltirib chiqaradi. Xo‘jalik faoliyatidagi, fandagi, sanoatdagi yutuqlar, kishilar tomonidan erkinlik va baxtni yo‘qotish bilan chambarchas bog‘liq. Ahloq va siyosat reg­ressiya (orqaga qaytish) tufayli paydo bo‘ladi.

Pirovard natijada huquqsizlik, adolatsizlik zolim podshohni ag‘rdarish tufayli bartaraf etiladi. Kishilar zulmdan halos bo‘lgach, endilikda qanday yashash yo‘lini izlashlari lozim va birgalikda ijtimoiy ittifoq tuzishni o‘ylashlari kerak. Bu ijtimoiy kelishuv tufayli amalga oshadi.

Demak har bir inson o‘z kuchi, huquqlarini oliy rahbarga berishi lozim. Birgalikda har bir a’zoga bir butunlikning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Oqibatda yaxlit kollektiv davlat barpo etiladi. Xalk oliy hokimiyat va suverenitetga ega bo‘ladi.

Russoning siyosiy ideali — to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyadir. Unda qonunlar bevosita barcha fuqarolarning majlisida qabul qilinadi. Albatta, bu g‘oyalarni hududiy jihatdan kichik bo‘lgan davlatlarda amalga oshirish mumkin. Katta davlatlarda amalga oshirib bo‘lmaydi. Russoning xususiy mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari izchil bo‘lmagan. Uning nazarida xususiy mulkchilikning kelib chiqishi xalqqa behisob kulfatlar keltiradi. U xususiy mulkchilikni yo‘q qilish tarafdori bo‘lmay, balki uni barcha fuqarolar o‘rtasida hayot kechirishlari uchun zaruriy miqdorda ulashish kerak, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Russo­ning bu qarashlari mayda burjuaziyaning qarashlaridir.

U xususiy mulkchilikning mavjudligi mulkiy bo‘linishga olib kelishini tushunib etmadi.

Russoning ijtimoiy bitimi faqat amaliyotda burjua-demokratik ruspublikasida amalga oshishi mumkin.

Russoning ahloqiy ta’limoti tenglik g‘oyasi va shaxs erkinligi bilan chambarchas bogliq. Bu ahloq — fuqaro jasorati, respublikachining vatanparvarligidir. Sahovat uning uchun qulchilikka nafrat. Estetik tarbiya ham shu yo‘lga qaratilmog‘i lozim.

 Jorj Berkli (1685-1753) o‘z asarlarida hurfikrlikka qarshi kurash olib borish bilan bir qatorda u SHefteberi va Mandevillarning ahloqiy qarashlariga taallukli g‘oyalarni tanqid qiluvchi maxsus risola yozgan edi. Mazkur risolada u yuqorida nomlari zikr etilgan faylasuflarning hurfikrligini tanqid qilib, xris­tian dinini himoya qilgan.

“Alsifron yoki mayda faylasuf” deb nomlangan risolasida Berkli ateizmni ahloqsizlik bilan aynan bir narsa deb, ahloq sohasidagi taraqqiyparvar tendensiyalarga qarshi kurashgan.

U o‘zining ma’naviy evolyusiyasida diniy falsafani teotsentrizm bilan sintez qilishga harakat qilgan. Unda ilohiy kuch har qanday borliq va farovonlik manbai hisoblanadi. Xudoga xizmat qilish insoniyat hayotining mazmuni va maqsadini tashkil etmog‘i lozim, deydi faylasuf. Ijtimoiy qarash nuqtai-nazaridan Berkli konservator bo‘lgan.

Berkli o‘z davridagi Angliyaning mavjud siyosiy tuzumidan mamnun bo‘lgan. U jamiyatdagi hukmron sinfning siyosatini hamda ingliz cherkovining faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan. U, shuningdek mamlakatda shakllanib kelayotgan burjua iqtisodiy munosabatlarni, san’atning rivojini, savdo-sotiqing o‘sishini, kolonial bosqinchilik siyosatining tarafdori bo‘lgan.

Faylasufning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ko‘pgina asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan maxsus risolalari ham mavjud. Bular “Pas­siv itoatkorlik” (1712), “Buyuk Britaniya qulashining oldini olish haqida ocherk” (1721) va boshqalardir. Yuqorida nomi qayd etilgan birinchi risolasida faylasuf siyosiy mavzuga oid uchta nasihatini keltiradi. Bu nasihatlarning maqsadi: 1) qarshilik ko‘rsatmaslik; 2)  g‘alayon ko‘tarmaslik; 3) oliy hokimiyatning buyruqlariga quloq osish va itoatkor bo‘lishlik fuqarolarning eng birinchi vazifasidir. O‘zining bu qarashlari bilan “ijtimoiy bitim”ga, ayniqsa, undagi radikal shakldagi xalk suvereniteti va xalk manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortgan hukmdorga qarshilik ko‘rsatish kabi masalalarga Berk­li qattiq qarshilik ko‘rsatgan.

Faylasuf xalqni “xar qanday fuqarolik hukumati”ning siyosatiga hech ikkilanmay bo‘ysunishga da’vat etadi. Davlat ilohiy bir tarzda kelib chiqqan, degan konsepsiyaga amal qiladi. Davlat tomonidan chiqariladigan qonun va buyruklar muqaddas va ularga qarshi chiqish qat’iyan man qilinadi. Tobe’lik va itoatkorlikka, hatto hukmdor o‘z fuqarolarining haq-huquqlarini kamsitganda va shaxsiy manfaatlarini poymol qilgan taqdirda ham amal qilish kerak — deydi faylasuf. Antik davrning ko‘zga ko‘ringan faylasufi Sitseronning “Xalk farovonligi — oliy qonun” ta’limotiga butunlay qarama-qarshi fikrni Berkli ilgari surayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Uning siyosiy konservatizmi o‘zi shohid bo‘lgan tarixiy voqealarga realistik bahoni inkor qilmasdi. Masalan, Berkli Ganoverlar dinastiyasining siyosatini qo‘llab-quvvatlab, ularning dushmanlari bo‘lmish yakkobinchilarning Styuartlar dinastiyasi dav­lat tepasiga chiqishiga qarshi chiqqan, chunki yakkobinchilar katolik cherkovini himoya qilgan. Ular bu borada katolik dinining tarafdorlari bo‘lgan irlandiyaliklarni qo‘llab-quvvatlashiga tayangan holda, ularning yo‘qotgan erkinligini qaytarib berishga va’da qilgan edi. Faylasuf ingliz davlat cherkovi­ning manfaatlarini himoya qilgan. U YAkkobinchilarni tanqid qilibgina qolmay, balki irlandiyaliklarning mustaqillikka erishishi ularning bu borada sabr toqatli va itoatkor bo‘lishga chaqiradi, degan maslahatni beradi.

Adolat yuzasidan shuni aytmoq lozimki, Berkli Irlandiyaning og‘ir holatiga befarq bo‘lib qolmagan, chunki Irlandiya Angliyaning birinchi koloniyasiga aylangan edi. Bunga uning Irlandiyaning iqtisodiy jihatdan yuksalishiga bag‘ishlangan asari misol bo‘la oladi. Berkli bu asarida iqtisodiy siyosatning dolzarb masalalarini ritorik savollar shaklida hal etishga urinadi. Uning diqqat-e’tibori markazida boylikning asosiy manbai nima? Er boylik emasmi? — degan savollar turadi.

Axir biz avvalambor xalkning mehnat faoliyatini qadrlashimiz kerak emasmi? CHunki xalkning mehnat faoliyati boylikni yaratmaydimi va hatto erni ham boy qilmaydimi?

Agar er va kumushlar mehnat faoliyatining vositasi bo‘lmaganda ular hech qanday qadr-qimmatga ega bo‘lmagan bo‘lar edi. Iqtisodni ko‘tarish va milliy boylikni o‘stirish to‘g‘risidagi Berklining takliflari shunday edi. Ko‘rib turibmizki, Berklining ushbu dasturi mehnatkash xalk ehtiyojlarini in­kor qiladi va xalkning   og‘iriqtisodiy ahvolini haqikiy sababi nimada ekanligi to‘g‘risida lom-mim demaydi. Aksincha, Berkli bu savolga kishilarning dangasaligi, mehnat qilishdan bo‘yin tovlashlari sabab bo‘layapti degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. SHuning uchun ham kambag‘allarni va daydilarni mehnat uylariga jo‘natishni taklif kiladi. Dinni qattiq himoya qilgan faylasuf va episkop XVIII asr ingliz falsafasi tarixida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’rifatparvarlikka va insonparvarlikka qarshi chiqqan. U ilg‘or ilmiy-falsafiy va ijtimoiy qarashlarga qarshi kurashgan sub’ektiv idealizmning yorqin namoyandasidir.

Berklining ta’limotiga yangicha tus berib, uni himoya qilgan XVIII asr ingliz falsafasining vakillaridan biri David Yumdir.




Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish