O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi



Download 4,4 Mb.
bet274/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi.

XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etishga qaratilgan islohotlarning jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: “Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish — bosh vazifadir… YAngilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak”304.

Xalqimiz tarixi, dunyoqarashi, ma’naviyati, milliy manfaatlari va milliy an’analarini chuqur anglagan mamlakat Prezidenti I.A.Karimov Mustaqil O‘zbekiston xalqining manfaatlari va orzu istaklaridan kelib chiqib fuqarolik jamiyati va demokratik prinsiplarni o‘zida mujassam etgan siyosiy tizimni tashkil etishga qodir bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilinish jarayoniga boshchilik qildi.

Respublikada fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning siyosiy va huquqiy kafolatlari qisqa muddatlarda yangi Konstitutsiya va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topdi. Natijada, fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun huquqiy asoslar yaratildi.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning asosiy kafolati, ya’ni ularning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1991 yilning 15 fevralida O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun respublikada faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilish, ularni sobiq yakkahokim mafkuradan poklanish, shuningdek, jamoat birlashmalari tizilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy shart-sharoitlar yaratib berdi. Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchi marta mazkur Qonunda jamoat birlashmalarining maqsadlari xalqaro va demokratik mezonlar asosida ta’riflab berildi: “Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish...”305 maqsadlarida tuziladi.

Mamlakat tarixida ilk bor fuqarolik jamiyati institutlari — jamoat birlashmalarining mustaqilligi, ularning davlat va hukumatdan alohida faoliyat yurituvchi huquqiy sub’ekt ekanligi tan olindi. Bu holat fuqarolik jamiyatiga xos belgilardan biri edi. Qonunda davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishi, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.



Bu davrdagi muhim voqeliklardan biri — Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda o‘tish davri uchun mo‘ljallangan davlat qurilishi, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, umuman, jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish jarayonlarini besh asosiy qoida asosida amalga oshirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu beshta asosiy qoidaning mohiyati quyidagicha:

«birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur;

ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to‘rtinchidan, axolining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda axolini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi»306.

SHu bilan birga, O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etishga doir islohotlarni rivojlangan demokratik mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatlar tajribasidagi demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi.CHunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayoniga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: “Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi”307.

SHu bilan birga, Prezident I.A.Karimovning qarashicha, fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti har bir mamlakat milliy qadriyatlari, xalqning milliy mentaliteti va milliy an’analarini o‘zida ifodalashi zarur. Bu shuning uchun ham zarurki, fuqarolik jamiyati barpo etishda har bir xalq o‘z milliy manfaatlari ifoda etilishini ham anglashi lozim. Buning uchun milliylik yangi jamiyat mazmuni va shaklu shamoyili bilan uyg‘unlashishi lozim. O‘zbekiston esa boshqa mamlakatlarga nisbatan adolatli va xalqchil jamiyat barpo etishga doir milliy meros va qadriyatlarga boyligi bilan ajralib turadi.

SHuningdek, mamlakatda yangi jamiyat qurishga qaratilgan islohotlar inqilobiy yo‘lni ham qabul qilmaydi. CHunki, bu yo‘l vayronalik, millionlab axolining ijtimoiy ahvoli pasayishi, jamiyatni qutblashgan tomonlarga bo‘linib ketishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining O‘zbekiston uchun o‘ziga xos quyidagi jihati ilgari surildi: “SHarqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. YA’ni SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi…”308.

SHu bilan birga, YUrtboshimizning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir nazariy qarashlari rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilgan demokratik tamoyillar asosidagi tajribalarga hamohang tarzda rivojlandi. Ushbu nazariy qarashlardafuqarolik jamiyatining asosi o‘zini o‘zi boshqarish organlarini o‘ziga munosib vakolatlar bilan ta’minlashda, deb ta’kidlandi.



SHuningdek, Prezident I.A.Karimov O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barhayotligining asosiy shart-sharoitlardan biri, bu — davlat hokimiyati vakolatlarini chegaralash, fuqarolik jamiyati institutlariga jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish uchun qanchalik zarur bo‘lsa, shunchalik etarli vakolatlar berish ekanligi masalasini ilgari surdi. Prezident fuqarolik jamiyatining yashash qobiliyati fuqarolarning siyosiy jarayonlarda nechog‘likishtirok etishlari bilan uzviy bog‘liqekanligini ham chuqur anglab etgan edi.

Davlat vakolatlarini jamiyat institutlariga berish asosida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadida quyidagi vazifalar belgilandi: “Ammo haqiqiy milliy ravnaqqa biz faqat davlat hokimiyati vazifalarini qat’iy va mukammal belgilab va shu bilan birga cheklanib qo‘yilgan fuqarolik jamiyati sharoitidagina erishmog‘imiz mumkin. Bunday jamiyatda davlatning bosh vazifasi taraqqiyot strategiyasini aniqbelgilash va uni hayotga joriy etish uchun qattiqnazorat olib borishdan iborat bo‘ladi… Ana shunday davlat va jamiyatni qurish, haqiqiy demokratik qadriyatlarni vujudga keltirish — bizning bosh konsepsiyamiz va milliy ravnaqimiz asosidir”309.

YUrtboshimizning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir nazariy qarashlari uning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida o‘z takomiliga etganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy institutlari O‘zbekiston mamlakati shart-sharoitlari, milliy mentalitetini hisobga olgan holda talqin etiladi. SHuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari «shaxs-jamiyat-davlat» o‘zaro uyg‘unligi asosida tahlil etilgan. Muhimi, davlatning shaxs va jamiyat manfaatlari asosida faoliyat yurituvchi siyosiy institut ekanligi, bu institutning doimo jamiyatning rivojlanishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan farovon bo‘lishi hamda barqarorligi uchun mas’ulligini oshirib borish zarurligi asoslanadi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq ravishda kecha boshladi. Ayniqsa, yangi jamiyat xalq tomonidan demokratik qadriyatlarni o‘z siyosiy madaniyatiga singdirib borishiga hamohang tarzda rivojlanib borishini e’tirof etgani holda quyidagi fikrlar bildirdi: “Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular — xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi,oddiyfuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir”310.

SHuningdek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishida va uning barqarorligini ta’minlashda muxolifatning o‘rni masalasiga ham katta e’tibor berildi. Ma’lumki, demokratik mamlakatlarda muxolifat o‘z jamiyati va davlatlarining boshqaruv usullarini demokratlashtirishda, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan“Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi ilg‘or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg‘unlashtirish asosida rivojlanib bordi.

YUrtboshimiz tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish(liberallashtirish) konsepsiyasi ishlab chiqildi va uning quyidagi yo‘nalishlari belgilab berildi:

- mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

- mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;

- nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

- jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash;

- inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish.

I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasidagi ma’ruzasida fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichi va tamoyillarini ilgari surdi: “Bizning oldimizda turgan yana bir muhim va dolzarb vazifa u ham bo‘lsa, “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyatga o‘tish” degan shiorni amalda ro‘yobga chiqarishdir. Bu maqsadga erishish uchun, birinchidan, davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalariga o‘tkazish talab qilinadi. Bular qatorida biz, birinchi navbatda, o‘zini har tomonlama oqlagan mahalla tuzilmasini ko‘zda tutamiz. Ikkinchidan — jamiyatimizda nodavlat, jamoat tashkilotlarining, avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularning faolligini oshirishga ko‘mak va yordam ko‘rsatish darkor”311.

Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari, Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis sessiyalaridagi (1995-2004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar) ma’ruzalari “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi.

Prezident I.A.Karimovning asarlarida adolatli demokratik jamiyat qurishning konseptual nazariy asoslari yanada boyitildi. Prezidentning quyidagi fikri mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi: “Hammamizga ayonki, bu yo‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq ko‘p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o‘tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim… Hayotimizni erkinlashtirish yo‘nalishlarining yana bir muhim yo‘li — markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdir”312.

Mamlakatda “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarida davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimiyati tasarrufida esa asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklari, mulk egalarining huquqlari, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko‘zda tutilmoqda.



SHuningdek, strategik ahamiyatga molik, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart-sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda. SHu bilan birga, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham, asosan, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga o‘tkazish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzasida jamiyatni demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasi, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo‘yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari”, degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar aniq — ravshan ifoda etildi. Mamlakatda markaziy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish asosida kuchli jamiyatning shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo‘shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish”313 vazifasi belgilandi. SHu bilan birga, “o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish”314 muhim vazifalar sirasiga kiritildi.

YUrtboshimiz o‘zining mazkur qo‘shma majlisdagi ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish masalalarini ilgari surar ekan, bu bilan “axolining turli ijtimoiy va sotsial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo‘lgan nohukumat va jamoat tashkilotlarining nufuzi va ta’sirini oshirishga katta e’tibor” berishga da’vat etdi. SHu bilan birga, “odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos”315ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

XXI asrning boshida ilgari surilgan “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual dasturini amalga oshirish yangi bosqichga kirdi. Bu bosqichda nazariy qarashlarni hayotga tatbiq etish davriga o‘tildi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga erkinlik bag‘ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratgan, jamiyatning hamma jabhalarini demokratlashtirishga qobil bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi islohotlarning yangi bosqichi boshlandi.



Fuqarolik jamiyatining shakllanishi har qanday davlatda ham ro‘y beravermaydi. Bu jamiyatning shakllanishi uchun faqat huquqiy davlatgina har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berishi mumkin. Huquqiy davlat amal qilishining eng asosiy sharti esa davlat hokimiyatining uchga bo‘linish prinsipini hayotda amalga oshirishdir. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi mamlakat siyosiy tizimida uning amal qilishi maqsadlarida mazkur prinsipni quyidagi mazmunda ifodalab berdi: “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslanadi”316. Mazkur modda mamlakat parlamenti — qonun chiqaruvchi hokimiyatida fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini mukammal tarzda ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratib berdi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati institutlari bilan muvozanat saqlashi, jamiyat institutlarini davlat organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatishida jamiyat va davlatni rivojlantirish omillaridan eng asosiysi, bu — siyosiy plyuralizmdir. Jamiyatda plyuralizmning etishmasligi oqibatida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tizimi “yutib” yuborishini tarix o‘z vaqtida isbotlab bergan. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida siyosiy plyuralizmning davlat va jamiyatning yashash prinsipi sifatida e’tirof etilishi fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berdi. Xususan, Konstitutsiyaning 12-moddasi quyidagicha talqin qilinadi: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”317.

SHuningdek, Konstitutsiyaning 13-moddasida fuqarolik jamiyatining yashashi uchun muhim bo‘lgan shart-sharoitlardan yana biri — inson erkinligi va huquqini ta’minlashga qobil bo‘lgan demokratik prinsiplar davlat hokimiyati va jamiyat hayotini tashkil etishning asosi va oliy qadriyat sifatida e’tirof etildi: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”318.

O‘tgan yillar davomida mam­­lakatimizda fuqarolik jamiyati qurish va uni tako­mil­lashtirish borasida keng ko‘­lam­li ish­lar amal­­ga oshirildi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda kechayotgan tub o‘zgarishlarda davlatning bosh is­­­lohotchilik vazifasi asosan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizlarini shakl­lantirish jarayonida namoyon bo‘lmoqda.

YUrtboshimiz ilgari surgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqa­rolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”dagi konseptual maqsadlar yurtimizda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bir davrini boshlab berdi.

Konsepsiyada quyidagi yo‘nalishlar demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida belgilandi:


  • Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish;

  • Sud-huquq tizimini isloh etish;

  • Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash;

  • O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;

  • Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotniliberallashtirishni yanada chuqurlashtirish.

Konsepsiyadagi asosiy va­zifa­lardan biri fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat bosh­qaruvidagi nufuzini oshirish hamda samarali jamo­atchilik nazo­ratini yo‘lga qo‘yishdan ibo­rat. SHuning­dek, fuqarolik jamiyati ins­titutlarini rivojlantirish jarayoni ja­mo­at­chilik va fuqarolik na­zo­rati institutlarining, ja­mi­yatning davlat bilan o‘za­ro samara­li aloqasini ta’­min­lash bilan uzviy bog‘liq holda kechishi ko‘zda tu­tilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, o‘t­gan yillarda nodavlat noti­jorat tashkilotlarini fu­qa­rolik jamiyati insti­tut­lari sifatida tobora ri­voj­lantirish, ularning mus­taqil faoliyat yuritishi ham­­­­da fuqarolarning huquq va man­faatlarini himoya qi­lish­­­dagi rolini oshirish maq­­sadida “Nodavlat noti­jorat tashkilotlari faoli­yati­ning kafolatlari to‘g‘ri­sida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘­­­risida”gi qonunlar, O‘z­be­­kiston Prezidentining “O‘z­bekistonda fuqarolik ja­miyati institutlari ri­voj­lanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘ri­si­da”gi Qarori va boshqa huquqiy asoslar na­tijasida ushbu tashkilotlar o‘zlarida fuqarolik ja­miyati in­s­titutlariga xos bel­gilarni ifoda eta boshladilar.

SHu bilan birga, Prezidentimiz taklif etgan konsepsiyada fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va demokratlashtirish, jahon hamjamiyatiga yanada chuqurroq integ­ra­siya­la­shish, davlat boshqaruvida xalq irodasini to‘liq ifo­dalash, aholining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish maqsadida qator qonunlar qabul qilishga zarurat sezilayotgani har to­monlama asoslab berildi. Jum­ladan, bu sohada amalga oshiri­la­yotgan islohot­lar­ning oshko­ra­ligi va samara­dor­­ligini, davlat organlari bilan fuqarolar munosabatida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida “Ij­­timoiy sheriklik to‘g‘­risida”gi Qonunni qabul qi­lish kun tartibiga qo‘yildi. Ayniqsa, bu qo­nunning “aholi tur­li qat­lam­lari­ning huquq va er­kin­lik­la­ri, manfaat­larini himoya qi­lishda no­dav­lat noti­jo­rat tashkilot­lari­ning dav­lat tuzilma­lari bi­lan o‘za­ro munosa­batlari­dagi aniq che­­gara­larni bel­gilash va tash­­­ki­liy-huquqiy mexa­nizm­larni takomil­lash­ti­rish kabi ma­salalar bo‘yi­cha huquqiy normalar”ni o‘z ichi­ga olishiga alohida e’tibor qaratildi.

Jahon tajribasidan ma’­­­­­­­lumki, ijtimoiy sheriklik ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi. Ijti­moiy sheriklik turli ij­ti­moiy birliklar, qatlamlar va guruhlarning o‘ziga xos ijtimoiy munosabati bo‘lib, u, bir tomondan, dav­lat organlari, xodimlar va ish beruvchilarning bozor iq­tisodiyotiga xos o‘zaro mu­nosabatini ta’minlovchi, ik­kinchi tomondan, ish beruvchi bilan ishlovchining teng huquqli hamkorlik qi­li­shi, ular manfaatining o‘za­­ro optimal muvozanatini ta’minlovchi mexanizm si­fatida namoyon bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, “Ij­­ti­­moiy sheriklik to‘g‘­ri­si­da”gi Qonun fuqarolik ja­miyati institutlari harakatini kuchaytirib, dav­lat organlari bozor iqtisodiyoti mezonida ish yuritishiga qulaylik tug‘diribgina qol­may, fuqarolarning ij­ti­moiy-iqtisodiy huquq va erkinliklarini ta’minlash mexanizmi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa­cha ayt­­ganda, ijtimoiy sherik­lik jamiyatdagi ij­timoiy qat­lamlar va guruhlar man­fa­­atlarini adolat tamoyil­lari asosida mu­vofiqlashtiruvchi omilga aylanadi.

SHuningdek, konsepsiyada fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh­qarish organlarini fu­qa­rolik jamiyati instituti sifatida takomillashti­rish, aholi manfaatlarini kengroq ifodalash uchun ma­hal­­lalar faoliyatining tash­­­­­ki­liy asoslarini yanada mus­tahkamlash, ish ko‘lamini ken­gaytirish, davlat hoki­mi­­yati va mahalliy bosh­qa­ruv idoralari bilan o‘zaro mu­­no­sabatini izchillashtirish maqsadida “Fuqa­ro­lar­ning o‘zini o‘zi bosh­qa­rish or­ganlari to‘g‘ri­si­da”gi Qo­nunga o‘zgartish va qo‘shim­chalar kiritish maq­sad­ga mu­vofiq ekani ta’kid­landi. Bu mahallalarni “...aniq yo‘­naltirilgan asos­da aholi­ni ijtimoiy qo‘l­lab-quvvat­lash, xususiy tad­birkorlik va oilaviy biz­nesni rivoj­lantirish mar­kaziga aylan­tirish, shuning­dek, ularning davlat bosh­qaruv organlari fao­liyati ustidan jamoat­chi­lik nazo­rati olib borish tizimidagi vazifalarini yana­da ken­gay­tirishga jiddiy e’tibor qa­ra­tish” demakdir.

Albatta, mahallani fuqa­rolik jamiyati instituti si­fatida rivojlantirish, shu tarzda aholida o‘zi­ni o‘zi boshqarish malakasini ku­chaytirish, har bir fuqaroda voqelikka daxl­dor­lik, ogohlik va mas’­ullik his­sini shakllantirish, ij­ti­moiy-siyosiy jarayonda fa­ol ishtirok etishini ta’minlash uchun mustahkam hu­quqiy asos kerak. SHu ma’noda, mazkur qo­nun kuchli fu­qarolik ja­miyati kafolatlaridan biri bo‘ladi.

Konsepsiyada mahalla fu­qa­­rolar yig‘inlari mavqei­ni oshirishga ham alohida e’ti­bor berildi. “Fuqaro­lar yig‘ini raisi (oqso­qo­­li) va uning masla­hat­chi­­lari saylovi to‘g‘risi­da”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqi­dagi taklif shu maqsadga xiz­­­mat qiladi. Unda yig‘in raislari va mas­lahat­chilarni saylashda yuksak talablar — “oqsoqollar va ularning mas­lahatchilari eng munosib fu­qarolar ichidan sayla­ni­­­shi­ni, fuqa­rolar ijti­mo­iy faolli­gini kuchayti­rish­da mahal­laning ahami­yati va roli oshirilishini ta’­min­lay­digan chora-tadbir­larni na­­zarda tutish” belgilab berildi.

Keyingi paytlarda fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari faoliyatini yanada kuchaytirish bilan birga, ularning fao­liyatini mahalla ahli to­monidan na­zorat qilinishiga zarurat se­zilayotgan edi. Umuman, fu­qarolar yig‘iniga saylangan shaxslar aholi manfaati va ehtiyojini qay dara­jada hisobga olib ish ko‘r­moqda? Tabiiyki, bunday nazoratni kuchaytiruvchi mexanizmni ta­komillashtirish lozim. Mazkur qonunga doir taklifda fuqarolar yig‘inining saylanadigan organlari mahalla ahli nazoratida talab darajasida ish yuritishi, uning fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarini yanada rivojlantirishga urg‘u beriladi.

Ma’lumki, huquqiy davlat va odil jamiyat sharoitida fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar va fuqarolar manfaatlari go‘yoki davlat manfaatlari si­fatida namoyon bo‘la boshlaydi. Qolaversa, jamo­at­chilik nazorati davlat ido­ra­lari faoliyati jamiyat manfaatlari asosida ke­chi­­shini ta’minlashga ta’sir etadi. Muhimi, bu ja­ra­yonda faol ishtirok etayotgan fuqarolar ham ijtimoiylashib bo­radi, bu esa si­yosiy madaniyatning asosiy shartlaridan biridir.

SHuning uchun ham konsepsiyaga binoan «davlat ho­kimiyati va boshqaruvi or­gan­lari tomonidan qonun huj­jatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fu­qa­­rolik institutlari nazo­rati­ni amalga oshirishning ti­zimli va samarali huqu­qiy mexanizmini yaratishga qa­ratilgan “O‘zbekiston Res­­­publikasida jamo­at­chilik nazorati to‘g‘ri­si­da”gi Qonunni qabul qi­lish belgilandi. Mazkur “qo­nunda jamoatchilik nazo­ra­tining turlari, shakllari va sub’ektlarini, nazorat pred­metini, uni amalga oshi­­­­­rishning huquqiy mexa­nizm­­larini, shuningdek, maz­­­­kur sohada amaldagi qo­nun hujjatlarini ijro et­ma­­gani uchun mansabdor shaxs­­­larning javobgarligi shart­larini belgilab qo‘yish zarur”ligi ta’kidlandi.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim jihati — inson­ga, uning erkinligi va hu­quq­larini ta’minlashga e’ti­­bor qaratilishi, bu ja­ra­yonda esa davlatning asosiy mas’ul siyosiy institut ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham konsepsiyada “inson hu­quq­lari sohasida milliy ha­rakat dasturini ishlab chi­qish dolzarb ahamiyatga ega” ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Unga muvofiq ravishda mazkur “dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari to­mo­ni­dan inson huquq va erkin­liklarining himoya qilinishini ta’minlash, jami­yat­da inson huquqlari bo‘yi­cha madaniyatni shakllan­ti­rish va shu kabi boshqa so­halarga oid qonunlarga ri­oya etilishi ustidan jamoat­chilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak”ligiga e’tibor qaratildi.

Konsepsiyada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jamiyat va davlat qu­rilishi, hududlarda ij­ti­moiy-iqtisodiy rivoj­la­nishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashki­lot­lari huquqlarini belgi­lab bergan qonun hujjat­lari talablarini buzganlik uchun davlat organlari man­sab­dor shaxslarining ja­vob­garligini kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishning taklif etilishi fuqarolik jamiyati institutlariga o‘z konstitutsiyaviy va qonuniy vakolatlarini mustaqil in­s­­­­titut sifatida amalga oshi­rishlari uchun keng im­ko­niyat yaratadi. Albatta, kodeksga kiritiladigan o‘z­gar­tish va qo‘shimchalar Kons­titutsiyaning 58-moddasini to‘liq amalga oshi­rish imkonini beradi. Eng muhimi, nodavlat notijorat tash­kilotlarning qo­nunlar doi­rasida erkin va mustaqil fao­liyat yuritishi uchun hu­qu­qiy asoslar yanada takomillashadi.

Hozirgi kunga kelib, du­nyo­­­­dagi global xavf-xatarlar qatoriga ekologik tah­didlar ham qo‘shildi. Qolaversa, ekologik vaziyat inson sog‘lig‘iga, tabiatning o‘z qonuniyatlari asosida yashashi­ga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. SHu bois, ri­voj­­langan mamlakatlarda “yashil­lar” harakatlari va par­tiyalari bejiz tashkil top­magan. Mamlakatimizda ham ekologiyani himoyalashga doir tashkilotlar tuzil­di, parlament quyi palatasida bu harakatlar manfaat­larini ta’minlashga qo­dir de­putatlar guruhi shakl­­­­landi.

Konsepsiyada “atrof-mu­hitni himoya qilish­ni ta’­­minlash tizimida no­dav­lat notijorat tashki­­­­lot­lar­ning roli va o‘rnini bel­gilashga qa­ratilgan “Eko­logik na­­­zo­­rat to‘g‘risida”gi Qo­nun loyihasini ishlab chi­qish va boshqa qator qonun huj­jatlarini qabul qi­lish” taklifining ilgari surili­shi nafaqat ekologik jara­yonlarni yaxshilaydi, balki bu sohada aholi faolligini oshirishga, ekologik ma­da­­niyatni shakllantirishga kuch­li ta’sir etadi, desak mu­­bolag‘a bo‘lmaydi.

Ko‘rinib turibdiki, konsepsiyaning e’lon qilinishi, unda ilgari surilgan maq­­­­sad va vazifalarni amal­­­ga oshirish natijasida fuqarolik jamiyati ins­titutlari xalqaro me’yorlar darajasida rivojlanadi, bu jarayonga bog‘liq holda mamlakatda inson taraqqiyotini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yarati­ladi. Zero, hozirgi davrga ke­­lib inson manfaatlarini amalga oshirish in­son ta­­raqqiyotining asosiy kafolati ekan, bu jarayon fa­qat biz qurayotgan fu­qaro­lik jamiyati sharoitida to‘­la-to‘kis amalga oshishi mum­kin.



Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish