O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Download 4,4 Mb.
bet146/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Tomas Gobbs (1588-1679) falsafasining eng qimmatli tomonlaridan biri uning ijtimoiy hayot masalalari haqidagi ta’limotidir. Uning “Fuqaro hakida” va “Leviafan” asarlari davlat va ijti­moiy masalalarga bag‘ishlangan. Gobbs ijtimoiy hodisalarni o‘z zamonasining mexaniq tabiatshunosligi nuqtai-nazaridan hal qilishga intilgan. Uning fikricha, jamiyat gigant bir mexanizmga o‘xshaydi. Inson esa, bu mexanizmning kichik bir qismidir. U o‘z-o‘zini saqlash hissi bilan harakatga keluvchi egoistdir. Gobbs o‘z oldiga shunga o‘xshash “aksioma”lardan butun ijtimoiy fanning mazmunini keltirib chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi.

Gobbsning ijtimoiy-falsafiy qarashlaridagi muxim jihatlardan biri shuki, u davlatning kelib chiqishi va mohiyatini ilohiylashtirishdan voz kechadi. Uningcha, davlat ilohiy emas, balki sof tabiiy jarayondir. Davlat odamlar tomonidan yaratilgan, deydi. Gobbsning ta’limoticha, insonlarning dastlabki tabiiy holatida, ya’ni fuqarolikkacha bo‘lgan holatida cheksiz egoizm va dushmanlik, yovuzlik hukm suradi. “Inson insonga nisbatan bo‘ri”. Bir guruh odamlarning egoistik ruhdagi intilishlari boshqa guruh a’zolari intilishlariga qarshi keladi. Natijada “hammaning hammaga qarshi urushi” kelib chiqadi. Har bir odam o‘ziga yo‘l ochish uchun boshqa odamni yo‘q qilishga intiladi. Gobbs o‘zining xuddi ana shu fikrlari bilan ma’lum darajada yangi jamiyatga xos bo‘lgan hususiyatlarni, ya’ni raqobatni, anarxiyani, urushlarni, kishini kishi tomonidan ezishni aks ettiradi. Gobbs bo‘larni jamiyatning “tabiiy holati” deb biladi.

Gobbs hamma odamlar o‘z tabiati jihatidan bir-biriga tengdirlar, deydi. Lekin u o‘zining bu ilg‘or fikridan noto‘g‘ri xulosa chiqarib, go‘yoki odamlarning tengligi uzluksiz ziddiyatlar va o‘zaro to‘qnashuvlarga olib keladi, deydi. Gobbsning fik­richa, tabiiy holatdan ijtimoiy holatga, ya’ni davlatga o‘tish o‘zaro kelishuv, “shartnoma” asosida yuz beradi. U davlatni “Bibliya”dagi afsonaviy hayvon Leviafanga o‘xshatadi. Fuqarolar qodir davlatning qullaridir, o‘ziga xos organizmning, sun’iy, murakkab tananing qulidir. Odam bu organizmning bir bo‘lakchasi bo‘lgani uchun davlatga va uning hukmdorlariga qarshi chiqishga qodir emas. Gobbs xalk suvereniteti g‘oyasiga qarshi kurashadi. Boshqarishning eng yaxshi usuli deb, u monarxiyani tan oladi. Gobbsning falsafiy ta’limotida o‘sha zamon mexanistik falsafasining taraqqiyparvar g‘oyalari ustunlik qiladi. Ijtimoiy-siyosiy qarashlarida esa antidemokratik an’analar hukmronlik qiladi. Lekin Gobbsning nuqtai-nazari royalistlar, katoliklar nuqtai-nazaridan farq qiladi. Ma’lumki, ular fe­odal davrga yoki yarim feodal davrga qaytish uchun inqilobga qarshi kurashganlar. Gobbs o‘zining “Leviafan” asarida feodal jamiyatga qaytish maqsadi bilan emas, balki yuqori burjua qatlamlarining, burjualashgan davlatlarning manfaatli maqsadi, savdo va sanoatni rivojlantirish maqsadida inqilobga qarshi kurashni targ‘ib qiladi.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish