O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi
Respublika bolalar kutubхonasi
Fan: kimyo
Yoqilg’i sanoati
Avtomobil va neft asridan avval ko’mir asosiy yoqilg'i edi. Neftning narxi tobora oshib borarkan hamda Xitoy va Hindiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda neftga talab kuchayarkan, AQShda ko’mirga nisbatan e’tibor ortmoqda.
Ko’mir jahon moiqyosida yonilg’iga nisbatan talabni qondira oladi, deydi mamlakat konchilari uyushmasi prezidenti Jek Gerald: "Juda ko’p mamlakatlarda katta miqdorda ko’mir ishlab chiqariladi. Tarixdan ma’lumki, ko’mir eksportchilari uning yirik iste’molchilari hamdir. Uning narxi ko’tarilgan."
O’tgan yillar ichida ko’mir narxi ikki barobarga oshgan. "Buning bir sababi elektr quvvatiga nisbatan talab oshmoqda. AQSh uning 52 foizini ko’mirdan oladi. Elektr quvvati, dunyo bo’ylab, qimmatbaho mahsulotga aylanmoqda,"- deydi janob Gerald.
AQSh uchun ko’mir energetika mustaqilligining asosidir. Mutaxassisning fikricha, "hozirgi iste’molga qarab, AQShda kamida 250 yilga yetadigan ko’mir zahirasi bor, desak bo’ladi."
Biroq ko’mir iste’molining kengayishi atrof-muhitga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatmaydimi, degan xavotir bor.
"O’tgan 40-50 yil mobaynida AQShda atrof-muhitning buzilishida va havoning zaharlanishida eng kuchli rol o’ynagan jarayon bu ko’mir yo’qish bo’ldi,"-deydi tabiat muhofazasi uchun kurashuvchi Jon Wok. Uning nazarida, ko’mirga qaytish atrof-muhit himoyasi yo’lidagi eski qonunlarni qayta kuchga kiritish, deganidir. Ko’mirdan chiqqan tutunni tozalash va bu bilan bog’liq yangi texnologiyalarni ishga solish kerak, deydi u. "Zarur texnologiya bor, ammo uni ishga solish uchun siyosiy iroda yetishmaydi."
AQSh ko’mir sanoati ko’mir tutunini tozalovchi arzon texnologiyalar bo’lsa, ularning faoliyatini qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildiradi.
Ko’mir sanoati faoliyati pasaygan paytlarda bu turdagi texnologiyaning bahosi ham ancha past edi. Bir necha yil oldin, ko’mirdan elektr quvvati ishlab chiqaruvchi zavodlar sonini qo’lda sanash mumkin edi. Bugun ularning soni yuzdan ortgan.
"Kelasi 20 yil ichida Amerika xalqining elektr quvvatiga nisbatan talabi 40 foizga oshadi. Bu talabni faqat ko’mir yoqib, qondirish mumkin, xolos."
Yaqin kelajakda, qora oltin, deb atalmish ko’mirning narxi yanada ko’tilsa, ajabmas.
Hozirda mamlakatda 2002-2010 yillarga mo'ljallangan ko'mir sanoatini yanada rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur "Angren" va "Apartak" ko'mir zaxiralarini texnik qayta jihozlash va ta'mirlash ishlari amalga oshirilihini nazarda tutadi, shuningdek "Zavod RGTO" AJ ning ishlab chiqarish bazasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Kapital qo'yilmalarning umumiy hajmi 254, 2 mln. AQSh dollarini, shu jumladan xorijiy kreditlardan foydalanish hisobiga 15,1 AQSh dollarini tashkil etadi.
"Angren" ko'mir konining texnik qayta jihozlanishi ko'mir qazib olishni 2001 yilda 2,1 mln. tonnadan 2010 yilda 7,8 mln. tonnaga oshirish imkonini beradi. Bir tonna tog' jinsining tannarxi (2001 yilda) 10,38 AQSh dollaridan 2010 yilda 7,85 AQSh dollariga pasayadi.
Keng ko'lamli loyihada Germaniyaning "Krupp Ferdertexnik Gmxb" va "MAN Takraf" kompaniyalari ishtirok etmoqda. Loyihani moliyalashtirish Germaniya banklarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
"Apartak" ko'mir konining qayta ta'mirlanishi yuk tashuvchi temir yo'l qurilishini nazarda tutadi. Konda ko'mir qazib olish 214 ming tonnadan 2010 yilda 1,5 mln. tonnagacha oshiriladi. Tannarx esa 2010 yilga keilb bir tonna uchun 10,47 AQSh dollaridan 6,66 AQSh dollarigacha pasayadi.
slom Karimov va Viktor Yanukovich O‘zbekiston bilan Ukraina ko‘plab sohalarda samarali hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidladilar. Masalan, Ukrainaning O‘zbekistondagi neft-gaz konlarini tadqiq etishga qiziqishi bor. Tomonlar sarmoyaviy hamkorlikdan ham manfaatdor.
Neft' va gaz sanoati iqtisodiyotimizning eng yirik tarmog`i, mamlakatning muhim energetika bazasi hisoblangani bois sohani har tomonlama rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Mazkur tarmoq yurtimiz yonilg`i va yoqilg`i ehtiyojini to`liq qoplashdan tashqari, mahsulot eksport hajmini oshirib, mamlakat xazinasini katta miqdordagi valyuta tushumlari bilan ta'minlamoqda. Bunda muborak gazni qayta ishlash zavodining ham alohida o`rni bor. Korxonada mustaqillik yillarida o`tkazilgan chuqur islohotlar tufayli yiliga 29 milliard kub metr "zangori olov" qayta ishlanayapti.
Xo`sh, bu yutuqlar zamirida qanday omillar yotibdi?
— Mustaqil davlatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, xalq farovonligini ta'minlash yo`lida ter to`kish ham qarz, ham farz. Davr har bir kishidan, har bir rahbardan yuksak kasbiy bilim, yurt kelajagi uchun mas'ullik va ijtimoiy-siyosiy faollikni talab etmoqda, — deydi biz bilan suhbatda korxona direktori ¤ktam Umarov. — Biz korxonada birinchi galda "ustoz-shogird" an'analarini yanada mustahkamlashga e'tibor qaratmoqdamiz. Yosh kadrlarni tajribali va mahoratli mutaxassislarga biriktirib qo`ydik. Qisqa davr ichida mahalliy yoshlar orasidan sohamizning yetuk bilimdonlari yetishib chiqdilar. Toshkent davlat texnika universiteti, Kimyo-texnologiya instituti kabi nufuzli oliy o`quv yurtlari bilan hamkorlikni kuchaytirdik. Kelgusida xodimlarimiz bilim va malakalarini oshirish uchun ularni dunyoning eng yirik neft'-gaz kompaniyalariga yuborishni rejalashtirganmiz.
Ishchilarning mehnatsevarligi, o`z kasbiga sadoqati, tirishqoqligi bois barcha qurilmalar bir maromda, to`xtovsiz ishlatilib, xalq xo`jaligi va iste'molchilar talablari to`liq qondirilayotir. Joriy yilning o`tgan to`rt oyi mobaynida amaldagi narxlarda tovar ishlab chiqarish 142,5 milliard so`mni, qayta ishlangan gaz hajmi 9 milliard 968 million kub metrni tashkil etgani holda, iste'molchilarga 9 milliard 295 milliard kub metr gaz, 63 ming 260 tonna oltingugurt, 4120 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Korxonada bugungi kun talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib har uch yilda bittadan gazni qayta ishlash qurilmasi ishga tushirilayapti. 2010 yilga borib keng qamrovli rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari nihoyasiga yetkaziladi.
Agar 2005 yilda propanli sovutish kompleksi ishga tushishi munosabati bilan 1600 tonna, 2006 yilda 30 ming 500 tonna gaz kondensati ishlab chiqarilgan bo`lsa, ushbu ko`rsatkich 2007 yilning 4 oyi mobaynida 35 ming 800 tonnani tashkil qildi yoki rejadagidan 24500 tonna ko`p mahsulot ishlab chiqardi.
— Ma'lumki, Muborak gazni qayta ishlash zavodi jahondagi turdosh korxonalar orasida yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Mavjud imkoniyatlarni yanada oshirish, ya'ni bugungi nufuzni saqlab qolish uchun qanday loyihalar ustida ish olib borilayapti?
— Butun jahonda yonilg`i-energetika mahsulotlariga bo`lgan talab yil sayin ortib borayotgani hech kimga sir emas, albatta. Shu bois bugun erishilgan natijalardan qanoat hosil qilgan korxona ertaga zamondan ortda qolib ketishi hech gap emas. Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib, yangi loyihalarni tayyorlash va ishlab chiqarishga tatbiq etishga harakat qilayapmiz. Masalan, gazni propan bilan sovutib quritish majmuasini ishga tushirish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga soldik. Natijada 2005 yilning 8 oy davomida qurilish ishlari yakunlanib, majmua to`liq faoliyat ko`rsata boshladi. 4 ta qurilma, ya'ni past haroratli ajratish, reagentning holatini qayta tiklash, propan bilan sovutish hamda gaz miqdorini o`lchash uskunalari ishga tushgach, 13,6 mlrd. kubometr gazni quritish imkoniga ega bo`layapmiz. Mutaxassislarimiz barcha texnologik jarayonlarni zamonaviy komp'yuterlar yordamida bajarayotganliklari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Izlanishlar davom etmoqda. Nasib etsa, 2010 yilgacha yana 7 ta shunday qurilma ishga tushiriladi. Ana shunda korxonamiz yiliga 366 ming tonna suyultirilgan gaz, 150 tonna gazli benzin ishlab chiqara boshlaydi.
Xuddi shunday gazni oltingugurtli birikmalardan tozalovchi qo`shimcha issiqlik almashtirish uskunasi o`rnatilgach, Muborak issiqlik markaziga yuboriladigan bug` kondensati harorati keskin kamayib, mo`may foyda keltira boshladi. 12-blokdagi absarber apparatlariga kontakt moslamalari qo`yilgach esa tabiiy gaz ishlab chiqarish 130 ming kubometrga yetkazildi. Rossiyaning "Stroytransgaz" OAJ bilan investitsion loyiha doirasida 2007 yilning noyabridan propan-butan qorishmasini olishga imkon beradigan moslamani qurish ishlari boshlanadi. Ushbu texnologiyaning ishga tushirilishi qo`shimcha suyuq uglevodorodlarni tortib olish va gaz mahsulotini chuqur quritishga yordam beradi. Mazkur jarayonlarni boshqarish va aniq nazorat qilishni ta'minlash maqsadida joriy yilda zavod ob'ektlaridagi avtomatik tizimlarni modernizatsiyalash ishlari boshlanadi.
Ta'kidlash kerakki, ishlab chiqarishni yanada jadallashtirish uchun izlanishlarni bir zum bo`lsa-da, to`xtatib bo`lmaydi. Biz bu qoidaga qat'iy amal qilayapmiz. Shu bois yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish bo`yicha rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida yillik iqtisodiy foyda 750 million so`mdan oshib ketdi.
— Uzoqni ko`zlagan rahbar odatda korxona ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, jamoa oldiga qo`yilgan reja-topshiriqlarning o`z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun birinchi navbatda ishchi-xizmatchilarga samarali mehnat qilish, yaxshi dam olish, qulay yashash sharoitlarini yaratib beradi. Shunday emasmi?
— Busiz ishlab bo`lmaydi, albatta. Bugungi kunda korxonada 2500 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan bo`lsa, ularning yaxshi dam olishlari va sog`liqlarini tiklashlari uchun bor imkoniyatlarni ishga solayapmiz. Masalan, har yili jamoadoshlarimizning 160-170 nafari respublikamizning turli sihatgohlarida salomatligini tiklab qaytishadi. Bundan tashqari, korxona hududida zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan 100 o`rinli shifoxona va poliklinika ishlab turibdi. Ishchilar shaharchasidagi uylarda, yotoqxonalarda barcha shart-sharoit muhayyo etilgan.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, zavod ratsionalizatorlarining faol va samrali izlanishlari tufayli moddiy-texnik zaxiralarni tejash, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, texnologik jarayonlarni kuchaytirishga erishayapmiz. Ana shu sa'y-harakatlar tufayli keyingi bir yilda 5 mln. 414 ming kVt.soat elektr quvvati, 83 ming 454 gKal. issiqlik energiyasi. 1 mln. 196 ming kubmetr tabiiy gaz tejab qolindi.
Shu o`rinda jamoaning 2006 yilda erishgan yutuqlari xususida ham qisqacha to`xtalmoqchiman. O`tgan yili tovar mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi 444 milliard so`mdan oshdi. Bunday natijaga sexlarda ta'mirlash sifatini yaxshilash chora-tadbirlari orqali erishildi. Birgina 10-sexda 270 tadan ortiq turli rusumdagi ehtiyot qismlar tayyorlandi. Shuning evaziga 161 ming tonnadan ortiq oltingugurt, 494 ming tonnaga yaqin gaz kondensati, salkam 11 ming 900 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi.
Bir so`z bilan aytganda, korxonamiz o`z faoliyatini boshlaganidan buyon 650 milliard kubmetr gaz, 9,5 million tonna oltingugurt, 8,5 million tonna gaz kondensati, 160 ming tonna suyultirilgan gaz qayta ishlandi va ishlab chiqarildi.
— O`zingizga ma'lumki, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mas'uliyatini o`z zimmasiga olgan siyosiy kuch hisoblanadi. Ushbu partiya a'zosi sifatida uning dasturiy maqsadlarini hayotga tatbiq etish, Ijtimoiy himoya yilida joylardagi partiya tashkilotlari bilan hamkorlikda qanday xayriya ishlarini amalga oshirayapsiz?
— O`zLiDeP a'zosi sifatida aholi o`rtasida partiya dasturiy maqsadlarini targ`ib qilish, joylarda xususiy biznesni rivojlantirish, fermerlik harakatini qo`llab-quvvatlash, yangi-yangi tadbirkorlik sub'ektlarining ochilishiga hissa qo`shishni o`z burchim deb bilaman. Xalq deputatlari Јashqadaryo viloyat kengashi deputati sifatida saylovchilar bilan tez-tez uchrashib, ular o`rtaga qo`yayotgan masalalarni hal etish uchun ham bor imkoniyatlarimni ishga solayapman. Shuni alohida ta'kidlamoqchimanki, "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g`risida"gi Konstitutsiyaviy qonun boshqa partiyalar kabi biz O`zLiDeP chilarga ham katta imkoniyat berish bilan birga ulkan mas'uliyat ham yuklaydi. Ana shu mas'uliyatni his etmagan siyosiy kuch jamiyat siyosiy sahnasidan tushib qolishi aniq. Buni zavodimiz boshlang`ich partiya tashkiloti hisobida turuvchi barcha safdoshlarim juda yaxshi tushunishadi.
Shu bois aynan boshlang`ich partiya tashkilotimiz tashabbusi va korxonamiz moliyaviy ko`magi bilan 2006 yilda jami 800 mln. so`mlikdan ziyod homiylik yordami ko`rsatildi. Bundan tashqari, Muborak tumanidagi Qarliq, Qoraqum, Xo`jamuborak, Sariq, Qo`hnashahar qishloqlari, Kasbi tumanidagi Qatag`an va Oqjangal qishloqlariga tabiiy gaz quvurlari o`tkazildi. ¤nlab qishloqlarimizda vrachlik punktlari ishga tushirildi. Maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari moddiy qo`llab-quvvatlandi. 2007 yilning Yurtboshimiz tomonidan "Ijtimoiy himoya yili" deb e'lon qilingach esa ushbu savob ishlar ko`lamini yanada kengaytirayapmiz.
Xulosa qilib aytganda, respublikamiz sanaoatining bayroqdorlaridan biri hisoblangan Muborak gazni qayta ishlash zavodi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni yuksaltirishdek ezgu ishlarni amalga oshirishga bundan buyon ham munosib hissa qo`shish uchun bor imkoniyatlarini ishga solaveradi.
Andijon viloyati O'zbekistonning rivojlangan regionlaridan biridir. Respublikadagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida viloyatning hissasi 10,3%ni tashkil qiladi. Respublikada ishlab chiqarilayotgan matolarning 20%, trikotaj mahsulotlarining 34,1%, paypoq mahsulotlarining 21,3%, tikilgan mahsulotlarning 12% Andijon viloyatining hissasiga to'g'ri keladi.
Viloyatda qazib olinadigan foydali qazilmalarning asosiy qismini neft va gaz tashkil qiladi. Hozirgi kunda 8 neft va neft gaz quduqlari - "Andijon", "Janubiy Olamushuk", "Polvontosh", "Xo'jaobod"da ishlayapti. 2001 yilgacha 106,8 ming tonna neft ishlab chiqarildi. Viloyatdagi 4 elektr stantsiyalari 63 mln.kv soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Viloyat miqyosida aholi jon boshiga 350 kvt soat elektr energiyasi to'g'ri keladi.
Viloyatdagi bozor iqtisodi tuzilmalari shakllanyapti. Amaldagi 22162 tashkilot, korxona va xo'jalik sub'ektlarida 18872 tasi xususiylashtirildi. Viloyatda o'rta va kichik biznes dinamik rivojlanmoqda. Mulkdorlarning yangi ijtimoiy qatlami shakllanmoqda. Viloyatda 18382 o'rta, kichik va mikro korxonalar ish yurityapti. Xususiy biznesning rivojlanishi ayniqsa aholiga transport, savdo va oziq-ovqat xizmati ko'rsatish tarmoqlarida yaqqol namoyon bo'ladi. 2001 yil ichki mahsulotning yalpi hajmi 407 mlrd. 77 mln. so'mni tashkil qildi. Oldingi shu davr bilan qiyoslanganda o'sish darajasi 108%ni tashkil qiladi. 2002 yil 1 iyul holatiga ko'ra YaIM hajmi 214834,1 mln. so'm.
Mamlakatlarimizda energiya manbalarining yirik konlari bor. Dunyoda neft va gazga talab oshib borayotgan hozirgi sharoitda bunday omil hamkorlikdagi loyihalar uchun yaxshi asos bo‘lishi tabiiy. Xususan, joriy yilning may oyida O‘zbekiston, Turkmaniston, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida Kaspiy bo‘ylab yangi gaz quvuri barpo etish va Markaziy Osiyodan Rossiyaga neft-gaz uzatiladigan mavjud quvurni rekonstruktsiya qilish borasida erishilgan kelishuv muvaffaqiyat bilan hayotga tatbiq etilishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Zero, mazkur mamlakatlar bir-birini yaxshi biladigan ishonchli sheriklardir. Bunday sharoitdagi hamkorlik ularga nafaqat moliyaviy-iqtisodiy, balki siyosiy va gumanitar manfaatlar ham keltirishi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |