qo`lyozmalardagi tasvirlar
XVI asrning oxiriga oid bir miniatyurada Insonning farishtalar xamroxligida yerga tushuvi tasvirlangan u masjid mezanasiga qo`nmoqda. qanotli farishtalar rangli kiyimlarda devor oq, osmon oltin rangda, Iso qora turk kiyimida boshida oq, salla.
Iso qora turk kiyimida boshida oq salla. Tarixchi Matrakchi Nazux sulton buyruqi bilan u bosib o`tilgan manzillar tasviridan iborat «Kitob ul-manzil» asarini yozadi. Tasvirlangan kitobda noma'lum rassom tomonidan Istambul va Galata ko`rinishi ishlangan. Butun maydon imoratlar tasviri bilan to`lgan. Masjidlar esa aloxida ko`rsatilgan. Devorlar Sarqish. Tomlar esa qizqish rangda Bosfor dengizi ko`k, yelkanli kemalar qoramtir rangda ifodalangan keyingi miniatyuralarda ziyoratchilarning saxroda yurishi, xovuz va unga qo`yiladigan anxor, anxor ustida o`tgan torgina ko`prik tasvirlangan.
XV asrning ikkinchi yarmida yozilgan Sulaymon – I shoxligiga doir asarda Eron elchisini qabul qilish marosimini tasvirlovchi miniatyura bor. Sulton chexrasi aniq chiqqan, uning yonida ko`lida lochin tutgan yanicharlar. O`rta Saroy axli, ular elchining qo`lidan tutib, taxtga yaqin keltirishmokda. Boshqa suratda Kipr kal'asi Sant Elmonning kamal qilinishi kursatilgan. Uchinchi miniatyurada Drava daryosini kechib o`tish xaqida. qolganlarida Veger qal'asi, Sigetovar ko`riqchi kemalari, lashkar yurishi va xokazolar tasvirlangan. Keyingi ikki miniatyurada Sulaymonni ko`mish marosimi va Istambuldagi Sulaymonning masjidi tasvirlangan.
Murod – 3 (1574-1595) zamonida «Shoxnoma» asarida yaratiladi.
Uni ozarbayjonlik musavvir miniatyuralar bilan bezaydi. Birinchi zarvarakda xarbiy ko`rik tasviri, Saroy oldidan piyoda yanicharlar o`tib bormoqda, yelkalarida miltikLar, sipoxiylar serxasham kiyimlarda katta sallalar o`rashgan, ba'zilari javshan kiygan, qo`llarida nayza. Tasvirlar poqonama-poqona beriladi.
Saxifa yuqorisida saroy, yanicharlar, lashkarboshilarning kiyimlari kamroq, qurol, kiyimlar, bayroqLar oltin va kumush rangda.
Ikkinchi miniatyurada Kars shaxrini kamaldan ozod etish tasvirlanadi. Tepada devor bilan o`ralgan shaxar ichida o`ylar, masjidlar, quyida turk lashkargoxi ifoda qilingan. O`ylar va odamlar surati moxirona joylashtirilgan.
1550-1590 yillarda «Xunarnoma» asari yaratiladi. Musavvir Usmon bezagan. Usmon manzaraga bir necha epizod qo`shadi. Saxifa yuqorisida Saroy imoratlar tomi qizgish, toqlar ko`kish. Shular fonida qora chodirlar, saxrodagi Sarqish toshlar jozibadorligi ortgan. Oxangdosh ranglar ustalik bilan topilgan. U qator portretlar xam yaratadi. Xusrav va Sulton Salim - 2 portretlari shular jumlasidandir.
Turk xattotlik san'atini yaratganlardan biri Shayx Xamidullo (1436-1519). Uning ota-onasi asli Buxorolik bo`lib, xayot taqozasi bilan Amasyega ko`chib kelishadi. Shayx Xamidullo ko`chirgan 47 kuron va ko`pgina badiiy asarlarni xusnixatda ko`chirgan. Mazkur musavvirlardan Bobo naqqosh, Shayx Mustafo Tojiddin Grixbandiy, Abdul qani, Miroko, Shayx Kamoliy, Shoxqo`li kabi musavvirlarni chizgan asarlari bizgacha yetib kelgan.
Nazorat savollari
-
Turkiya miniatyurasidagi uslublar.
-
qo`lyozmalardagi tasvirlar.
-
Turk miniatyurachi rassomlari.
Izoqli luqatlar
Naqsh – badiiy bezak biror narsani yoki bo`yab, tikib qosil qilinadi. Bo`lak elementlari ma'lum tartibda takrorlanishi mumkin. qar xil shakllar, o`simlik, qush , qayvon va boshqalar tasvirilan tashkil topadi.
Tarq – chizma, reja, eskiz, loyiqa.
Usta – qunar soqibi biror soqada malaka orttirgan shaxs o`z qunarini yaxshi biladigan kishi, ish boshi, raqbar, ustoz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. "Sharq minatyurasi" Toshkent 1980 yil. 2. "Me'mor san'ati" Toshkent 1978 yil.
3. Sharq minatyura maktablari 1983 yil.
OZARBAYJON MINIATYURA TARAqqIYOTI
Ozarbayjon mingiatyura maktabi (asosan Tabriz shaxrida XIV-XVI asrlar davomida o`zining yuksak taraqqiyot bosqichiga ko`tarilgan) arab-eron-turk, O`rta Osiyo va xind miniatyura maktablari qatorida muxim o`rin tutadi. O`rta asrdagi diniy ta'qib va tayziqqa qaramay Ozarbayjon musavvirlari Sharq adabiyoti daxolarini nodir qo`lyozmalarni, miniatyuralarni bezash bilan shuqullanganlar. Abdulqosim Firdavsiyning «Shoxnoma», Nizomii Ganjaviyning «Xamsa» asari Xofix va Sa'diy She'roziylar Amur Xusrav Dexlaviy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiyning qo`lyozmalariga chizilgan miniatyuralar jaxon tasviriy san'atida munosib o`rin egallab turibdi.
Yaqin va o`rta Sharqda XII - XIII asrlar davomida Boqdod miniatyura rassomlik maktabi yetakchi o`rinda turgan. Shu qatorda XIV asr boshida Janubiy Ozarbayjondagi Tabriz miniatyura maktabi gullab - yashnadi.
Mashxur tarixchi va. davlat arbobi Fayzullox Rashididdin nigorxonalarida turli tuman tarixiy asarlar qo`lyozmasi qayta-qayta kuchirilib nafis mo`'jaz rasmlar bilan bezatilar edi.
Miniatyura maktablarini bir-biriga ta'siri.
XIV asr oxirida yirik madaniyat markazlari Boqdod, Sheroz va Xirot shaxarlarida mustaqil miniatyura rassomlik maktablari mavjud edi. Xozirgi Afqonistan territoriyasida joylashgan Xuroson davlati poytaxti Xirot shaxrida XV asrda XVI asr boshlarida o`z davrining beqiyos rassomlari ustod Kamoliddin Bexzod raxnomaligida ijod qilishar edi. Xirot miniatyura rassomlik maktabi yaqin va O`rta Sharq miniatyura maktablari taraqqiyotiga juda katta ijobiy ta'sir ko`rsatadi. XIV-XV asrlarda qadimiy madaniyat markazlardan bo`lmish Buxoro va Samarkand xam maxalliy miniatyura rassomlik maktablari bo`lgan. XIII asrda oq quyunlilar, safaviylar (1502-1576) xukumronligi davrida Tabriz va Marogiy shaxarlarida bitilgan ko`plab tarixiy va badiiy adabiyot namunalari ajoyib miniatyuralar bilan bezatilar edi. Shirvon shaxrida xam nodir qo`lyozmalar bizgacha yetib kelgan.
Ozarbayjon miniatyura rassomlari va nodir qo`lyozmalar
Sulton Uvays xattot va rassomlarga xomiylik qiladi. Uning davrida yashab ijod etgan musavvirlardan biri ustod Shamsiddin bo`lib, bu moxir usta Abdulxay va Junaid Boqdodiy kabi rassomlarga ustodlik qiladi. Jaloiriylarning so`nggi vakili Sulton Axmad xam xattotlik va rassomlikka juda kiziqqan. U xukumronlik qilgan davrda Abdulxay va Junayid Boqdodiylar o`z san'atlarini namoyon qiladilar.
Xattotlar rassomlar xayeti va ijodiga baqishlangan «Xolati xunarvaron» (Xunarmandlar axvoli) nomli risola muallifi Do`st Muxammad Xiraviy musavvir Abdulxayning «Abdusaid noma» kitobi qo`lyozmasiga Junayid Boqdodiy esa Xoja Kirmoniyning 1396 yili kitobat qilingan asari qo`lyozmasiga nafis rasmlar chizilgan. Bulardan tashqarii Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin» dostoni Fazlullox Rashiddinning «Jamiuttavorix» asari qo`lyozmalari xam nodir miniatyuralar bilan bezatilgan. Tabrizda yashab ijod etgan san'atkorlar orasida eng mashxur pir Sayd Axmad Tabriziy bo`lib, turk tarixchisi Mustafo Alining guvoxlik berishicha u Kamoliddin Bexzodga ustozlik qilgan ekan.
qora quyunlilar sulolasi davrida yaratilgan rasmli nodir qo`lyozmalardan 1468 yili Shemaxada kitobat qilingan «Anatologiya» ni Abdulqosim Firdavsiyning «Shoxnoma» asarining Parijdagi Demott shaxsiy majmuasidagi nusxasini Istambuldagi Efkaf muzeyida saqlanayotgan 1455 yili xattot Abduraxmon Xorozimiy tomonidan ko`chirilgan kitoblarni qayd etish mumkin. Mavlono Do`stmuxammad, mavlono Darvesh Muxammad, mavlono Yusuf kabi ustod Kamodiddin Bexzodning shogirdlari xaqida tarixchi Boyazid Bayot o`z xotiralarida yozib qoldirgan.
Noma'lum muallif tomonidan bitilgan xozirgi kunda Xindistonning Patna shaxridagi Xudobaxsh nomli Sharq qo`lyozmalari kutubxonasida saqlanayotgan forscha «Tarix-i xonadon-i Temuriya» nomli asar qo`lyozmasida qayd etilganidek, Xumoyun va uning uqli Akbar rassom Abdusamad Sheroziydan rassomlik sirlarini o`rganganlar.
Ustoz Kamoliddin Bexzodning maxoratda tengsiz shogirdlaridan bo`lmish Do`st Devona ismli rassom xam Xindistonga ketib shu yerda shuxrat orttirgan ekan. Bu moxir rassomning mashxur Maxmud Muzaxxid bilan xamkorlikda yaratgan nodir qo`lyozma asarlaridan biri Xindistonning Xaydarobod shaxridagi Salordang muzeyida saqlanmokda. Bu nodir rasmlar muallif Do`st Devonaning yorqin talant egasi ekanligidan dalolat beradi. Boburiylar saroyi qoshidagi Boburning nabirasi Akbarning xukumronlik davrida musavvirlikda ustod Bexzodday moxir talantda afsonaviy moniysifat san'atkorlar «Nodirqul mulk», «Xumoyun» unvoniga sazovor bo`lgan Mirsaid Ali raxbarligida «qissai amir Xamza» nomli romantik afsonaga nisbatan kattagina formatdagi (52x68 sm) matoga rasm ishlash bilan mashqul bo`lganlar. Ularni ko`pchiligi Avstriya poytaxti Vena shaxri muzeyida, qolganlari esa dunyoning turli fondlarida saqlanmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |