O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi Respublika bolalar kutubхonasi


Eron miniatyura maktablarida o`ziga xos uslublarning kiritilishi



Download 478,5 Kb.
bet4/7
Sana08.02.2017
Hajmi478,5 Kb.
#2072
1   2   3   4   5   6   7

Eron miniatyura maktablarida o`ziga xos uslublarning kiritilishi


XV asrga kelib Sheroz maktabi sezilarli darajada orqada qola boshladi. O`sha davrda fan va san'at ixlosmandlariga xomiylik qila boshlagan sulton Xusayn va shu yerda yashab ijod qila boshlagan shoir Alisher Navoiy Eronning eng yaxshi san'at namoyandalarini Xirotga jalb etadilar. 1519 yili Xirotda Jomiyning «Oltin zanjir» dostoni xattot Mir Ali al Xusayn tomonidan ko`chirilgan. XVI asrning 50 yillarida o`sha paytlarda Ibroxim Mirzo saroyida ochilgan ustaxonada mashxadlik rassom tomonidan ishlangan.

XVI asrdan boshlab miniatyuralar kitob bilan boqlanmagan xolda aloxida-aloxida varaqlarga, «Murakka» maxsus albomlarga ishlana boshlandi.

XVI asrda qozi Axmad ibn Mir Munshiy al Xusayn tomonidan yozilgan «Guliston xunar» ya'ni xattot va rassomlar xaqida risola asari Eron rang tasviri tarixining juda qiziqarli manbaalaridan biridir.

XVII asr Eron rang tasvirida safaviylar poytaxtiga aylangan Isfoxon shaxri bilan boqliqdir. Miniatyuraning Isfoxon miniatyura maktabi maxalliy maktablarni o`zida birlashtirib shu davrning yangi badiiy qoyalarini ifodalab, rassomlarning insoniyat ichki dunyosini ifodalashga qiziqtira boshladi.

Manzara elementlari bilan to`ldirilgan portret janri rivojlandi. Miniatyurada yorqinlik va ko`p ranglilik yo`qola boshladi. Bunda Yevropa rang tasviriga xos nur va soya, Yevropacha kostyumdagi personajlar yuzaga keldi. Isfoxon maktabining asoschilari va yaratuvchilari Oqa Rizo va uning mashxur shogirdi va izdoshi Rizo Abbosiydir. XVII asrning ikkinchi yarmida rassom Aliquli Jabbor va italiyada ta'lim olgan Muxammad Zamon yetishib chiqdi. Rizo Abbosiy shox Abbos – I saroyida saroy rassomi edi. Rizo Abbosiy nafis chizgilari go`zal rang tasvir asarlarining moxirona ustasi bo`lgan. Individuallashtirilgan portretlarni yaratishga intilgan. Bu maqsadga yetish uchun rassom naturaga qarab ishlagan. Chunki uning gavdasi xarakatlarini, imo-ishoralarini va xolatlarini tasvirlarda xayotiy lavxalar va eskizlar saqlanib qolgan.

XVIII – XIX asrlar Eron miniatyurasida jannat va do`zaxni, Muxammad payqambarni, imomlarini tasvirlash va boshka shunga o`xshash daqal xunuk xarakterga ega bo`lgan but shaklidagi asarlar keng tarqalib ketadi. XIX asr va XX asr boshlarida rassom Kamol ul Mulki Eron rangtasvirini Yevropaning badiiy va texnik priyomlarini qo`llagan xolda islox qiladi. Miniatyura Eron san'atining shunchalik o`ziga xos va yorqin bir ko`rinishi ediki, uning an'analari va ta'siri xozirgi zamon Eron rassomlarining ijodida xam sezilib turadi.


Nazorat savollari

  1. Eron miniatyura san'ati va nodir qo`lyozmalarini yaratilishi.

  2. Eron miniatyura maktablari.

  3. Eron miniatyura maktablarida yangi uslublarni kiritilishi va miniatyurachi rassomlari.


Izoqli luqatlar

Illyustrasiya – kitob, jurnal va gazetalar uchun ishlangan rangli-rangsiz suratlar.



Kompozisiya – kompozisiya so`zi “Kompozito” so`zidan olingan bo`lib, to`qish, tuzish va qoqozga chiroyli joylashtirilishiga tushuniladi.

Kitoba – yozuvli bezak.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Sharq minatyurasi" Toshkent 1980 yil.

2. "Me'mor san'ati" Toshkent 1978 yil.


3. Sharq minatyura maktablari 1983 yil.

TURKIYA MINIATYURA SAN'ATI


Kichik Osiyo yarim orolida qadimdan xitlar (eramizdan avvalgi XIX asr Metanii, eramizdan avvalgi XIII asr Urartu, eramizdan avval XI-XII asrlar davlatlari bo`lgan, so`ng bu yerlar axmoniylar, salafkiylar, makedoniyalik Iskandar, Rim imperiyalariga qaragan. Bu xol turk xalqi madaniyatini san'atini o`ziga xos tarzda rivojlanishini belgilab beradi. XV asrda yashagan Ozarbayjon olimi Aburashid Bakuviy Turkiyaning qadimiy shaxslaridan Istambul tarixi xaqida quyidagilarni yozadi:

Kustantiniya shaxriga Siviarius ismli o`qli asos solgan. Bu Shobur Zulaktof zamoni (240-272 yillar) edi. Devori bir farsaxcha keladigan shox qal'asi, o`nta eshikli, oltin qubbali shox ibodatxonasi bor. Eshiklarining to`rttasi kumishdan. Ibodatxonada balandligi va eni to`rt gaz keladigan taxt o`rnatilgan. Taxt gavxar va yoqutlar bilan bezatilgan. Ibodatxona devorlari oltin va kumush bilan naqshlangan. Turkiyada saqlanib qolgan obidalar va tasviriy san'at asarlari qadimda bu yerda Yunon madaniyati ta'siri bo`lganligidan dalolat beradi.



Turkiyaning o`ziga xos san'at turlari.


Ma'lumki, turk xunarmandchilik buyumlari chiroyli badiiy bezaklari, naqshlari bilan Jaxon bozorida yuqori baxolanar edi. XV asrning o`ttizinchi yillarida kichik Osiyoda bo`lgan arab sayyoxi Ibn Batuta Jonye va Sivas shaxarlarida to`qilgan ajoyib turk gilamlarini ko`rib xayratga tushgan. Turli tuman gullar bilan bezatilgan ro`zqor buyumlari, idish va shamdonlar yasaganlar. Dunyoning ko`pgina muzeylarida saqlanayotgan bunday buyumlar o`sha davr turk xunarmandlarining yuksak san'atidan guvoxlik beradi.

Turkiya miniatyurasidagi uslublar va tasvirlari


Miniatyura san'ati ayniqsa Maxmed - 2 (1451-1481) zamonida juda xam taraqqiy etgan. U tuzdirgan fotix albomi «Yoki Istambul» albomlari bilan mashxur miniatyuralari ko`proq lirik mavzularga baqishlangan. Maxmed Sulton o`z saroyida ko`plab musavvir va xattotlarni to`plagan. Ularga xomiylik qilgan. Uning saroyida ishlovchi musavvirlar shuxrati xatto chet el xunarmandlarining xam e'tiborini tortadi. Italiyalik musavvirlardan Kostino da Ferar (1300-1475), Bertoldo Joanni (1420-1491) va Jentelli Bellini (1429-1509 yillar) uning saroyga tashrif buyurishadi. Sultonga ayniqsa Jenteli Belenii yoqib qoladi. Unga maktub yo`llab Belenini Istambulda bir oz turishi uchun ruxsat oladi. Sulton Beleniga o`z saroyini bezatiradi.

O`sha davr miniatyuralari o`zida O`rta Osiyo va Eron miniatyura maktablarining ba'zi san'atkorlik va shakl xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirilgan bo`lsa xam O`rta Osiyo miniatyuralaridagi kabi ranglarning nafis jilosi, murakkab geometrik naqshlardan foydalanish, nozik chiziqlar manodorligi kabi jixatlarni kam uchratamiz. Turk miniatyuralarida biz keskin chiziqlar, jiddiy mavzu, bir oz qo`polroq mo`yqalam xarakatlarini ko`ramiz. Turk miniatyuralariga yorqin bo`yoqdardan foydalanish ko`proq oltin va kumush ranglar ishlatish xosdir.

Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin» dostonida 15 ta miniatyura bor. Birinchi miniatyurada Xusrav ustozi Buzrug Umid bilan qasr oldidagi gilamda o`ltirgan tasviri atroflarida yaqinlari qolgan miniatyuralar Shopurning Xusravga Shirin tasvirni taqdim qilayotgani, Xusravning cho`milayotgan Shirinni kuzatayotgani, Xusrav va Shirinning chovgan o`yini, kuy tinglashayotganini tasvirlaydi. Personajlar kiyimi turkcha tasvir uslubi o`rta Osiyonikiga o`xshash.


Download 478,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish