O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Moliya fakulteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Jo’raqulova N.D. Mavzu: Lenovo kompaniyasi rivojlanish tarixi va sotuv hajmi
Kompaniyaga 1984-yil Xitoy Ilmiy Akademiyasi mablagʻlari yordami bilan xitoy olimlari tomonidan asos solingan. Boshida kompaniyaga New Technology Developer Incorporated (ikki yil oʻtgach — Legend) nomi berilgan va u asosan Xitoyga kompyuter tehnologiyalari etkazish va shuningdek ierogliflarga kodirovka yaratish bilan shugʻullangan. 2003-yil kompaniya nomini Lenovoga almashtirdi. 2004-yil dekabrda kompaniya IBM (AQSH kompaniyasi) ning kompyuter ishlab chiqarish boʻlimini sotib olish haqida eʼlon qildi.
Lenovo kompaniyasi asosiy aksiyadorlari — Xitoy ilmiy akademiyasi Legend Holding Ltd (42 %), IBM (AQSH kompaniyasi) (8,82 %), amerika toʻgʻri investisiyalar fondlari Texas Pacific Group,General Atlantic LLC va Newbridge Capital LLC (10,1 %). 2007-yil 25-may oyida kompaniya bozor kapitalizatsiyasi — $4,08 mlrdni tashkil etdi. Kompaniya direktorlar kengashi raisi — Yan Yuan'sin.
Kompaniya shaxsiy, choʻntak kompyuterlari, serverlar, monitorlar, videoproektorlar va boshqa koʻpgina qurilmalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Kompaniya mahsulotlari asosan — Think Centre va ThinkPad savdo belgilari ostida ishlab chiqariladi. Gartner analitik kompaniyasi hisobiga koʻra 2007-yilning birinchi kvartalida Lenovo kompaniyasi 3,9 mln dona kompyuter sotgan. Kompaniya umumiy ishchilari soni — 19,5 ming kishini tashkil etadi. 2007-yil 31 mart moliyaviy yilda kompaniya daromadi — $14,6 mlrd (oʻsish oʻtgan yilga nisbatan 10 %), sof foyda — $161 mln(oʻsish 640 %)ni tashkil etdi.
IDC kompaniyasi 2016 yil jahon kompyuter bozoridagi holat bo‘yicha har yilgi tahlilni e’lon qildi. IDC tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Lenovo kompaniyasi kompyuter ishlab chiqaruvchilari orasida peshqadamlaik qilgan.
Lenovo 2013 yildan boshlab jahon kompyuter bozoriga desktop, noutbuk yetkazib berishda yaqqol yetakchilik qiladi. So‘nggi 12 yildan buyon Lenovo personal kompyuterlar bozorining kuchli beshligidan o‘rin egallab keladi.
2003 yilda jahon kompyuter bozori yetakchilaridan biriga aylangan Lenovo kompaniyasi 2013 yilga kelib dunyo bo‘yicha sotilgan shaxsiy kompyuterlarning 16,9%ini ishlab chiqargan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 19,2%ga, 2015 yilda 20,7%ga, 2016 yil yakunlariga ko‘ra esa 21,3%ga yetgan.
G‘arbiy Yevropada 2021 yilning ikkinchi choragida kompyuterlar sotuvi 15 million donaga yetdi, ularning 4.1 million Lenovo qurilmalari bo‘lib, bozor ulushining 27 foizini tashkil qiladi. HP 3,7 million dona kompyuter sotib, 24 foizlik ulush bilan ikkinchi, Dell 14 foiz, Acer 10 foiz, Apple 9 foiz bozor ulushini tashkil qildi.
Lenovo sifatli mahsulotlar ishlab chiqargani bois Xitoyda juda tez rivojlandi. Kompaniyaning umumiy qiymati 45 mlrd dollarni tashkil qiladi. hamma joyda muhandislik ishlanmalari iste'molchilarning ehtiyojlarini qondiradi. Kompaniya mahsulotining 60% dan ortig'i AQSh, Hindiston, Meksika va Yevropa mamlakatlaridagi o'z zavodlarida amalga oshiriladi.
Kompaniya mahsulotlarining raqobatchilarga nisbatan qanday afzalliklarini qayd etish mumkin?
Bu, birinchi navbatda, zamonaviy qurilmalarni yaratishda innovatsion yechimlarni joriy etish va yetarlicha o‘ylangan narx siyosatidir. Ushbu ikki komponent tufayli kompaniya mahsulotlari yuqori talabga ega.
E’tiboringiz uchun Rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |