13
rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Biroq, shuni
ham alohida ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hozirgi
axborot
kommunikatsion tuzilmalar darajasi dunyo bo’yicha o’rtacha qiymatdan ancha
pastdir. Bu esa pirovard natijada, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining
aksariyat
qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojlarni to’liq qondira
olmasligiga olib keladi. Agarda biz bir misol sifatida ushbu mamlakatlardagi keng
polosali maishiy aloqa tarmog’ni ko’rib chiqsak, uning xonadonlarga kirib
borishining o’rtacha darajasi hududlar miqyosida 10-34%
gina ekanligini
ko’rishimiz mumkin. Bu jahon miqyosidagi o’rtacha 41,1% dan ham kamdir.
Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 79% aholisi foydalanayotgan keng
polosali aloqa tezligi 10 Megabayt/sekunddan ham pastroq tezlikka egadir.
O’zbekiston Respublikasida keng polosali tarmoq imkoniyatlarini
kuchaytirish
uchun boshqa davlatlar tajribasidan foydalangan xolda infratuzilmalarni
rivojlantirish orqali erishish mumkin. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlari
ko’pincha investitsiyalarni to’liq qoplay olmaslikka hamda raqamli infratuzulmada
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan investitsion muammolarga duch keladilar.
Bu kabi
muammolarni yechishda barcha ishtirokchilarning sa’yi-harakatlari birdek talab
qilinadi. Shu sabab, mazkur mamlakatlar hukumatlari raqamli
iqtisodiyot rivojini
qo‘llab-quvvatlash uchun soliqlar va
IT
sohasidagi qobiliyatlarni, shularga tegishli
fondlarni rivojlantirish yo‘lida samarali siyosat ishlab chiqishi va o‘zlarining
siyosiy qobiliyatlarini ishga solishda ijodiy yondashishi maqsadga muvofiq bo’lgan
bo’lar edi. Shundagina hukumatlar raqamli information-kommunikatsion
texnologiyalarini barcha sohalarga tatbiq etuvchi mustahkam muhitni yaratgan
holda aloqa operatorlariga investitsiyalar bilan bog‘liq
havf va muammolarni
bartaraf etishda yordam bera olishlari mumkin. Misol uchun, Mongoliyalik
operatorlar davlat hukumati tomonidan qo‘llanilgan maqbul siyosat tufayli,
WTTX
texnologiyasiga ega 80 000 ta intellektual o‘tovlarni barpo etishga erishdilar.
Shunga o‘xshash aqlli o‘tovlar chekka hududlardagi cho‘ponlarga shahar sharoitiga
o‘xshash keng tarmoqli aloqa xizmatlaridan foydalanishga yordam beradi.
Bu esa
cho‘ponlarga bozor haqidagi ma’lumotlarni juda oson qo‘lga kiritishda, masofaviy
14
o‘qitish kurslarida ishtirok etishda imkon beradi hamda Internet orqali oila a’zolari
va do‘stlari bilan suhbatlashishda yanada qulay «raqamli» muhitni ta’minlaydi.
Raqamli AKT masalalari ta’minotchi sisifatida yaxshi tanilgan
Do'stlaringiz bilan baham: