O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasining


-bob. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilish va uni majburiy hisobga qo‘yish



Download 44 Kb.
bet6/13
Sana03.01.2022
Hajmi44 Kb.
#314262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mulk ijarasi

4-bob. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilish va uni majburiy hisobga qo‘yish

14. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin bekor bo‘ladi.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi sud tartibida bekor bo‘lganda, ijaraga beruvchi sud qarorini davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi lozim.

Taraflarning kelishuviga binoan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish uchun taqdim etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Taraflarning kelishuviga binoan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo‘lganda ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan ixtiyoriy shaklda tuziladi.

(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)

15. Ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish uchun o‘zining shaxsiy kabineti orqali mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnomani elektron tarzda yuboradi. Bunda so‘rovnomaga ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuv biriktiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

16. Ijaraga beruvchi yoki uning vakilining xohishiga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovnoma ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan davlat soliq xizmati organiga qog‘oz shaklida taqdim etilishi mumkin.

(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)

17. Davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining shaxsiy kabinet orqali elektron tarzda yuborilganda real vaqt rejimida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda o‘sha vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Bunda, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvni hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq QR-kodi mavjud bildirishnoma davlat soliq xizmati organlari tomonidan ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.

(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)

Bildirishnomaning haqiqiyligi QR-kodni maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rish bilan aniqlanadi. Bildirishnomaning QR-kodi tekshirilganda hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi kelishuvning elektron shakliga XML formatida havola qilinadi.

18. Davlat soliq xizmati organi so‘rovnomaga asosan ko‘chmas mulk ijara shartnomasining bekor qilinganligi to‘g‘risida o‘zining axborot tizimiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.


Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish