3-bob. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
9. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti (bundan buyon shaxsiy kabinet deb yuritiladi) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, ijaraga beruvchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq so‘rovnoma to‘ldiriladi va unga ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hamda ijaraga beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi biriktiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ijaraga beruvchi yoki uning vakilining xohishiga ko‘ra ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining doimiy yashash manzili yoki ko‘chmas mulk joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga shaxsan qog‘oz shaklida taqdim etilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
11. Davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish ijaraga beruvchining shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda amalga oshirilganda real vaqt rejimida, qog‘oz shaklida taqdim etilganda o‘sha vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi haqida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq QR-kodi mavjud bildirishnoma ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Bildirishnomaning haqiqiyligi QR-kodni maxsus mobil ilova orqali tekshirib ko‘rish bilan aniqlanadi. Bildirishnomaning QR-kodi tekshirilganda hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasining elektron shakliga XML formatida havola qilinadi.
12. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmaganda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yish rad etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yilgandan so‘ng, o‘sha vaqtning o‘zida joriy yil uchun hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomasi ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki ijaraga beruvchiga yoxud uning vakiliga taqdim etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 16-iyuldagi 2019-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3077-1, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 10/19/3077-1/3477-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |