Mulkchilik shakllari xilma-xil bo’lgani maqulmi yoki aksincha bo’lganimi?
Mavjud tarixiy taraqqiyot davrining mazmunini birinchi navbatda, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishning qanday shakllarda bo’lishi belgilaydi. Jamiyatning har tomonlama taraqqiy topishi, aholi farovonligining ta’minlanishi mulk shakllarining xilma-xil bo’lishini taqozo etadi, bunda mulk tizimida biron-bir mulk shaklining yakkahokimligiga yo’l qo’yilmaganligi ma’quldir. Shu bilan birga xilma-xil mulk shakllari o’rtasida huquqiy-iqtisodiy tenglik vujudga keltirilishi kerak. Buning uchun esa davlatga qarashli mulkni uning tasarrufidan chiqarish, uning katta qismini boshqa mulk shakllariga aylantirish uchun shart-sharoitlar yaratish lozim. Ana shu maqsadda O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqida qonun qabul qilindi. Bu qonunning amalga oshirilishi jarayonida turli mulk-chilik va aralash iqtisodiyot tarkib topishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |