Menejmentlik va marketing kabilar ham ma’lum ma’noda ishlab chiqarishning omili sifatida maydonga chikmokda. SHuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mamlakatimizda bu ilmlarni egallashga katta ehtibor berilmoqda, iqtisod fanining muhim bo’g’inlari sifatida va bozor iqtisodiyoti tizimida alohida kasb — fan tariqasida shakllantirilmoqda.Mulkdorlar sinfi shakllanganligi sharoitida ishlab chiqarish subhektlarining ana shu bilimlarni egallashi obhektiv zaruratga aylanishi darkor.
Bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik omilining ahamiyati.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti unsurlaridan biri bo’lib biznesning alohida shakli. Bozor iqtisodiyotiga o’tish odatdagi faoliyatni kuchaytirish, o’zidagi imkoniyat, mol-mulk, sarmoya va intellektual salohiyatni tula-to’qis ishga solish orqali yaxshi daromad olish,yaxshi yashash uchun harakat demakdir. Keng ma’noda biznes turli yo’llar va vositalar bilan, mamlakatda amal qilayotgan qonun va tadbirlar doirasida bir ish turi bilan shug’ullanib pul topish, daromadlarni orttirishdir. Biroq, tadbirkorlik har qanday yo’l bilan pul topish emas, balki boylikni, pulni yaratuvchilik faoliyati orqali, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ijodkorlik ishi bilan shug’ullanish orqali topishdir. Tadbirkorlikka tijorat va iqtisodiy faoliyat qilishda vositachilik «dallollik» (brokerlik, dilerlik, kreditorlik) faoliyatlari ham kiradi. Zero, tijoratchi zaxmat chekib o’zoq yurtlardan tovar olib keladi, mahalliy bozorlarni tuyintirishga xizmat qiladi. U bu faoliyati uchun ma’lum sarmoya avanslaydi va foyda topish maqsadida yugurib oladi. Tijoratchilar keltirilgan tovarlar harajatlari ustiga o’rtacha foyda qo’yib sotish orqali tijoratchilik daromadi oladi, tijorat fojeaini o’zlashtiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov uqtiradiki, o’rta va kichik tadbirkorlik (ishlab chiqarish) iqtisodiy tanglikdan olib chiqishning, yuksak rivojla-nishga chiqib olishning asosiy iqtisodiy vositasi — taraqqiyot lokomotividir'.
Xo’sh ishlab chiqarishning bu omili subhektlari kimlar bo’lishi mumkin? Bular yakka va birlashib faoliyat qiluvchilardir. Demak, tadbirkorlarning bu sinfini shakllantirish uchun subhektlar mamlakatimizda etarlidir.
Tadbirkorlik faoliyati ishlab chiqarishning eng ommaviy omili bo’la oladimi? Bu savolga ijobiy javob berish mumkin. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti talabni to’laroq qondirishni taqozo etadi. SHunday ekan, jamiyatimizning har bir ongli fuqarosi o’z iste’molini to’laroq qondirishga tadbirkorlik qilishi kerak. Iqtisodiyot ilmida buni iste’molchilik tadbirkorligi deb ataladi. Iste’molchi (xaridor) o’z daromadini shunday taqsimlashi kerakki, oqibatida uning eng zarur talablari qondirilsin. Agar har bir tadbirkorni ham iste’molchi ekaninin e’tirof etsak, aytish mumkinki, respublikamiz bunday omilni ishga solish orqali o’zining buyuk kelajagini yaratishiga shubha qolmaydi.
Tadbirkorlik — yaratuvchilik bo’lib, biznesni rivojlantirishga qaratilgan alohida faoliyat turidir. Bu faoliyat «O’zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati to’g’risida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunda ko’rsatiladiki, «Tadbirkorlik mulkchilik subhektlarining fonda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir».
Ishlab chiqarishning bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida shakli bo’lgan Tadbirkorlik ma’lum shartlarga asoslanadi. «Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi» darsligida quyidagi shartlar sanab o’tiladi:
1) Mulk egasi bo’lish yoki ishlab chiqarishning biron-bir omiliga ega bo’lish;
2) iqtisodiy faoliyatda erkin bo’lish, hamkorlar bilan teng huquqlarga asoslanish; 3) Mashuliyatni o’z zimmasiga olish; tavakkalchilik qilish, kerak bo’lsa, hatto xatarli ishga qo’l urish,
4) Foyda olishga intilish;
5) Tijorat sirini saqlash;
6) Raqobatda faol bo’lish;
7) Tadbirkorlik ishi obro’ ehtibor qozonish, boshqalar ishonchini qozonish,kabilar.
Hozirgi zamon tadbirkorlari uchun eng muhim xislat doimo yangilikka intilish, birinchilardan bo’lish,barcha resurslardan oqilona foydalanish, o’zi va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishdir.
Tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning eng zarur va zamonaviy omili ekanligidan kelib chiqib Prezident I. A. Karimov mamlakatimizda tadbirkorlar sinfini, xususan o’rta tadbirkorlar sinfini shakllantirish vazifasini qo’ydi.
Ishlab chiqarish natijasining ishlab chiqarish omilidan foydalanishga bog’liqligi. Biz yuqorida ishlab chiqarish omillarning ko’pligi va ularning ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasida yana ham ko’payib borayotgani xususida so’z yuritdik. Albatta, hamma omillar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotda gavdalanadi,ularning har biri o’z ulushi yoki o’rniga ega bo’ladi. Agar biz bir omil biron-bir mahsulot ishlab chiqarishga ishlatiladi deb faraz qilsak, bog’liqdikni kuyidagicha tahriflashimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |