O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


Iqtisodiy va valyuta ittifoqi



Download 1,9 Mb.
bet215/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Iqtisodiy va valyuta ittifoqi davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli xisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.

Halqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob’ektiv harakterdagi bir qator omillar taqozo qilinadiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi:



  • xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi;

  • halqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

  • umumjaxon fan- texnika revolyutsiyasi;

  • milliy iqtisodiyot ochiqligini kuchayishi.

Halqaro iqtisodiy tashkilotlarga halqaro valyuta fondi va Jaxon Banki, (uning tarkibiy qismlari: halqaro Rivojlanish va Tiklanish Banki, halqaro Moliyaviy Korporatsiya, halqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasi, Investitsiyalarni Kafolatlash halqaro Assotsiatsiyasi) kiradi.

O’zbekiston ning milliy iqtisodiyotini shakllanishida bozor asosiy yo’nalish xisoblanadi. Uni shakllantirish va rivojlantirishda tashki iqtisodiy aloqalarni o’rni katta.

Xozirgi sharoitda O’zbekistonning jaxon mehnat taqsimotida ma’lum bir darajaga erishishda eksportni kuchaytirish ahamiyatlidir. Mamlakatimizning bu boradagi dastlabki harakatlari yaxshi natijalar bermoqda, tashqi savdo oborodi yildan yilga ko’paymoqda.

Respublikamizning jaxon bozoridagi bevosita muxim vazifasi iqtisodiyotimiz mustaqilligini uning normal xoldagi harakatini ta’minlash uchun zarur tovarlar sotib olishdan iboratdir. Bunda ilmiy texnik ishlanmalar, mashina va jixozlar asosiy ahamiyat kasb etishi kerak. Lekin umuman jaxon bozorida qatnashish muvozanatini ta’minlash maqsadida eksportning ham sezilarli darajada bo’lishi juda ahamiyatlidir. Bu iqtisodiyotimiz kuchi imkoniyatlaridan darak beradi.

Jaxon mehnat taqsimotida o’rin egallash muammosiga kelsak, uning xozirgi bevosita vazifasi eksportni kuchaytirish buning uchun doimiy ravishda chet mamlakatlarda mijozlarni ko’paytirishdir.

Jaxon bozoriga chiqish nodoimiy eksport usulidan boshlanadi, ya’ni sotiladigan tovarga haridor topilishiga qarab ish tutiladi. Eksport qilish iqtisodiyotimiz qanday imkoniyatlarga ega bo’lsa, shunday foydalanish va iqtisodiyotimiz ajrata olish mumkin bo’lgan tovarlar sotishdir. Bunday usuldagi harakat kelajakda murakkablashgan usullarni, ya’ni qo’shma tadbirkorlik va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash usullarini qo’llash imkoniyatlarini yaratadi. Xozirgi davrda faol eksportni qo’llashga o’tish bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish dolzarb vazifadir. Buning uchun agentliklar ochish bevosita boshqa mamlakatlardagi biz bilan iqtisodiy aloqada bo’luvchi firmalarni topish bu soxadagi birlamchi vazifalardir. SHuningdek mamlakatimizda chet mamlakatlar iqtisodiy aloqalar vakolatlari va vakolatxonalarining ochilishiga sharoit yaratilib, ularni kengaytirish ham bu soxadagi muxim tadbirlardir.

Tovarlarga kelganda avvalo iqtisodiyotimizning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Avvalo bu paxta tolasi balan bog’liq qishloq xo’jalik maxsulotidir. Paxta tolasi jaxon bozorida o’z o’rnini topayotgan bo’lsa ham meva sabzavot va polizchilik maxsulotlarini jaxon bozoriga chiqarish soxasida imkoniyatlar mavjud. Sanoat maxsulotlari ichida ham shundaylari bor. Buning ustiga juda tez bunyod etilayotgan yangi korxonalar ham eksport imkoniyatlarini kengaytiradi. Magnito-elektron tovarlari avtomabil, ba’zi uy ro’zg’or texnikasi buyumlari kabilar bunga misol bo’la oladi. Bular eksportni kuchaytirib, boshqa usullar uchun yul ochib beradi va O’zbekistoning kelajakda jaxon mehnat taqsimotida o’zining mustaqil va mustaxkam o’rnini egallashi uchun asos bo’ladi.

Mamlakatimizda katta miqdorda turli yer osti boyliklari serxosil yerlarimiz bor, xalqimiz mehnatkash uning umumiy intelektual madaniy darajasi past emas. SHuning uchun ham iqtisodiyotni bozor asosida rivojlantirish, jaxon bozorida faol qatnashib, mehnat taqsimotida o’zimizga yarasha urin egallashimiz imkoniyatlari mavjud.

Jaxon mehnat taqsimotida ishtirok etish katta strukturaviy o’zgarishilarni talab etadi. CHunki mavjud ishlab chiqarish strukturasi chetga xom-ashyo chiqarish va ko’pchilik tayyor maxsulotlarni, texnikaviy va mashinasozlik tovarlarini chetdan olib kelishga moslashgan va bu Respublika manfaatlariga mos kelmaydi. SHuning uchun ham jaxon bozori talabi darajasida bo’lish uchun ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirish uning avvalo texnik va texnologik darajasini keskin ko’tarish, strukturaviy xolatini halqaro mehnat taqsimoti talabi asosida qayta qurish talab etiladi. Bu jaxon miqiyosida ma’lum o’rin egallash, iqtisodiyotni rivoj topgan darajaga ko’tarish va jaxon raqobat kurashida bellashish mumkin bo’ladigan darajaga yetkazishni talab qiladi.

Jaxon mehnat taqsimotiga qo’shilish ayni vaqtda dunyodagi taraqqiyotdan baxramand bo’lib borish yangi texnika va texnologiyani kirib kelishidir. Bu avvalo ishlab chiqarishning rivojlanishini tezlashuvini ta’minlash natijada doimo ilgarilab borish demakdir. O’zbekistonning kelajagi porloqligining mazmuni ham shuni anglatadi.

Umumlashtirib aytganda, jaxon ho’jaligidagi davlatlar iqtisodiyotini baynalminallashuvi ularning iqtisodiy aloqalarini tartibga soluvchi mexanizmni shakllanishini talab etadi. Bu mexanizm o’z navbatida to’xtovsiz takomillashib boradi.

1991 yil 1 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi milliy iqtisodiyotimizni yaratish yo’lida yangi bosqichni boshlab berdi. Bir tomondan, eski tuzumdan meros bo’lib qolgan rejali iqtisodiyotni tubdan islox qilish va bozor iqtisodiyotiga o’tish boshlandi. Ikkinchi tomondan, asosan hom ashyo yetkazib berishga moslashgan, zaif va qoloq iqtisodiyotni o’rniga halqaro mehnat taqsimotiga keng tortilgan, jahon bozorida raqobatga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati kuchli bo’lgan milliy Iqtisodiyotni yaratish uchun chuqur tarkibiy o’zgarishlar o’tkazish zarurati tug’ildi. Milliy iqtisodiyotning o’zi nima aslida va O’zbekistonda butunlay yangicha ko’rinishdagi milliy iqtisodiyotni yaratish zarurati qanday sabablarga bog’liq edi?



Milliy iqtisodiyot — bu ma’lum bir turdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, davlatning va jamiyatning moddiy extiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan milliy xo’jalikdir. Milliy iqtisodiyotni Yer yuzida bir necha yuz hil turi mavjud bo’lib, ularning ichida yapon, nemis, shved, turk, xitoy kabi modellari butun dunyoga mashxur. 1991 yil 1 sentyabrigacha bo’lgan O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini harakterlaydigan bo’lsak, u asosan xom ashyo yetishtirishga ixtisoslashgan, texnologik bazasi juda zaif, halqaro Mehnat taqsimotga tortilmagan va markaz respublikalari iqtisodiyotiga qaram xolatida edi. Eng muximi, respublikamiz juda boy xom ashyo bazasiga ega bo’la turib, ularni qayta ishlay olmas va o’z extiyojini import mahsulotlar evaziga qondirishga majbur edi. SHu ma’noda O’zbekiston milliy iqtisodiyotini yaratish uning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash orqali o’zining extiyojlarini maksimal darajada qondirishi uchun zarurdir. Bu borada qilinishi kerak bo’lgan ishlarni Respublika Prezidenti I. A. Karimov «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» nomli asarida tamomila yangi xalq xo’jaligi kompleksini yaratish bilan bog’liq vazifalar deb quyidagilarni ko’rsatdi:

  • boshqa mamlakatlardan xom ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari keltirishni qisqartirish, ana shunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish;

  • xalq iste’moli mollarining hayotiy muxim turlariga aholining va xo’jaligning extiyojlarini o’zimizda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali qondirish;

  • iqtisodiyotning mutanosib va barqaror ishlashini ta’minlash;

  • Iqtisodiyotning xom ashyo yetishtirishga qaratilgai bir tomonlama yo’nalishini bartaraf etish, pirovard, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish;

  • respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, valyuta zaxiralarini mustaxkamlash;

  • tarmoqdar ichidagi va hududiy mutanosiblikni bartaraf etish,

  • respublika xududida ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirish va ohilona foydalanish;

  • Mehnat resurslarining ohilona band bo’lishini ta’minlash, milliy xususiyatlarimizga mos keladigan ishlab chiqarish sohalarini barpo etish.

Milliy iqtisodiyotniig miqdoriy ko’rsatkichlarini jami ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad kabi ko’rsatkichlarda ifodalanadi, Butun ishlab chiqarishniig bir yil ichidagi natijasi, ya’ni yaratilgan mahsulotlar yig’indisi jami ijtimoiy mahsulot deb ataladi. U moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan barcha xodimlarning mehnat mahsulidir. SHakliga ko’ra u iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalaridan iborat. Milliy iqtisodiyotning yana bir miqdoriy ko’rsatgichi yalpi milliy mahsulotdir. U milliy iqtisodiyotning bir yil mobaynidagi ishlab chiqarish faoliyatini to’laligicha ifodalaydi. Yalpi milliy mahsulot nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohasining, balki noishlab chiqarish sohasi, maishiy xizmatlarning ham ish natijasidir. Sof mahsulot ko’rsatgichi yalpi milliy mahsulotning bir qismi bo’lib, u milliy iqtisodiyotda ma’lum bir vaqt mobaynida butunlay, yangitdan yaratilgan mahsulotdir. U sarf qilingan jonli mahsulotning moddiylashgan ifodasi yoki yangitdan yaratilgan mahsulot. Milliy iqtisodiyotning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida milliy daromad ko’rsatgichi e’tibor ga loyiqdir. Milliy daromad milliy iqtisodiyot boyligini batafsil tavsiflovchi iqtisodiy o’lchovdir. Milliy daromadni yaratilgan sof mahsulotlarning pul yoki qiymat ko’rinishidagi ifodasi deb aytish mumkin. Milliy daromad ko’rsatgichini yanada kengaytirib sharxlasak, uning mamlakatlardagi aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori juda muximdir. Dunyo mamlakatlarida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy daromad rivojlangan mamlakatlarda eng yuqori bo’lib, u 20 AQSH dollaridan 37 ming AQSH dollarigacha to’g’ri keladi. Yangi industrial mamlakatlar va rivojlanayotgan davlatlarda bu ko’rsatgich G’arb davlatlariga nisbatan ancha past. Milliy iqtisodiyotning sifat ko’rsatgichlari ancha murakkab tushuncha bo’lib, ular mehnat unumdorligi, eksport va mamlakat tashqi savdo almashuvining valyuta samaradorligi, tarmoq va korxonalar mahsulotining raqobatbardoshligini ifodalaydi.

Asosiy o’lchov bo’lib esa, mamlakatda ishlab chiqarilgan eksport mahsulotlari evaziga qancha miqdordagi importni sotib olish imkoniyati hisoblanadi.

Mehnat unumdorligi ishchi ma’lum bir vaqt mobaynida qancha miqdordagi tovarlarni ishlab chiqara olishi imkoniyatini bildirib, uning yuqori va past bo’lishi ishchi kuchining malakasi ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq. Eksportning valyuta samaradorligi eksportdan tushadigan sov valyuta tushumini, uni ishlab chiqarish va tashish uchun ketgan transport harajatlarini ifodalaydi. Mamlakat tashqi savdo almashuvining valyuta samaradorligi bir mahsulotni ishlab chiqarish va uni tashish harajatlarini hamda uni chetdan sotib olish va tashib keltirish harajatlari o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Tarmoq va korxonalar mahsulotini raqobatbardoshliligi uni ishlab chiqarish sarf-harajatlari, o’xshash tovarlarga nisbatan iste’mol afzalliklarini farqini ko’rsatib beradi.

Milliy iqtisodiyotning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi sharoitida eng dolzarb muammolardan biri bo’lib, uning yechimi mamlakat milliy boyligidan samarali foydalanish evaziga ichki extiyojlarni to’liq qondirishga erishishn anglatadi. Iqtisodiy mustaqillik iqtisodiy xavfsizlik nuqtai-nazaridan turib qaraganda katta ahamiyat kasb etib, energetika, transport, metallurgiya, oziq ovqat, meditsina, mashinasozlik majmualari birinchi darajali ahamiyatga ega hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashga o’zining xalqaro miqiyosdagi manfaatlar himoyasidan tashqari ayrim holatlarda transport izolyatsiyasiga (qurshoviga) tushib qolish xavfi qam ta’sir etmoqda.

Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi uning tarkibidan tarmoqlar hilma-hilligini anglatib u mamlakatning texnologik taraqqiyot darajasiga, iqlimi va xududidagi tabiiy boyliklar turiga bog’liq bo’ladi. Texnologiya taraqqiyot milliy iqtisodiyot tarmoqlarini ko’paytirib, xalqaro mehnat taqsimotga keng tortilishiga, uning to’latqonli a’zosiga aylanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Odatda texnologik taraqqiyotga erishgan mamlakatlarda milliy iqtisodiyot tarkibi hilma hil bo’ladi va u sanoat ishlab chiqarishning ko’plab sohalarini qamrab oladi.

Mamlakat iqlimining milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta’siri shunda namoyon bo’ladiki, aynan iqlim sharoiti ayrim turdagi mehnat va ishlab chiqarish faoliyati uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratib beradi. Masalan, Xindiston va SHri Lanka o’z choyi. Xindixitoy yarim oroli davlatlari guruch yetishtirish. Braziliya kofe, Turkiya turizm, O’zbekiston esa o’zining paxtasi bilan olamga mashxur. Tabiiy boyliklar milliy iqtisodiyot tarkibini biron-bir ishlab chiqarish usuliga ixtisoslashuvida katta ahamiyatga ega. Agarda tabiiy boylik mamlakat xududida juda katta miqdorda bo’lsa, u mamlakatning asosiy ishlab chiqarish tarmoqlariga va milliy daromadiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan Fors ko’rfazidagi Arab mamlakatlaridagi neft zaxirasi ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri va milliy daromad manbai hisoblanadi.

Iqtisodiy islohotlar — iqtisodiyotni vujudga kelishi va rivojlanish vositasi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish iqtisodiyotni davlat tomonidan bshqarishning muxim vositasi bo’lib uning asosiy maqsadi makroiqtisodiy barqarorlikny, iqtisodiy o’sishni ta’minlash hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar ayni yo’nalishda o’tkaziladi va vaqt nuqtai-nazaridan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar ham iqtisodiy qarizisni bartaraf etish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan tashqari milliy Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi-poydevorini yaratish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish uchun qaratilgandir.

Iqtisodiy islohotlarni o’tkazishda asosiy e’tibor pul-kredit siyosatiga qaratiladi. CHunki kapital mablag’larining taqsimlanish yo’nalishlari moddiy resurslardan foydalanishning vazifalarini oydinlashtiradi. Ushbu masalaga O’zbekiston Respublikasi misolida yondashsak, mamlakatimiz valyuta fondining 70% kapital qurilishlarga, 15% iste’mol bozorini o’ta taqchil tovarlar bilan to’ldirishga sarflanmoqa. qolgan 15% esa zaxira sifatida saqlanmovda. Respublika iqtisodiyotini davomiy asosida isloh qilishda asosiy tarkibiy o’zgarishlar uning moliyaviy va ishlab chiqarish sektorlarida o’tkazilmoqda. Davlat organlarining kredit siyosati respublika iqtisodiyotining bazaviy va ustuvor sohalarini rivojlantirishga yo’naltirildi. Bo’lar energetika kompleksi, oltin qazib olish, xomashyoni qayta ishlash, uy-joy qurilishi, eksportga yo’naltirilgan tarmoqlar va suv xo’jaligidir (melioratsiya). Bu siyosat islohotlarning birinchi bosqichida O’zbekiston iqtisodiyoti uchun o’ta muxim tarmoqlarni tarkibiy qayta qurish zarurati bilan bog’liq edi. SHunday qilib, davlatning kredit siyosati nafaqat inflyatsiyani ushlab turish va moliya munosabatlarini bozor tamoyillariga emas, O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydigan, milliy iqtisodiyotimiz uchun birinchi darajali ob’ektlarni yaratish va qo’llab quvvatlashga qaratilgan edi. O’zbekiston xukumatining kredit siyosatida investitsiyalarning ahamiyati katta bo’lib, byudjet mablag’lari, bank kreditlaridan tashqari xorijiy investitsiyalar hisobiga ham ko’paytirilmovda. Xorijiy investitsiyalar yordamida chetdan texnologiya, texnika asbob-uskunalar sotib olinishi iqtisodiyot tarkibida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirishga, ishlab chiqarishni esa sifat jixatdan yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qilmoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy islohotlarni o’tkazishda davlatning yetaqchilik roli juda beqiyos bo’lib, u islohotlar uchun zarur siyosiy-huquqiy asosni yaratish, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishning vazifalari va bosqichlarini aniqlashda aktiv ishtirokini ko’zda to’tadi.

O’zbekistonda o’tkazilgan iqtisodiy islohotlarning natijasi sifatida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan «Ximiyaviy tola shlab chiqarish birlashmasi, «O’zDEUAvto» qo’shma korxonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo’qon, Andijon, Yangiyo’l biokimyo zavodlari, Qizilqum fosfor, Xorazm shakar zavodi, Kvars ishlab chiqarish birlashmalari, Samkochavto, «Kobultekstil» kabi korxonalarni keltirish mumkin.

O’zbekiston Respublikasining deyarli o’n yillik tajribasi shuni ko’rsatadiki, milliy iqtisodiyotimizning isloh qilishda ayrim Yangi o’zgarishlar kiritish, ya’ni tarkibiy qayta qurishni tezlashtirish bilan birga unga yangicha mahno berishni talab qiladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirishda bozorning uchta muxim segmenti erkinlashtiriladi: tovarlar va xizmatlarda erkinlashtirishni ichki islohotlarga nisbatan olsak unda tadbirkorlarga qulay imkoniyatlar yaratib berish, kichik va o’rta biznesning xissasini ko’paytirish, korxonalarning eksport faoliyatini rag’batlantirish tushuniladi deb aytish mumkin. Islohotlarning bugungi kundagi bosqichida O’zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirishda mulkni xususiylashtirish, yalpi milliy mahsulot tarkibida kichik biznes xissasini 2007 yilda 45% ga qolaversa, 2010 yilgacha 50-52 %ga yetkazish, eksport solivdarini kamaytirish va korxonalarning chetga mahsulot sotishini rag’batlantirish, shu jumladan kichik korxonalarning mahsulotlarini ham, xorijiy to’g’ri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish asosiy vazifalar sifatida aniqlab olingan. Iqtisodiy islohotlarni amaldagi qonunchilikni zamon talabiga mos keladigan qilib takomillashtirish juda muxim 2000 yili Oliy Majlis tomonidan «Auditorlik faoliyati» to’g’risida, «Tashqi iqtisodiy faoliyat» to’g’risida yanri taxrirdan chivdan qonunlarning qabul qilinishi bu borada qo’yilgan dastlabki qadamlardandir. Islohotlarni chuqurlashtirishda iqtisodiyot tarkibida qayta qurishlarni amalga oshirish juda muxim. Bu borada xorijiy sarmoyalarni yangi, respublikamiz uchun istiqbolli bo’lgan, xom-ashyoni qayta ishlash va importning o’rnini bosuvchi sohalarga jadal kirib kelishini ta’minlash eng ustivor vazifalardan biridir. Ichki bozorimizdagi tovar zaxiralarining 80 foizi o’z iqtisodiyotimiz mahsuli bo’lib qolganligini ana shu islohotlar samarasidir. O’zbekiston milliy iqtisodiyotining umumjahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvining zarurati va ahamiyati.



Milliy iqtisodiyotni umumjaqon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi asosan uning halqaro savdodagi ishtiroki, halqaro kapital integratsiyadagi ishtiroki va milliy valyutani chet el valyutasiga almashuvini yo’lga quyish orqali tahminlanadi. Aktsiyaga asoslangan milliy ishlab chiqarish modeli o’zining ahamiyatini yo’qotib, milliy xo’jalnklarni bir-biriga yaqinlashuvi, gohida esa qo’shilib ketish yuz bermoqda. Halqaro Mehnat taqsimoti esa milliy chegaralardan chetga chiqib, global tus olmoqda. Vujudga kelgan ushbu sharoitda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi uning dunyo yalpi milliy mahsulotini yaratish va taqsimlashda, global tadbirkorlikda o’z o’rniga ega bo’lishini talab etadi. Milliy iqtisodiyot uchun tashqi iqtisodiy aloqalarning qo’shimcha foyda normasini ko’paytirish, tashqi raqobat evaziga fan-texnika progressini ta’minlash, halqaro savdo almashuvi evaziga makroiqisodii barqarorlikni ta’minlashda namoyon bo’ladi. Ichki bozorning iste’mol quvvati cheklangan bo’lganda jahon bozorida mahsulot sotish mamlakatga katta miqdordagi valyuta mablag’larini oqib kelishiga sabab bo’ladi. Bunga misol qilib oladigan bo’lsak Yaponiya va, Janubiy Koreya o’zlarida ishlab chiqarilga avtomobillarning 90% chetda sotadi. Agarda Yaponiyani bir yilda o’rtacha hisobda 9 mln dona avtomobil ishlab chiqarishini hisobga olsak jahon bozorining ishlab chiqarish sur’ati va miqdorini o’stirishda, aholi bandligini ta’minlashda naqadar yuqori ahamiyati borligini guvohi bo’lamiz. Yer yuzida shunday firmalar borki, ular o’z mahsulotining salkam 100% ni chetga eksport qiladi. SHveytsariyaning «Nestle» kompaniyasi aynan shunday kompaniyadir. Mamlakat iste’molidan import mahsulotlaring miqdorini ko’payishi milliy ishlab chiqaruvchilarni raqobat kurashiga tortadi. Natijada ishlab chiqaruvchilar mahsulot sifatini yaxshilash, tannarxni pasaytirish, qolaversa bozordagi pozitsiyasini (o’rnini) saqlab qolishga intiladi, narxlar esa nisbatan pasayib, barqarorlashadi. Bu albatta, iste’molchilarning manfaatini himoya qilishda eng kuchli vositadir. Agarda bozor ichki ishlab chiqaruvchilar qo’liga o’tib qolsa u monopollashadi, ishlab chiqarishda esa texnologik konservatsiya kelib chiqadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tashqi iqtisodiy aloqalar nafaqat salbiy, balki ijobiy ta’sir etishi uchun qam milliy xo’jalik uchun zururdir. Dunyo mamlakatlarining turli iqlim sharoitida ekanligi, tabiiy resurslarning bir tekis taqsimlanmaganligi ularga tashqi savdo almashuvi yordamida o’z ehtiyojini qondirish imkonini beradi, ishlab chiqarish kuchlarining qam bir tekis rivojlanmaganligi, mamlakatlarning biron-bir ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashuvi esa texnologik extiyojlarni qondirish uchun halqaro savdo almashuvini taqozo etadi. 1997 yilgacha O’zbekiston Respublikasi o’zining ulkan neft zaxiralariga ega bo’la turib chetdan yoqilg’i sotib olishga majbur edi Milliy boyligimiz esa uni pulini to’lash uchun ishlatilar edi. Frantsiyaning «Texnip» va Yaponiyaning «Marubeni Jey — Jisi» kompaniyalari ishtirokida import asbob-usknalarning o’rnatishi O’zbekistonga energetika mustaqilligini berib, juda katta miqdordagi mablag’larni tejash imkonini berdi. Agarda ushbu zavodni biz faqatgina texnologiya va asbob-uskunalar bilan ko’rmoqchi bo’lganimizda ularni yaratish uchun bir necha un yillar kerak bo’lishi muqarrar edi.

Iqtisodiy integratsiya va O’zbekiston iqtisodyayoti tarkibining o’zgarib borishi umumjahon iqtisodiyotida XX asr 60 yillarida boshlangan mintaqaviy integratsiya jarayoni kuchayib bormoqda. halqaro iqtisodiy integratsiya o’zi nima? — Bir mintaqa davlatlarining xo’jalik aloqalari asosida yaqinlashuvi, son jixatidan sifat jixatiga o’ta boishaganda halqaro iqisodiy integratsiya boshlanadi. Bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi kuchayib bu mamlakat iqtisodiyoti ikkinchi bir mamlakat iqtisodiyotiga juda ham yaqin bo’lib qoladi, bir-biriga kuchli texnologik ta’sir o’tkaza boshlaydi. Bu milliy iqtisodiyot tarkibining o’zgarishi va unda xorijiy sektorning miqdorini va rolini ortib borishiga olib keladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayoniga qo’shilishi kuchli bo’lmasa ham, uning dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa, investitsion hamkorlik tufayli integratsiyalashuvi juda kuchli.



Mustaqillik yillarida Respublikamizda 3 u 5 mingdan ortiq qo’shma korxonalar tuzildi, ayniqsa 2006 yilda iqtisodiyotimizga 20 mlrd. dollardan ziyod xorij sarmoyasi jalb etilib, uning 2,5 mlrdi to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalarga to’g’ri keldi. Natijada, O’zbekistonda sanoat bazasining zaifligi xorij korxonalari yordamida to’ldirilmoqda, milliy iqtisodiyot tarkibida esa chet el kapitali asosida ishlaydigan yangi tarmoqlar vujudga kelmoqda. Ularga misol qilib avtomobilsozlik, farmatsevtika, shakar, kog’oz ishlab chiqarish, elektronika, telekommunikatsiya, neft ximiyasi kabi sohalarni kiritish mumkin. O’zbekiston iqtisodiyotida xorijiy sektorining davlatlar bo’yicha tarkibiy tuzilishi AQSH, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, SHveytsariya, Turkiya, Xindiston, Malayziya, Italiya, Indoneziya mamlakatlari, tarmoqlar bo’yicha esa tamaki ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, samolyotsozlik, elektronika, oziq-ovqat ishlab chiqarish, to’qimachilik sohalari yetakchi o’rinni egallaydi, bu xorijiy sektor milliy iqtisodiyotda ishchi o’rinlarini yaratmoqda, yangi texnologiyalar, «nau-xau» olib kelmoqda, eng asosiysi — O’zbekistonning importga qaramligini kamaytirib, uning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilmoqda, yalpi milliy mahsulot xajmini ko’paytirmoqda.

O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi 1994 yil fevralida Qozog’iston va O’zbekiston o’rtasida iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida «Markaziy Osiyo erkin iqtisodiy xududini» yaratish to’g’risida shartnomaning imzolanishi mintaqadagi integratsiya jarayoniga yo’l ochib berdi. Keyinchalik bu jarayonga Qirg’iziston va Tojikiston Respublikasining ham qo’shilishi uning miqyosini mintaqa miqyosigacha kengaytirdi. Markaziy Osiyo miqtakasida iqtisodiy integratsiya jarayonining boshlanishi XX asr 60 yillaridan boshlangan butun dunyo miqyosidagi regional integratsiya jarayoniga hamohang bo’lib, uning asosiy maqsadi mintaqadagi yashayotga aholi turmush farovonligini tahminlab berishdir. Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya hayotiy extiyoj bo’lib, unda O’zbekiston Respublikasining ishtiroki bir nechta mintaqa miqyosidagi muammolarni hal qilishga qaratilgandir. Bo’lar mintaqadagi umumiy bo’lgan transport tizimi, suv resurslari, Orol dengizida ekologik vaziyat, yoqilg’i resurslaridan foydalanish kabi muammolarni o’z ichiga oladi. Ta’kidlash lozimki, mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish zarur bo’lgan qamma shart-sharoitlar mavjud; territorial-xududiy birlik madaniy, diniy va irqiy yaqinlik hamda hal qilinishi lozim bo’lgan muammolarning umumiyligi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi integratsiya jarayonining boshqa mintaqalardagi integratsiya jarayonlaridan farqi shundaki, u barcha uchun umumiy bo’lgan yagona shartnomalar asosida emas, ikki tomonlama imzolanayotgan shartnomalar asosida rivojlantirilmovda. Bu mintaqa davlatlarining integratsiya jarayonida bir-biriga bo’lgan munosabatini to’g’ri tushunishga imkon berib, o’zaro kelishmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi. Undan tashqari mintaqada davlatlardagi iqtisodiy taraqqiyot darajasining bir hil emasligi, iqtisodiy islohotlar yo’nalishi va moxiyatining hilma-hilligi ham bu jarayonga ta’sir etmoqda. O’zbekiston Respublikasi ushbu jarayonda faol ishtirokchi bo’lib, mintaqa resurslaridan milliy iqtisodiyot extiyojlarini qondirish va jahon bozoridagi pirovard mahsulotlar chiqarish asosida rivojlantirishga qaratilgan. O’zbekiston halqaro mehnat taqsimotining beradigan barcha afzalliklaridan foydalanishga har tomonlama harakat qilmoqda. Ana shu asnoda Osiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) doirasida ham, mustaqil Davlatlar hamdo’stligi davlatlari bilan yaqin iqtisodiy integratsiyaga kirishmoqda. Aslida bu yerda asosiy maqsad iqtisodiy hamkorlik asosida milliy extiyojlarni qondirishga qaratilgan natijalar olishdir. Biroq yuqorida qayd etilgan davlatlar bu ingegratsiyalashuvdan o’zlarining tor siyosiy maqsadlarida foydalanib qolishga intilmovdalar. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov bu masalada O’zbekistonning o’z printsipial pozitsiyasini bildirib kelmoqda. Biz bunday hamkorlikdan, integratsiyadan iqtisodiy manfaat ko’tamiz. O’zbekiston xalqaro iqtisodiy integratsiya-ning chuqurlashuvi, uning dunyoning barcha mintaqalaridagi iqtisodiy institutlar, to’zilmalar, davlatlar, Ittifoedor bilan amalga oshirish istagidi va bu yo’lda dadil takliflar va harakatlar bilan cho’moqda. SHuning uchun ham O’zbekiston davlat rahbari I.A.Karimovning BMT doirasidagi anjumanlarda, halqaro iqtisodiy tashhilotlar yig’in-laridagi faol halqaro harakat jahon ommasida yuksak e’tirof tug’dirayotgani bejiz emas.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish