27-Mavzu: Agrar munosabatlar va agrobiznes
(2 soat seminar)
Reja:
1. Agrar munosabatlarning mazmuni, evolyutsiyasi. Qishloq ho’jaligida bozor qiymatining tashkil topishi.
2. Renta munosabatlari. Differentsial, absolyut, monopol renta.
3. Qishloq ho’jaligida xo'jalik yuritish shakllari va yerga mulkchilik.
4. Fermer xo'jaliklari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli.
Tayanch so’z va iboralar:
Agrar munosabatlar, qishloq ho’jaligi, renta, renta munosabatlari, differentsial, absolyut, monopol renta munosabatlari, agrobiznes va uning turlari. fermer xo’jaligi, dehqon ho’jaligi.
Agrar munosabatlar iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanishi, yerga xilma xil mulkchilikning paydo bo'lishi, yerning tadbirkorlik ob'ekti bo'lishi, yerning garovga qo'yilishi, nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog'liq. Agrar munosabatlarning ob'ekti bo'lmish yer, maxsus resurs bo'lganidan uning xususida ham o’zigagina xos bo'lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Yer har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan tashqari ishlab chiqarishning bo'lishi mumkin emas. Insoniyat xali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirganicha yo'q. Yerda qishloq ho’jaligi yuritiladi, sanoat, qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo'llar o'tadi, yer qa'rida qazilma boyliklar joylashgan, yerda o'rmon ho’jaligi yuritiladi, turar - joy va madaniy - maishiy binolar qad ko'taradi va xakazo. SHu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma'lum darajada yer bilan bog'langan deb aytamiz. Qishloq ho’jaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o'taydi. Ma'lumki, qishloq ho’jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakterga ega: birinchidan, iqtisodiy jarayon bo'lsa, inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan, tabiiy- biologik jarayon bo'lib, maxsulot yetishtirish tabiiy omillarga, masalan: o'simlik yoki xayvonlarda kechadigan biologik o'zgarishilarga, iqlim sharoitiga, ob- xavoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bog’liq. Qishloq ho’jaligi insonning tabiatga bo’lgan munosabati bilan kishilarni o’zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu soxada asosiy resurs yer bo’lib, u hech bir tengi yo’q, tanxo o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo u eng cheklangan resurs, uni mehnat bilan yaratib bo’lmaydi. Ko’pgina resurslar bir - birining o’rnini bosa oladi. Masalan; mehnat resursini — mashina bilan almashtirish mumkin, yerning o’rnini esa hech bir resurs bosa olmaydi, shu jixatdan u o’ta noyob va asosiy resurs xisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resursga qo’shimcha sharoitda amal qilmaydi. Masalan; sanoatda stanoklarga qo’ishimcha resurs sifatida kompyuter va uning programmalari qo’llanadi. Yerni boshqa resurs bilan almashtirib ham bo’lmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g’oyat ko’p bo’ladi. SHuning uchun yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishning kengayishi va uning unumdorligiga qarab o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |