O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,9 Mb.
bet159/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.I.A.Karimov. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoillari. T . “O’zbekiston” 1995 yil.

2. I.A.Karimov .O’zbekiston buyuk kelajak sari. T. “O’zbekiston”, 1998

3. M. Sharifxo’jayev, Yo.Abdullayev. Menejment.-T. “Mehnat” 2000 yil

4.T.Malikov ,O.Olimjonov.Moliyaviy menejment –T. “Akademiya” 1999y



26-Mavzu: Agrar munosabatlar va agrobiznes

(2 soat ma’ruza)

Reja:

1. Agrar munosabatlarning mazmuni, evolyutsiyasi. Qishloq ho’jaligida bozor qiymatining tashkil topishi.

2. Renta munosabatlari. Differentsial, absolyut, monopol renta.

3. Qishloq ho’jaligida xo'jalik yuritish shakllari va yerga mulkchilik.

4. Fermer xo'jaliklari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli.
Tayanch so’z va iboralar:

Agrar munosabatlar, qishloq ho’jaligi, renta, renta munosabatlari, differentsial, absolyut, monopol renta munosabatlari, agrobiznes va uning turlari. fermer xo’jaligi, dehqon ho’jaligi.
Er bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu munosabatlarning ob'ekti yer bo'lsa, uning sub'ekti yer egalari, yerda xo'jalik yurituvchilar, nihoyat yerga mehnat qiluvchi kishilar xisoblanadi.

Agrar munosabatlar iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanishi, yerga xilma xil mulkchilikning paydo bo'lishi, yerning tadbirkorlik ob'ekti bo'lishi, yerning garovga qo'yilishi, nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog'liq. Agrar munosabatlarning ob'ekti bo'lmish yer, maxsus resurs bo'lganidan uning xususida ham o’zigagina xos bo'lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Yer har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan tashqari ishlab chiqarishning bo'lishi mumkin emas. Insoniyat xali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirganicha yo'q. Yerda qishloq ho’jaligi yuritiladi, sanoat, qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo'llar o'tadi, yer qa'rida qazilma boyliklar joylashgan, yerda o'rmon ho’jaligi yuritiladi, turar - joy va madaniy - maishiy binolar qad ko'taradi va xakazo. SHu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma'lum darajada yer bilan bog'langan deb aytamiz. Qishloq ho’jaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o'taydi. Ma'lumki, qishloq ho’jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakterga ega: birinchidan, iqtisodiy jarayon bo'lsa, inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan, tabiiy- biologik jarayon bo'lib, maxsulot yetishtirish tabiiy omillarga, masalan: o'simlik yoki xayvonlarda kechadigan biologik o'zgarishilarga, iqlim sharoitiga, ob- xavoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bog’liq. Qishloq ho’jaligi insonning tabiatga bo’lgan munosabati bilan kishilarni o’zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu soxada asosiy resurs yer bo’lib, u hech bir tengi yo’q, tanxo o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo u eng cheklangan resurs, uni mehnat bilan yaratib bo’lmaydi. Ko’pgina resurslar bir - birining o’rnini bosa oladi. Masalan; mehnat resursini — mashina bilan almashtirish mumkin, yerning o’rnini esa hech bir resurs bosa olmaydi, shu jixatdan u o’ta noyob va asosiy resurs xisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resursga qo’shimcha sharoitda amal qilmaydi. Masalan; sanoatda stanoklarga qo’ishimcha resurs sifatida kompyuter va uning programmalari qo’llanadi. Yerni boshqa resurs bilan almashtirib ham bo’lmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g’oyat ko’p bo’ladi. SHuning uchun yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishning kengayishi va uning unumdorligiga qarab o’zgaradi.

Er cheklangan, uni ishlab chiqarib bo’lmaydi ammo foydalaniladigan yerlarni ularga investitsiya sarflab ko’paytirish mumkin. Masalan; qo’riq yerlarni sug’orish va botqoq hamda zak yerlarni quritish orqali ekin maydoni tabiatan cheklangan bo’lsada, shu doiradan chiqmagan xolda yaroqsiz yerlar xisobidan qishloq ho’jaligiga yaroqli yerlarni ko’paytirish mumkin. Yer resursi cheklanganligidan yerning taklifi noelastik, ya’ni o’zgarmaydigan bo’ladi. Bu bilan yer boshqa resurslardan jiddiy farqlanadi. Agar talab oshsa, unga javoban taklif ham ko’payadi lekin bu qoidadan istisno etiladi, chunki yer tabiat mevasi bo’lganidan uni mehnat bilan ko’paytirib bo’lmaydi. Yer hammabop resurs. Unda dexqonchilik qilish, undirma sanoat yurgizish, qurilish qilish mumkin. Undan har - xil maqsadda va har xil yo’l bilan foydalanish mumkin. Yer tabiat maxsuli bilan uning sifati jiddiy tabaqalashadi, yer uchastkalari turli tabiiy iqlim mintaqalarida joylashadi, tuproqning tarkibi har xil bo’ladi. SHu sababdan ularning tabiiy xosildorligi keskin farqlanadi. O’ta yaxshi, o’rtacha, yomon va o’ta yomon yerlar mavjud. Qishloq ho’jaligi da uning sifati mehnat unumdorligining muxim omili xisoblanadi. Bu soxadagi unumdorlik binobarin, ishlab chiqarish samaradorligi tuproqning tarkibi, yerning iqlim sharoiti va nixoyat, yer uchastkalarining jug’rofiy joylashuviga bog’liq. Yer qaridagi qazilma boyliklar zaxirasi ularning geologik sharoiti, sifati ham bir biridan farqlanadi. Yer o’zi bilan bog’liq ishlab chiqarish sharoitini o’ta farqlantiradi. Yer tanqisligi resurslarning boshqa soxalardan qishloq ho’jaligiga yoki undirma sanoatga o’tishini cheklaydi, qo’ishimcha resurslarning kirib kelishiga xalaqit beradi.

Iqtisodiyotning agrar sektorida yangilanish jarayonini jadallashtirishda ilgari qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda qishloq ho’jaligi da iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish soxasida qo’ishimcha chora tadbirlar to’g’risida 1993 yilda qabul qilingan xukumat qarorlari ahamiyatga ega bo’ldi. Aytish mumkinki, bugun O’zbekiston da ko’rilgan chora tadbirlar natijasida qishloqda agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyotini talabdariga ancha mos keladigan yangi xo’jalik strukturasi shakllandi. Qishloqda davlatga qarashli bo’lmagan sektor keng rivojlandi, agrar struktura jiddiy o’zgardi.

Mustaqillik yillarida bozor munosabatlarini rivojlantirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Qishloq ho’jaligida bozor qiymatini vujudga keltirishda iqtisodiy munosabatlarning hamda boshqarishni tashkil etish tizimining rivojlanishini chuqur taxlil qilish, ularni tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini ko’rsatdi. Islohotlarning dastlabki bosqichida jamoa xo’jaliklari va davlat xo’jaliklarining faoliyati tanqidiy taxlil qilindi. Barcha davlat qishloq xo’jalik korxonalari — davlat xo’jaliklari ni, birinchi navbatda zarar ko’rib ishlayotgan xo’jaliklar jamoa xo’jaliklariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish zarur degan xulosaga kelindi. Qishloq ho’jaligini mustaxkam iqtisodiy izga solish uchun shunday qilish kerak edi. Aslini olganda, bu keyingi davrlarda qishloq ho’jaligida tarmoqni boshqarishni tashkil etish masalalarida yo’l qo’yilgan xatolarini tuzatish edi. Oldingi davrda tayyorga ayyorlik kayfiyatga berilib, davlatning boqishiga umid qilib, jamoa xo’jaliklari sun’iy ravishda davlat xo’jaliklariga aylantirilgan edi. Qishloqda boshqaruv tuzilmalarini qayta tashkil etish jarayonida birlamchi qishloq xo’jalik bo’g’ini qanday bo’lishi kerakligi aniq bo’ldi. Bu — fermer xo’jaliklarini birlashtiriladigan va ularga xizmat qiladigan, yul yurik ko’rsatadigan, moddiy texnikviy ta’minot, texnika, agrakimyo xizmati ko’rsatish masalalarida yordam beradigan kooperativ lozim bo’ldi.

Respublikamizda qishloq ho’jaligida bozor qiymatini shakllantirish bilan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda, buning xisobiga esa; birinchidan, qishloqda ishsizlikni oldini olishga, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlashga yutuqlarga erishildi. Ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, qishloq aholisi uchun ijtimoiy kafolatlarini mustaxkamlashga erishildi.

Uchinchidan aholini xayotiy muxim oziq ovqat bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga muvaffaq bo’lindi.

To’rtinchidan, ijara munosabatlarining samarali tizimi tarkib topdi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday munosabatlarni har tamonlama rivojlantirilishi asosiy va muxim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bozor qiymatini vujudga keltirishda renta va ijara muxim o’rin to’tadi.

Erdan foydalanganlik uchun uning egasiga to’lanadigan xaq renta deyiladi. Renta moxiyatan qishloq ho’jaligida qo’ishimcha maxsulotning yer egasiga tekkan qismidir. Yerda ishlovchilar mehnati ham qo’ishimcha maxsulot yaratadi, uning qiymati maxsulotning bozor narxiga kiradi. Maxsulot sotilganda haridorlar shu maxsulot ekvivalentini (unga tekkan pulini) to’laydilar, binobarin uning qiymati pul shakliga kiradi va shu xisobdan renta to’lanadi.

Renta munosabatlari yerga bo’lgan mulkchilik bilan yerni ishlatish bir biridan ajralgan sharoitda paydo bo’ladi. Yer egasi o’z yerini ishlatmasdan tadbirkorga ijaraga berganda ular orasida renta munosabatlari vujudga keladi. Yerni o’z egasi ishlatgan sharoitda unga yerdan keladigan foyda tegadi, chunki bunda qo’ishimcha maxsulot saqlanadi, lekin bu renta shakliga kirmaydi. Bu maxsulot yerga resurs sifatida egalik qiluvchi va tadbirkor mulkdorga tegadigan foyda bo’lib qolaveradi. Binobarin qo’ishimcha maxsulotning odatdagi foyda va rentaga ajralishi yerning ijaraga berilishiga bog’liq.

Bozor iqtisodiyoti tizimida yerni ishlatishdagi keng tarqalgan usul bu uni ijaraga berib renta olishdir. Renta turlari juda ko’p, jumladan absolyut, differentsial, monopol renta, qurilish uchastkalaridan va undurma sanoatdan olinadigan renta kabilar uning ko’rinishlaridir. Ularning hammmasi yerga kapital qo’yilib mehnat sarflanishi natijasida keladigan va yer egasiga tegadigan daromaddir.

Absolyut renta yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar yer mulk bo’lganligi uchun uning egalari oladjigan rentadir. Mazkur renta hamma yerlardan olinadi, lekin miqdoran yomon va xatto eng yomon yerlardan olingan rentaga teng bo’ladi. Masalan; Har biri 10 gektardan keladigan yer uchastkasi bor ularni shartli ravishda A, V, S usatkalari bor deb bilamiz.Ulardan eng yomoni S uchastkasi bo’lib, u yerda 500 ming so’m renta olinadi, A uchastkasidan esa 800 ming sum renta olinadi. SHundan oshiqcha 300 ming sum bu yerning sifati uchun, qolgan 500 ming so’mi umuman yer uchun. V uchastkasidan 700 ming so’m renta olinadi. Barcha uchastkalardan 500 ming so’m miqdorida olinadigan renta absolyut renta xisoblanadi va u yomon yerdan olinadigan jami rentaga teng bo’ladi. Sifatli yerlardan olinadigan absolyut renta umuman renta miqdoridan kam bo’ladi. Bizning misolimizda A uchastkasidan olinadigan 500 ming so’m < 800 ming so’mdan, V uchastkasidan olinadigan 500 ming so’m esa < 700 ming so’mdan. Rentaning qolgan qismi ya’ni 200 va 300 ming so’m uning boshqa turlariga tegishli bo’ladi. yer tanqis bo’lgan sharoitda uni mulk bo’lishi band etilishi, yerdan olinadigan maxsulotlarga talabning ortib borishi absolyut renta olish imkonini yaratadi.

Differentsial renta yerning sifatiga qarab olinadigan va rentaning absolyut rentadan ortiqcha bo’lgan qismidir. Yer sifatining har xil bo’lishi, ya’ni tuproqning unumdorligidagi farqlar uni yaratadigan omildir. Tuproq xosildorligi ikki xil bo’ladi: tabiiy va iqtisodiy. Tabiiy xosildorlik tuproqning ximiyaviy va fizikaviy xossalari bo’lib, uni tabiat in’om etgan. Xalq tilida “oriq yer”, “semiz yer” degan tushuncha qo’llanishi bejiz emas, albatta. Yerning xosildorligi tabiatan Har xil bo’lganidan, yerga sarflangan bir miqdordagi resurslar turlicha natija beradi. Yerning sifatiga qarab, muayyan miqdordagi moddiy va mehnat resurslari sarflangan xolda, turlicha yalpi xosil olinadi. Masalan, 100 birlikka teng resurs sarflangan xolda A uchastkasidan har gektarga 40 tsentnerdan, B uchastkasida 30 tsentnerdan bug’doy olinadi. Xosildorlikdagi farqqa qarab renta ham tafovutlashadi.

Tuproqning iqtisodiy xosildorligi yerga qo’shimcha resurs sarflash, ishlov berish orqali, uning sifatini oshirish, unumdorligini ko’tarishni bildiradi. Iqtisodiy xosildorlikni tabiat emas, balki fan - texnika yutuqlari va mehnat in’om etadi. Iqtisodiy xosildorlikni oshirib borish cheksiz emas, albatta.

Monopol renta aloxida tabiiy iqlim sharoitiga ega bo’lgan o’ta noyob maxsulot yetishtiriladigan yer uchun uning egasiga to’langan rentadir. Faqat ana shunday yerlarda kamyob maxsulotlar masalan; choy kofe, maxsus yog’och va boshqalar yetishtiriladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida rentani pul shaklida beriladigan turi uchraydi. Ammo rentani, maxsulot tarzida to’lash ham onda sonda uchrab turadi. Bunday xolat xosilbay ijara qo’llanilganida yuzaga keladi. Bunda yerni ekuvchi tadbirkor uni egasiga rentani pul bilan emas, balki xosilning o’zaro kelishilgan ulushi bilan to’laydi.

Bunday usul narxlar o’zgarishiini xisobga oladi, xosildorlikni oshirishga undaydi. Tarixan maskur usul XX asrning boshlarida O’zbekistonda keng tarqalgan. O’zbek dexqonlari yerni xosilbay ijaraga olishgan. Ijara shartiga qarab rentani yalpi xosilning 1/4, 1/3 yoki teng yarmi miqdorida yer egalariga to’langan.

Erning qishloq ho’jaligi yuritishdan boshqacha muqobil ishlatish doirasining kengayishi, unga bo’lgan talabni mo’tassil oshirib beradi. Natijada bozor qonunlar ta’siridi yerga ijara haqi tez o’sishga moyil bo’ladi. Bundan tashqari yer sifatini oshirish uchun unga kapital sarflash ko’payadi, bu ham ijara haqini oshiradi. Natijada yer mulki daromad tapishning qulay vositasiga aylanadi. Ammo qishloq ho’jaligi ishlab chiqarish xissasining qisqarishi, yerni o’z egasi tomonidan ko’proq ishlatilishi, renta miqdori oshganligiga qaramay uning milliy daromaddagi ulushini kamaytirishga olib keladi.

Er — o’lkamizning eng asosiy boyligi. U yedirib ichiradi, yashash uchun asosiy shart sharoitlarni yaratib beradi. SHu sababli respublikamizning kelajagi, O’zbekiston xal ining kelajagi ko’p jihatdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki bosqichida asosiy boyligimiz bo’lgan yerga munosabatni o’zgartirish yetakchi yo’nalish bo’ldi. Qishloqqa doir qabul qilingan farmonlar, Yer to’g’risidagi qonun qishloq ho’jaligida munosabatlarni qanday tashkil etish, yerga qanday munosabatda bo’lish zarurligini ko’rsatib berdi. Konstitutsiyada yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi yozib qo’yildi.

Bugun O’zbekistonda yerga egalik qilishning jamoa, kooperativ, aktsiyadorlik, oilaviy fermerlik xo’jaliklari kabi shakllari amal qilmoqda. 1992 yildan boshlab o’tkan davr mobaynida 1137 davlat ho’jaligidan 110 tasi mulkchilikning aktsiyadorlik, jamoa, ijaradagi korxona shakllariga aylantirildi. Uning negizidagi 530 jamoa ho’jaligi 350 ga yaqin kooperativ, 100 ortiq ijara korxonasi, shuningdek mulkchilikning boshqa shakllariga mansub korxonalar tashkil etildi. Bundan tashqari 1516 qoramolchilik fermasi mehnat jamolarining mulki qilib berildi. Natijada qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning tarkibi mulkchilik shakllari bo’yicha ancha o’zgardi. Qishloqda davlatga qarashli bo’lmagan sektor sezilarli darajada mustaxkamlandi. Agar 1991 yilda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi butun xajmining 37 % davlat sektor xissasiga shundan 63% davlatga qarashli bo’lmagan sektor xissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 1995 yilda davlatga qarashli bo’lmagan sektor butun maxsulotning deyarli 95% ini ishlab chiqardi.

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichida qo’lga kiritilgan eng muxim natija shaxsiy tarmoqlarning kengaytirish, yangi sug’oriladigan yerlarni shaxsiy xo’jaliklar va bog’, dala, xovli uchastkalariga ajratib berish yo’li bilan aholini amalda yer bilan ta’minlashdan iborat bo’ldi. Odamlarga yer berilishi chinakam inqilobiy ahamiyat kasb etdi - bu bilan har bir individning davlatga qaramligi tugatildi. Yer olgan inson daromad ola boshladi, o’zini xo’jayin deb erkin va mustaqil xis qildi. SHaxsiy tomorqa uchun berilgan yerning umumiy maydoni 700 ming gektarga yetdi. 9 miliondan ortiq insonlar ana shu yer xosilidan foydalinishmoqda. Tomorqa yerlarning o’rtacha xajmi bir ikki gektardan ortiq bo’lib bu yer resurslari cheklangan bir sharoitda juda katta boylikdir.

SHu bilan birga bu xo’jaliklar uchun yerlarni unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo’li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Dexqonlarga texnika, o’g’itlar, urug’liklar va ko’chatlar bilan maxsus xizmat ko’rsatish tizimi faol shakllanib bormoqda. Veterinariya xizmati yangi qoidalar asosida qayta qurilmoqda. Natijada 1995 yilning o’zidayoq dexqon xo’jaliklari soni 2,9 barobar ko’paydi va 1996 yilga kelib 35 mingdan ziyodni tashkil etdi. Dexqon xo’jaliklarning ekinzorlarini umumiy maydoni 1996 yilda 1995 yildagiga qaraganda 4,7 barobar oshdi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining strukturasini takomillashtirishga aloxida e’tibor berildi. Ma’muriyatchilikdan, xo’jaliklarga qanday ekin ekishni zo’rlab qabul qildirishdan iborat yaramas tartibga batamom chek qo’yildi. Xo’jaliklarga ekin maydonlarining strukturasini va ishlab chiqarish xajmini mustaqil belgilash xuquqi berildi. Qishloqda mulkchilik munosabatlarini islox qilishdan tashqari, dastlabki bosqichda xo’jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta ahamiyat berildi.
Amalga oshirilgan tashkiliy o’rganishlar, yaratib berilgan iqtisodiy imtiyozlar va rag’batlantirish choralariga qarab, xo’jaliklarning ichki ishlab chiqarish munosabatlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Qabul qilingan qonunlar va farmonlar asosida qishloq ho’jaligini samarali ishlashini ta’minlovchi yaxlit mexanizmi ishlab chiqildi.

Qishloq ho’jaligida dexqonning o'z mulkining xo'jayini xissini mustaxkamlash uchun zarur ishlarning barchasi amalga oshirilmoqda.



Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish