O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


I – inson J – jamiyat T – tabiat F – firma F



Download 1,9 Mb.
bet157/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

I
– inson

J – jamiyat

T – tabiat

F – firma


F

T

J

Menejment tashkilot maqsadlari va vazifalarini aniqlashi, belgilangan maqsadlarini amalga oshirish yo’llari va usullarini topish, boshqaruv qarorlari bajarilishini nazorat qilib borish va amalga oshirish, boshqaruv jarayonini takomillashtirib borish kabi ishlarni amalga oshirishda hal qiluvchi komponent bo’lgan insonga aloxida e’tibor bermoqda. Mexnat jamoasining tashabbuskorligi, tadbirkorligi, ijodkorligi ruhini shakllantirish va rivojlantirish-menejmentning asosiy vazifasi.

Davlat boshqaruvining zarurligi. O’z vaqtida jamiyatni boshqarishning zarurligi davlatni vujudga keltirdi. Uzoq davrlar mobaynida davlat asosan siyosiy boshqaruv bilan shug’ullanib keldi. Bozor iqisodiyoti sharoitida davlat vazifalarining miqyosi ancha kengaydi. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuv zarurati tug’ildi. Bu zaruratning kelib chiqishi mamlakatlar aholisi soni va ularning ehtiyojlarini o’sib borishi, mamlakat iqtisodiyotini, ayniqsa, xususiy tadbirkorlikni beqiyos o’sishi, fan-texnikani rivojlantirish, muayyan mamlakat xo’jaligi mahsulotlarini raqobatli jaxon bozoriga chiqishi, resurslar tanqisligi, atrof-muxit muxofazasi, ocharchilik to’yib ovqat yemaslik kabi qator milliy va olamshumul muammolarni kelib chiqishi bilan bog’liq, binobarin, xozirgi paytda qaror topgan mamlakatlarda iqdisodiyot bozor mexanizmlari bilan bir qatorda davlat mexanizmlari orqali ham boshqariladi.

Ma’lumki, markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlik va erkin tadbirkorlikka asoslangan iqtisodiy tizimlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning bu ikkala tizimida bir-birlariga muvofiqlashtirilgan holda foydalaniladi. Umumiy boshqaruvda iqtisodiy boshqarishning hissasi ko’proq bo’ladi. Xususiy mulk, baholarning erkin shakllanishi, foyda olishga intilish va raqobatga asoslangan boshqarishning ixtisodiy tizimida resurslar taqsimoti bozorda, talab va taklif qonunlari harakatiga muvofiq amalga oshiriladi. SHu usuldagi boshqarish — mamlakatlar iqtisodiyotini sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlaganligini keyingi o’n yilliklar tajribasi tasdiqadi.

Sobiq Sovet imperiyasi davrida boshqarishning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ancha vaqt hukmronlik qildi. Sovet iqtisodiyoti asosini ishlab chiqarish vositalarining davlat mulki va markazlashtirilgan iqtisodiy rejalashtirish tashkil etdi. Ishlab chiqarishning shaxsiy-insoniy omili mexnat — kishilari yoppasiga ishlab chiqarish vositalari mulkdorligidan mahrum bo’lib qoldilar. Ularning ishlab chiqarishda qatnashishidan moddiy manfaatdorligi so’ndi. Maqsadga jalb qilishning iqtisodiy zo’ravonlik usuli keng qo’llanildi. Mamlakatdagi boy tabiiy va iqtisodiy resurslardan foydalanishda isrofgarchiliklar, xo’jasizliklar, talon-tarojliklar keng avj oldi. Iqtisodiyotda ba’zan erishilgan yutuqlar juda katta resurslar harajati hisobiga bo’ldi. Oxir oqbatda boshqarishning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi xukmronligida iqtisodiy faoliyat olib borgan sovet imperiyasi va umuman, ijtimoiyistik jamiyat o’zini o’zi iqtisodiy eplay olmay yo’q bo’lib ketdi. Binobarin, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlashda boshqarishning qaysi tizimini tanlab olishning ahamiyati juda kattadir.

Davlat boshqaruvining iqtisodiy ahamiyati. Bozor iqtisodiyotini bozor mexanizmlari va davlat boshqaruvi bilan uyg’unlashgan holda boshqarilishi talab etiladi. Iqtisodiyotni davlat boshqaruvi davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga keltirishda namoyon bo’ladi. Davlat mamlakat iqtisodiyotini tartibga keltirishda qator iqtisodiy vazifalarni amalga oshiradi.

Birinchidan, davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor iqtisodiyoti tizimini qo’llab-quvvatlash va uni amal qilishini yengillashtirish maqsadini ko’zlaydi. Bu sodda davlatning quyidagi ikki muhim faoliyat turini ko’rsatsak bo’ladi:

1. Bozor tizimini samarali amal qilishiga yordam beruvchi huquqiy baza va ijtimoiy muhitni yaratib berish. O’zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasida qayd etilgan «jamiyatning iqisodiy negizlari» O’zbekistan Respublikasining mulkchilik to’g’risidagi, yer to’g’risidagi, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank va bank faoliyati to’g’risidagi, soliq, to’g’risidagi va boshqa ko’pdan-ko’p qonunlar bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishini ta’minlovchi xuquqy baza bo’lib xizmat qiladi.

2. Raqobatni himoya qilish. Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga keltiruvchi mexanizm hisoblanadi. Raqobat ishlab chiqaruvchilarni va resurslar yetkazib beruvchilarni haridor hukmiga yoki iste’molchi dahilsizligiga bo’ysundirib beradi. Raqobatdan ishlab chiqaruvchilar ham, iste’molchilar ham, davlat ham, jamiyat ham yutadi. SHuni hisobga olgan holda davlat qonunlar orqali raqobatni himoya qiladi, raqobat muhitini sug’urtasiga harakat qiladi.

Raqobatni himoya qilish, raqobat muhtini yaratish vazifalarini amalga oshira borib, davlat bozor tizimi amal qilishini kuchaytiradi, unga o’zgartirishlar kiritadi. Davlatning quyidagi uch vazifani bajarishdagi faoliyati ham bozor tizimini mustahkasamlanishi va kengayishini ta’minlaydi:

a) Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash.

b) Milliy mahsulot tarkibini o’zgartirish maqsadida resurslar taqsimotini tartibga keltirish.

v) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotdagi tebranishlar, va yana iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish natijasida kelib chiqadigan ishda bandlik va inflyatsiya darajasini nazorat qilish.

Tovarlar dunyosida individual iste’molga mo’ljallangan tovarlar bor. Oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, uy-joy anjomlari, transport vositalari, zebu-ziynat buyumlari kabilar individual iste’mol tovarlaridir. Bu tovarlarni har kim, xoxlagan paytda, xoxlagan miqdorda sotib olib, iste’mol qilishlari mumkin. Tadbirkorlar har doim individual iste’mol tovarlari ishlab chiqarib foyda olishga intiladi. Lekin, shunday tovarlar borki, ularni har kim xoxlagan paytda, xohlagan maqsadda sotib olib, iste’mol qila olmaydi. Ammo bu tovarlar insonlarni yashashlari va faoliyat ko’rsatishlari uchun juda zarardir. Temiryo’l va avtomobil yo’llari, havo va suv yo’llari, milliy bog’lar, ko’chalarr va ularni bezab turgan gulzorlar, elektr liniyalari, umumta’lim maktablari, kollejlar, suv inshootlari ijtimoiy tovarlardir. Ularni xech kim sotmaydi va xech kim sotib olmaydi. Ammo hamma ulardan bepul foydalanadi. Tezroq, foyda ko’rish ilinjida yurgan tadbirkorlar bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan manfaatdor emaslar. Chunki, bunday tovarlarni ishlab chiqarishga qo’yilgan mablag’ tadbirkor uchun foyda keltirmaydi, keltirgan chog’da ham vaqtni talab qiladi. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, jamiyat uchun juda zarar bo’lgan ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi davlat gardaniga yuklanadi.

Iqtisodiyot jabxasida davlat iste’molchi sifatida bozorga chiqdi. Davlat buyurtma berib, kerakli tovarlarni qathiy bahoda sotib oladi, bu bilan xajmiga ta’sir etadi. Davlat buyurtmasini bajarish firmalar uchun qulay ishga aylanadi. chunki tovarlar sotilishi, binobarin, kafolatlangan, tadbirkorlik xatari kam bo’ladi. Davlatning bu tadbiri bozorni kengaytiradi, chunki qo’shimcha pul harid vositasi sifatida bozorga tashlanadi.

Davlat ma’lum iqtisodiy vositalar — moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita ta’sir o’tkazish choralari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi.

Davlat iqtisodiyotga o’zining ijtimoiy siyosati bilan ham ta’sir ko’rsatadi. Bu asosan ikki yo’l bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, davlat o’z mablag’lari bilan malakali ishchi kuchini tayyorlashda qatnashadi.

Davlat hisobidan hamma uchun bepul ta’lim beriladi, ma’lum toifa bepul ta’lim oladi, bepul tibbiy xizmatlardan foydalanadi, imtiyozli uy joyga ega bo’ladi.

Davlat hisobidan aholini yangi kasblarga o’rgatish joriy etiladi.

Ikkinchidan, davlat o’z byudjeti doirasida shaxsiy daromadlarni qayta taqsimlab, boy toifa hisobidan kambag’allarni ta’minlab turadi. Bu bilan sinfiy kurash bartaraf etiladi, ijtimoiy totuvlik – murosa qaror topadi. Bu esa iqtisodiy o’sishga qulay sharoit yaratadi.

Iste’molchilar manfaatlarini himoyalash va tovarlar va xizmatlar sifatini nazorat qilib borish, tabiiy resurslarni tartiblash va atrof muhtni muxofaza qilish, tashqi savdo va operatsiyalarni nazorat qilish hamda xalqaro munosabatlarda mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish ham davlatning iqtisodiy vazifalari hisoblanadi.

Qayd etib o’tilgan barcha iqtisodiy vazifalar to’laligicha mustaqillikning dastlabki odimlarini o’tayotgan O’zbekistonga ham xosdir. SHu bilan birga O’zbekiston davlati o’zi tanlab olgan yo’lning talablaridan kelib chiquvchi boshqa iqtisodiy vazifalarni ham amalga oshirib kelmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston mustaqillikning iqtisodiy asosini bozor iqisodiyotiga o’tishning «o’zbek modeli»ni amalga oshirish orqali barpo etmoqda. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillaridan biri — «Davlat bosh islohotchi». SHu tamoyil talablaridan kelib chiqib, O’zbekiston davlat islohotlarining boshida turib kelmoqda. Uning rahbarligida mamlakatimiz xayotining barcha jabxalari bo’yicha islohotlarning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Bular: xalq xo’jaligidagi tarkibiy o’zgarishlar, pul islohoti, agrar islohotlar, moliyaviy islohotlar, ta’lim soxasidagi, sog’liqni saqlash soxasidagi islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalar soxasidagi islohotlar va boshqalar.

Mamlakat iqtisodiy kuch-qudratini yuksalishida, xalq xayotining yaxshilanib borishida davlat say-harakatlarining ahamiyati juda kattadir. To’g’ri tanlangan iqisodiy siyosat va uni muvaffaqyatli amalga oshirilishi mamlakat iqisodini uzluksiz, barqaror rivojlanib borishini ta’minlaydi, xalqda farovon hayot baxsh etadi, davlatning xalqaro obro’si ortib boradi.

Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartiblanishning asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga erishish asosida tushkunlik va tanglikning oldini olish, ijtimoiy ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek axoli turli tabaqalari o’rtasida ijtimoiy muvozanatga erishishdan iborat.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmini samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muxim axamiyat kasb etadi. Buning uchun davlat raqobatini rag’batlantirish orqali bozor tizimi saqlashda ko’maklashadi.

Bunda davlat quyidagi vazifalarni bajaradi: iqtisodiy sub’ektlarning faoliyat qilish qoidalarini belgilaydi; axolini bozor sharoiti to’g’risidagi axborotlardan xabardor qiladi. Iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasidagi munozara, baxs, ziddiyatlarni xal qilishda ko’maklashadi.

Axolini bozorni salbiy, zararli oqibatlardan ximoya qiladi. Mikroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga ko’maklashadi. Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir kismining mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va nazorat qiladi. Davlat o’ziga qarashli tarmoq va korxonalarni boshqarish orqali fan-texnika inqilob talablariga ko’ra xalq xo’jaligi tuzilishini shakllantirishga xamda bozor baxolardan bir muncha past baxolardan tovarlar sotish va xizmat ko’rsatish orqali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga ko’maklashadi.

Davlat bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosi bo’lgan raqobat mexanizmining to’liq ishlashi uchun xamda axolini ma’lum darajada ijtimoiy ximoyalash maqsadida iqtisodiy yakka xokimlikka qarshi chora-tadbirlarni qo’llaydi. Bunda biror-bir yirik korporatsiyani ishlab chiqarishning 40-50- foizdan sotishning 60 foizdan ko’prog’ini o’z qo’lida to’plab olishga, firmalarning bozorlarni o’zaro taqsimlab olishlariga, baxolarni kelishib olishlariga yo’l qo’ymaydi. Davlat moliya soliq siyosati orqali daromadlarni mamlakatning umummilliy xarakterlari va ishlab chiqarishni rivojlantirish axolini ijtimoiy ximoya qilish maqsadida taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Soliq stavkalarini belgilash va o’zgartirish orqali jamiyat va axoliga kerakli maxsulotlarni ishlab chiqarishni rag’batlantiradi va keraksiz maxsulot chiqarishni cheklaydi va zararini salbiy oqibatlar ta’sirini kamaytirishga ta’sir qiladi.

Davlat pul - kredit tizimini tartibga solish investitsiya jarayoniga, aktsiya va boshqa qimmatbaxo qog’ozlar kursiga ta’sir qiladi. SHu boisdan, iqtisodiy tanglikni oldini olishga, iqtisodiy o’sishni ta’minlashga erishish uchun barqaror pul makroiqtisodiy sharoitlar yaratishga xarakat qilinadi.

SHuningdek, davlat axolining nochor yashayotgan qatlamlarini ijtimoiy yordam ko’rsatish yo’li bilan ximoyalaydi. O’zbekiston Respublikasida axolini ximoyalash maxalliy o’z–o’zini boshqarish tizimi bilan amalga oshiriladi. Bu tadbir ijtimoiy yordamning samaradorligini ancha oshiradi.


O’zbekiston Respublikasida davlat bosh islohotchi sifatida quyidagilarni amalga oshirishi lozim bo’ladi:

• bozor munosabatlariga o’tish sharoitida axolini manfaatlarini kuchli qayta taqsimlash vositasi orqali ximoya kilish;

• ijtimoiy - siyosiy barqarorlik va millatlaaro totuvlikni kafolatlash;

• iqtisodiy faoliyatlarning huquqiy asoslarni, o’ziga xos bozor shart-sharoitlarini vujudga keltirish;

• davlatning iqtisodiy erkinliklarini kafolatli bo’lishiga erishish;

• iqtisodiy rivojlanishining asosiy maqsad yo’nalishlarini ishlab chiqish, islohotlarining strategik yo’lini belgilash va ularning amalga oshirish;

• ishbilarmonlik tuzulmalarini qaror topishiga va rivojlanishiga ko’maklashish;

• anik maqsadga qaratilgan xalq xo’jaliklari tarmoqlari tuzilma siyosatini izchillik bilan amalga oshirish;

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlat uni asosan huquqiy va iqtisodiy vositalar yordamida bevosita tartibga solish mexanizmini tarkib toptirmoqda.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish