O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


-Mavzu: Iqtisodiy o’sish va milliy boylik



Download 1,9 Mb.
bet81/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

11-Mavzu: Iqtisodiy o’sish va milliy boylik.

(2 soat seminar)

Reja:

1. Iqtisodiy o’sish nima?

2. Ekstensiv iqtisodiy o’sish.

3. Intensiv iqtisodiy o’sish.

4. O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur’atlari.

5. Milliy boylik nima?

6. Milliy boylik va uni qadrlash.
Tayanch so’z va iboralar:

Barqarorlashtirish siyosati, iqtisodiy o’sish, intensiv, ekstensiv, mikroiqtisodiy o’sish, makroiqtisodiy o’sish, resurslar salohiyati, milliy boylik, moddiy zahira, milliy boylikni qadrlash.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 fevraldagi 2006 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida "Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish - asosiy vazifa-mizdir" mavzuidagi ma'ruzasida Prezident I. A. Karimov iqtisodiyotimizdagi ijobiy siljishlar, tarkibiy o’zgarishlar haqida g’ururlanib gapirib iqtisodiy o’sish borasidagi yutuqdarimizni bayon etdi.

2006 yilda:

– iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlari ta’minlandi – yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 10,8 foizga, iste’mol tovarlari – 20,6 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish – 6,2 foizga, pulli xizmatlar – 19,3 foizga, pudrat qurilish ishlari – 12,8 foizga ko‘paydi. Oltin-valuta zaxiralari 1,6 baravardan ziyod o‘sdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi 6,8 foizgacha pasaydi;

– investitsiya muhiti yaxshilandi, xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘lamlari o‘sib, hajmi 25,4 foizga ko‘paydi. Investitsiyalar umumiy hajmining 68,3 foizi ishlab chiqarish sektoriga jalb etildi, texnologiya parkini yangilashga va yangi asbob-uskunalar sotib olishga jami investitsiyalarning qariyb 50 foizi yo‘naltirildi;

– qishloq xo‘jaligida chuqur o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. 2006 yilda 666 ta shirkat xo‘jaligini qayta tashkil etish hisobiga 74 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etildi, ularning yarmidan ko‘prog‘i meva-sabzavotchilik yo‘nalishidadir. Qishloqda mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari joriy etildi, meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil qilindi;

– tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘lamlari o‘sdi, tovar mahsulotlar eksporti hajmi 31,5 foizga ko‘paydi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi qariyb 2 milliard AQSH dollarini tashkil qildi;

– aholi turmush darajasining va ish bilan band etishning izchil o‘sishi ta’minlandi. Ishlayotganlarning real ish haqi 36 foizga, aholining real daromadlari esa o‘rtacha 22 foizga ko‘paydi. 2006 yilda 570 mingdan ortiq ish o‘rinlari, shu jumladan kasanachilikni yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash hisobiga 60 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etildi;

– ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi maqsadli umummilliy dasturlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi. 2006 yilda 8 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan 6 ta akademik litsey va 70 ming o‘rinli 124 ta kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirildi, 61 ta yangi maktab qurildi, 385 ta maktab mukammal rekonstruksiya qilindi va 530 ta maktab ta’mirlandi.

Shu bilan birga, aholini ish bilan band etish muammosi keskinligicha qolmoqda, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash jarayoni yetarli sur’atlarda bormayapti, asbob-uskunalarning eskirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Qishloq xo‘jaligi xomashyosini, eng avvalo, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, dehqon va fermer xo‘jaliklarini nasldor chorva mollari va ozuqalar, shuningdek zooveterinariya xizmati bilan ta’minlash muammolari sustkashlik bilan hal etilmoqda.

Fond bozorida va qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlarning ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda, aksiyadorlik jamiyatlarini korporativ boshqarish tizimida jiddiy kamchiliklar mavjud.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik potensiali to‘liq darajada ochilmagan va safarbar qilinmagan, uning tuzilmasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasi o‘sib borayotgan talablarga javob bermaydi. Davlat nazorat organlarining korxonalar xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvi davom etmoqda. Xizmatlar ko‘rsatish sohasining rivojlanish darajasi va sifati aholining ortib borayotgan talabiga muvofiq emas. Uy-joy va kommunal xo‘jaligini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish tizimi yanada isloh qilishni talab qiladi.

Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

1. Moddiy buyumlashgan boylik;

2. Nomoddiy boylik;

3. Tabiiy boylik;

Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishning mahsulotlarini joriy iste’mol qilishdan ortiq ya’ni jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi.

Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lur edi. CHunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib va qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). SHu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.

Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan qismi qiymat shakliga ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo’ladi, hamda o’zining texnikaviy darajasi bo’yicha yalpi milliy mahsulotning o’sish imkoniyatini belgilab beradi;
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga davlatning uy-joy fondi ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob’ektlar kiradi;

- aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat, bo’lib asosiy kapitalning tahminan 1/4 qismini tashkil qiladi;

- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta’siri ostida bo’lib, potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi;

- moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Buncha muomila bosqichdagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro’y berishi mumkin bo’lgan va oldindan bilib bo’lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi;

- Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug’urta va mudofa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi;

- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo’jalikda jamg’arilgan mol-mulk. Buncha uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.

Milliy boylikni asrab avaylash, undan oqilona foydalanish muqaddas burch xisoblanadi. Milliy boylikni ko’paytirish esa kelajak avlod va mustaqil yurtimizni istiqbolini ta’minlaydi.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish