O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


-Mavzu: Iqtisodiy o’sish va milliy boylik



Download 1,9 Mb.
bet77/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

10-Mavzu: Iqtisodiy o’sish va milliy boylik.

(2 soat ma’ruza)

Reja:

1. Iqtisodiy o’sish nima?

2. Ekstensiv iqtisodiy o’sish.

3. Intensiv iqtisodiy o’sish.

4. O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur’atlari.

5. Milliy boylik nima?

6. Milliy boylik va uni qadrlash.
Tayanch so’z va iboralar:

Barqarorlashtirish siyosati, iqtisodiy o’sish, intensiv, ekstensiv, mikroiqtisodiy o’sish, makroiqtisodiy o’sish, resurslar salohiyati, milliy boylik, moddiy zahira, milliy boylikni qadrlash.
Jamiyat taraqqiyoti, uning sifati iqtisodiy o’sishga bog’liqdir. Iqtisodiy o’sish — ijtimoiy mahsulotning (yalpi milliy mahsulotning) hamda uni ishlab chiqarish omillarining miqdor va sifat jihatdan o’zgarishi, ko’payib borishi, ortishidir.

Iqtisodiy o’sish — jamg’arishning asosiy manbai bo’lmish foydaning ko’payishiga turtki beradi va bu bilan o’ziga o’zi yo’l ochadi. Demak, iqtisodiy o’sish va jamg’arish bir-biri bilan dialektik bog’liqlikdagi iqtisodiy jarayonlardir.

Iqtisodiy amaliyot o’sishning ikki tipi — ikki yo’li borligini tasdiqlaydi. Ularning birinchisi — ekstensiv o’sish tipidir. Bu yo’l bilan ne’matlarning ko’payishiga avvalgi texnikaviy baza va boshqa shart-sharoitlar o’zgarmagan holda ishlab chiqarish omillarining ko’payishi (ko’proq xom ashyo, odam resurslari, moliyaviy mablag’lar) evaziga erishiladi. Intensiv o’sish tipi o’sishni ishlab chiqarish omillarining sifat jihatdan yaxshilanishi, tejamli texnologiya qo’llanilishi, malakaliroq, ishchi kuchi ishlatilishi, korxonadagi ishlab chiqarish quvvatlaridan, imkoniyatlardan unumliroq foydalanish hisobiga tahminlaydi. Boshqacha aytganda, yalpi milliy mahsulotni ko’paytirish (natijani orttirish) uchun qo’shimcha quvvatlarni, qo’shimcha ishchi kuchini safarbar qilish shart emas. Intensiv o’sish zamirida hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlaridan foydalanish darajasi yotadi.

Iqtisodiy hayot yana shuni tasdiqlaydiki, intensiv va ekstensiv iqtisodiy o’sish tiplari mutlaq alohidalikka ega emas, ular bir-biri bilan bog’liq, yonma-yon namoyon bo’ladi. Faqat u yoki bu sharoitda ulardan biri ustuvorlik qiladi. Masalan, bizning fan-texnika inqilobi davrimizda intensiv o’sish ustuvorlik qiladi.

O’zbekistonning bugungi sharoitida iqtisodiy o’sishning ikki tipi qanday nisbatlarda amal qilmoqda?

O’zbekiston — mehnat resurslariga boy mamlakat. Bu hol iqtisodiy o’sish tiplari o’rtasidagi nisbatga jahondagi darajaga nisbatan o’ziga xoslik bag’ishlaydi.

O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurishga kirishilgan hozirgi sharoitda ko’proq ish kuchi talab qiladigan tarmoqlar va korxonalar (O’rta va kichik ishlab chiqarish)ni rivojlantirish kuchliroq namoyon bo’lmoqda. Bizda intensiv va ekstensiv o’sishni bog’lab olib borish, ekstensiv o’sishga ustuvorlik berish xususiyati mavjud. Biroq, bu o’zoq muddatli iqtisodiy siyosat bo’lmay, davr va sharoit taqozosidir.

Umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan qaraganda, intensiv o’sish afzalroq va istiqbollidir. CHunki resurslar, xom ashyolar, mehnat resurslari tobora kamayib bormoqda. Bunday sharoitda esa cheklanib borayotgan bunday resurslarni tejash, kamroq iste’mol qilish orqali iqtiosdiy o’sishga erishish har bir mamlakat uchun tarixiy zaruratdir.

Intensiv o’sish tipining quyidagi afzalliklarini qayd etib o’tish mumkin: 1) mahsulot (tovar)ga kam harajat sarflanadi; 2) mahsulot sifati ortadi; 3)oraliq mahsulot hajmi kamayadi; 4) pirovard mahsulot (sof mahsulot) hajmi ortadi; 5) aholi turmush darajasi ko’tariladi; 6) mahsulotlar (tovarlar) jahon avdozalariga yaqinlashadi.Mana shu afzalliklar tufayli barcha korxonalar intensiv ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga harakat qiladilar.

Jamg’arish jarayoni boshqariladimi?

Jamg’arish juda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo’lganligi uchun boshqarilib turilishi lozim, aks holda ortiqcha ishlab chiqarish, goh iqtisodiy taqchillik ko’rinishlarida iqtisodiy inqiroz sodir bo’lishi mumkin. Masalan, industrial mamlakatlarda qishloq xo’jaligi ham yuksak rivojlangan bo’ladi, aholi ehtiyojlaridan, harid quvvatidan ortiqcha ishlab chiqarish ehtimoli saqlanib turadi. Bunga yo’l qo’ymaslik maqsadida G’arb davlatlarida mahsulotlarning u yoki bu turi ortiqcha ishlab chiqarilib, isrofgarchilikka sabab bo’lmasligi uchun davlat harid baholari pasaytirilib turiladi. Amalda bunday narx siyosati juda yaxshi samaralar berayotir. Buni Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tajribasi ko’rsatib turibdi. Bizga ma’lumki, sobiq ittifoqda iste’mol buyumlarining aholi ehtiyojlaridan, hatto sotib olish quvvatlaridan ham kamayib ketishi sodir bo’ldi. Buning asosiy sababi -- jamg’arish qonuni talablarining xaspushlanganligi, nazar-pisand qilinmaganligi, ya’ni jamg’arish bilan iste’molning nisbati buzilganligidir. Natijada ishlab chiqarish vositalarini ko’proq hosil qilish tendentsiyasi vujudga keldi. Oqibatda deyarli barcha iste’mol ne’matlariga, ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsulotlariga aholi talabi shu qadar oshdiki, ularning narxlari misli qurilmagan darajada ortib ketdi.

Jamg’arish va iqtisodiy o’sish muammosi O’zbekistonda qanday yechim topmoqda?

Iqtisodiyotda o’sishga qanday erishish mumkin?

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov bu savolga juda ham asosli, ilmiy javob berdi: birinchidan, mamlakatda siyosiy barqarorlikka erishish; ikkinchidan, iqtisodiyotda mo’tadillikni ta’minlash; uchinchidan, mamlakat ega bo’lgan barcha moddiy, mehnat, moliyaviy, ilmiy quvvatlarni tuda safarbar qilish; to’rtinchidan, xalqaro kredit va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotni jonlantirishga jalb etish; barcha fuqarolarni o’z yurti obodligi va istiqboli yo’lida unumli ishlashga undash, milliy g’ururni o’stirish. O’zbekistonning iqtisodiy ravnaqi dunyo okeani, xalqaro suv yo’llariga chiqish bilan ham ta’minlanishini nazarda tutib, Osiyo Iqtisodiy hamjamiyati (O’rta Osiyo davlatlari, Pokiston, Hindiston, Eron, Afg’oniston) doirasida O’zbekistonning Xitoy orqali Tinch okeanga, Pokiston orqali Hind va Atlantika okeanlariga chiqishi uchun avtomobil va temir yo’l tarmoqlari qurilmoqda. Xulosa qilib aytganda, respublikamiz iqtisodiyotida o’sish sur’atlarini oshirishning ham ichki (milliy), ham xalqaro (tashqi) imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qilinmoqda.

Mustaqil yurtimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tib borayotgan bir sharoitda iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishish muxim ahamiyat kasb etadi.
Zero, iqtisodiy o’sish xalqimiz turmush farovonligini ta’minlovch asosiy mezon bo’lib xisoblanadi.

Xozirgi kunda Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan iqtisodiy barqarorlikka erishish siyosati olib borilmoqda.

Barqarorlashtirish siyosati – eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslikdir, pul emissiyasining boshqarilishini ta’minlash, to’lov balansini bir me’yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko’zlab olib boriladigan siyosatdir.

Iqtisodiy o’sish deganda, kishilarning talab-ehtiyojini qondirish uchun zarur bo’ladigan moddiy mahsulot va xizmatlarni, y’ani barcha noz ne’matlarni ishlab chiqarishni ko’payib borishi tushuniladi.

Iqtisodiy o’sish ikki darajada amalga oshadi:

1. Mikroiqtisodiy o’sish. Korxona, ho’jalik, firma va tarmoq doirasidagi o’sish.

2. Makroiqtisodiy darajada. Jamiyat miqiyosidagi, mamlakat miqiyosidagi o’sish.

Iqtisodiy o’sish omillari quyidagilardir:




Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish