Iqtisodiyot samaradorligi nimalarda o’z ifodasini topadi?
Iqtisodiyot samaradorligi bir necha iqtisodiy ko’rsatkichlar (kategoriyalar) orqali tavsiflanadi. Samaradorlik deyilganda ishlab chiqarish natijalarining (mahsulot, xizmat) ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan resurslar (harajatlar)ga nisbati tushuniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi bir kancha jo’zhiy ko’rsatkichlar orqali ham tavsiflanadi. Samaradorlikning umumlashgan ko’rsatkichi — mehnat unumdorligidir. U mahsulot miqdori (MM)ning jonli mehnat (JM) sarfiga nisbati bilan ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi odam-kunlarda, odam-soatlarda hisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat sig’imi degan samaradorlik ko’rsatkichi ham qo’llaniladi. Mehnat sig’imi jonli mehnat (JM)ning mahsulot miqdori (MM)ga nisbati orqali aniqlanadi. Mahsulotning material sig’imi degan iqtisodiy ko’rsatkich ham bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmoqda. Material sig’imi moddiy ashyolar sarfining (BM) mahsulot miqdori (MM)ga nisbati orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarining samaradorligi mahsulotning fond sig’imi yoki fondlar qaytimi ko’rsatkichlari orqali o’lchanadi. Ko’rinib turibdiki, barcha jo’zhiy ko’rsatkichlar samaradorlik umumiy ifodasining aniqlashtirilgan shaklidir. Bu nisbatlarda mahsulot miqdori ko’rsatkichlari o’rnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami ichki mahsulot, sof mahsulot, qo’shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda, milliy daromad kabi kategoriyalar qo’llaniladi.
Ishlab chiqarish samaradorligining umumiy integral ifodasi quyidagi formula orqali bayon etilishi mumkin:
IS=JM + BM + UF
bu erda: IS — ishlab chiqarish samaradorligi; SM —sof mahsulot; JM — jonli mehnat harajatlari; BM—joriy yildagi buyumlashgan mehnat harajatlari; F —ishlab chiqarish fondlariga quyilgan mablag’lar; U—
harajatlar va mablag’larni bir xil o’lchovga keltiruvchi koeffitsient.
Iqtisodiyot samaradorligini oshirish vositalari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida, ayniqsa, respublikamizning xalq xo’jaligi sharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki xalq xo’jaligi davrda ko’pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati xorijdan keltiriladi, zamonaviy texnologiya etishmaydi. SHuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur sohalarga joylashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga etarli ehtibor berish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |