O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


-Mavzu: Jahon ho’jaligi va uni belgilari



Download 1,9 Mb.
bet212/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

39-Mavzu: Jahon ho’jaligi va uni belgilari.

(2 soat ma’ruza)

Reja:

1. Jaxon xo'jaligining rivojlanish qonuniyatlari.

2. Xalqaro Mehnat taqsimoti va integratsiyasi.

3. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ular to'g'risida tushuncha.

4. Iqisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi ustivor vazifalar.

5. Xalqaro mehnat taqsimotidagi O’zbekistonning o'rni.

6. Iqtisodiy integratsiya va O’zbekiston iqtisodyayoti tarkibining o’zgarib borishi.
Tayanch so’z va iboralar:

Iqtisodiy rivojlanishning umumjaxon tomonlari va ishlab chiqishning baynalminallashuvi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi.
Bozor iqtisodiyotning ko'p asrlik taraqqiyoti natijasida XIX ohiri va XX asrlar bo'sagasida jaxon xo'jaligi vujudga keldi. Bir asr davomida u to'xtovsiz rivojlanib kelmoqda.

Jaxon xo'jaligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va ularning amalga oshirib borish vositalarini bir butun yaxlitligidan iborat, xalqaro mehnat taqsimoti bu xo'jalikning moddiy asosini tashkil etadi. Jaxon xo'jaligi ishlab chiqaruvchi kuchlarni asrlar davomidagi rivojlanishi, milliy, mintaqaviy va umumjaxon miqiyosida mehnat taqsimotining uzluksiz guruxlashib borishi turli mamlakatlar milliy ishlab chiqarishning yakkalangan xolatdan chiqish va ularni asta-sekin davlatlaroaro xo'jalik tizimiga kirib borishi natijasidir.

Jaxon ho’jaligida har bir o'zgarishilar (jaxon bozoridagi narxlar harakati va aloxida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va halqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo ishlab chiqarish va moliya soxalaridagi aloqalari jaxon tamoyillariga bog'liq ob'ektiv reallik xisoblanadi. Xozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo'lishidan qat'iy nazar jaxon ho’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to'laqonli, iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas.

Dunyo mamlakatlari bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy iqtisodiy tuzumlar, halqaro guruxlarga bo'lingan.

Jaxon ho’jaligi 230 dan ortiq mustaqil xo'jalik sub’ektlarini o'z ichiga oladi (01.01.2004 yil xolatiga 197 tasi BMTga a’zo). Bu tarkibga kiruvchi har bir davlat tarixiy-jug'rofiy, milliy, diniy va ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy o’ziga xoslikka ega. Jaxon ho’jaligi sub'ektlarini turli mezonlarga asosan turkumlash mumkin. Yaqin paytlargacha asosiy mezon bo'lib davlatning sotsiyalizm yoki kapitalizm lageri tarkibiga kiritish xisoblanar edi. Sobiq SSSR parchalanib ketganda va SHarqiy Yevropadagi sobiq ijtimoiyistik lagerlar bozor ho’jaligi tomon yuz tutgan xozirgi davrda ham jaxon ho’jaligi davlatlari bir biridan ko’p belgilarga ko’ra farqlanadi.

Umumlashma tarzda jaxon ho’jaligi tizimi o’ziga xosligiga qarab: rivojlangan, rivojlanayotgan bozor ho’jaligi mamlakatlari va nobozor iqtisodiyotga asoslangan mamlakatlarga bo’linadi.

Iqtisodiyotning rivojlanishi darajasiga qarab past, o’rtacha va yuqori darajada taraqqiy etgan davlatlar mavjud.

Jaxon ho’jaligi da keyingi paytda aloxida o’rinni yangi industrial davlatlar, yuqori daromadli, neft esksport qiluvchi davlatlar egalaydi. Jaxon ho’jaligini o’rganishda eng qashshoq mamlakatlar guruxi (CHad, Bangladesh, Afg’oniston)) ga eg’tibor qaratiladi. Xozirgi davrda BMTning turkumlash belgilariga ko’ra jaxon davlatlari quyidagi tiplarga bo’linadi:

I-Yuqori darajada iqtisodiy rivojlangan davlatlar.

II-oraliq gurux yoki o’rtacha rivojlanish darajasiga ega davlatlar.

III-Rivojlanayotgan davlatlar.

Iqtisodiyoti yuksak rivojlangan davlatlar belgilari: YaMM da qishloq ho’jaligi maxsulotining xissasi juda past (2-5% ); sanoat salmog’i kamayib boryapti (faqat mashinasozlik salmog’i juda yuqori) va xizmat ko’rsatish 60-70% ni tashkil etadi. Eksport turi va miqdori muttassil oshib turadi diversifikatsiya). Bu turkum mamlakatlar dunyo sanoat maxsuloti ishlab chiqarilishi va eksportni 80% dan ortig’ini o’zida mujassamlashtiradi. (Transport tarmog’i vositalari ishlab chiqarishining 90%) va deyarli barcha moliyaviy investitsiyalarning eksporti shu mamlakatlarga to’g’ri keladi. Bu turkum davlatlar ichida asosiy sakkizlik yoki buyuk davlatlar aloxida guruxni tashkil etadi. (AQSH. Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya) bu gurux davlatlar yuqori iqtisodiy, ilmiy-texnik potentsial egasi xisblanadilar.

AQSH bu guruxda yetakchi o’rinni egalaydi (sakkizlikdagi 398 korporatsiyaning 153 tasi shu davlatda) lekin keyingi yillarda salmog’i kamayib bormoqda (1995 yilda sakkizlik maxsulotining 22% ni) 1956 yilda kapitalistik dunyo ishlab chiqarishning 56% bo’lgan). Yaponiya iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ushbu davlat jaxon ilmiy tadqiqotlarni 12% ni o’zida mujasamlashtirgan. Tabiiy resurslarni kam bo’lgan Yaponiya fan-texnika va texnologiyaning o’zining asosiy strategik resurslarga aylantiradi. Elektironika sanoati bo’yicha Yaponiya, AQSH, Italiya, Germaniya,Frantsiya, Buyuk Britaniya, jami maxsulotidan ko’proq ishlab chiqaradi. 1996 yil xolatiga dunyodagi robotlarning 60%i Yaponiya korxonalarida bo’ldi.

AQSH ko'p jixatdan importga bog’liq iqtisodiyotga ega. Yaponiya iqtisodiyoti chet el investitsiyalarining juda qiyinchilik bilan kiritadi. AQSHda davlat byudjeti 40% defitsitga, Yaponiya byudjeti esa 40%lik ijobiy saldoga ega.

Jaxonning eng yirik 100 ta banklaridan 24tasi Yaponiyada; 12 tasi AQSHda.

Iqtisodiy yuksak rivojlangan davlatlar turkumida G’arbiy Yevropaning iqtisodiy yuksak rivojlangan kichik davlatlari aloxida guruxni tashkil etadi. Bular: SHveytsariya, Avstriya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, SHvetsiya, Finlyandiya. Bu davlatlar iqtisodiyoti halqaro mehnat taqsimotida tor doirada ixtisoslashgan va shu soxada dunyoda yetakchi bo’lib turadilar. 50% dan ortiq maxsulotini eksport va 75% atrofida xom-ashyo va oziq-ovqat maxsulotlarini import qiladi, barchasi ish kuchini chetdan jalb qiladi.

II-turkum - o’rtacha rivojlanish darajasiga ega davlatlar, ular soni ko’p emas. Bularga G’arbiy Yevropada Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Irlandiya (turizm bu davlatlarda juda rivojlangan eksportning 25%gacha, ish kuchini eksport qiladi) kiritadi.

Markaziy-SHarqiy Yevropada - CHexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya davlatlari.

III-rivojlanayotgan davlatlar. Ularning deyarli barchasi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida joylashgan. Yer shari aholisining 75% i shu yerda yashaydi, sanoat maxsuloti 17% ni tashkil etadi (1996yil).

Braziliya, Meksika, Xitoy, Xindiston - bu turkum davlatlarining asosiylari bo’lib, yirik madaniyat o’choqlari, milliardli aholi, boy tabiat, arzon ish kuchi, hom ashyoga ega.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar moddiy asosini halqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Halqaro mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi mamlakatlar o’rtasida fan-texnika, ishlab chiqarish, savdo, iqtisodiy aloqalarning ob’ektiv asosi xisoblanadi va shu tufayli ishlab chiqarishning baynanminallashuvi umumjaxon jarayoniga aylandi va bu jaxon ho’jaligining taraqqiyoti qonuniyatidir.

Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashib ixtisoslashuv va o’zaro kooperativlashuv, iqtisodiy integratsiyaning o’sishi jaxon ho’jaligi tarqqiyotining o’ziga xos muxim belgisi va qonunidir. Resurslarning halqaro miqyosda taqsimlashishi va ulardan samarali foydalanish maxsulotlar va xizmatlarni arzonlashtirish va sifatini o’stirish imkonini beradi. Bu faqat iqtisodiy munosabat-largina emas, balki jaxonshumul muammolarni (ekologiya, xavfsizlik, qashshoqlik, kasalliklarga qarshi kurashish...) xal etishda hamkorlik qilish kuchlarni birlashtirish imkonini beradi.

Jaxon xo'jaligi qatnashchilari bo’lgan turli mamlakatlarning iqtisodiy tarqqiyot darajasi jixatidan bir-birga yaqinlashuvi uning belgisi va qonuniyatidir. Teng huquqli va o’zaro manfaatli aloqalar rivojlangan mamlakatlarning kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni ta’sirini kuchaytirib, ularning rivojini tezlashtiradi. Tinch yul bilan istiklolga erishgan va bozor iqtisodi taraqqiyoti yo’liga kirgan davlatlarning rivojlanishi ham shunday belgilarga ega bo’lmoqda. (Bu masalani O’zbekiston misolida aloxida ma’ruzada ko’ramiz).

Biroq halqaro miqyosida iqtisodiy taraqqiyotdagi tengsizlik va tafovutlarning ildizlari chuqur, darajasi katta bo’lib, uning bartaraf etish jarayoni ham uzoq davom etadi.

Jaxon ho’jaligini milliy iqtisodiyotga ta’siri o’sishi va borgan sayin kuchayib borishi uning taraqqiyot belgisi va qonuniyatidir. Xozirgi davrda milliy iqtisodiyot jaxon iqtisodiyotining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy iqtisodiyot rivojining zarur shartiga aylanmoqda. Xozirga davrda xech bir davlat iqtisodiy taraqqiyot darajasidan qat’iy nazar boshqa davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarsiz rivojlana olmaydi. Jaxon taraqqiyoti o’zaro hamkorligi qonuniyatini asosligini ko’rsatadi.

Jaxon bozorida ishtirok etishni kengaytirib borish va uni doimiylashtirish, bunda turg’unlikka erishish, jaxon mehnat taqsimotida ishtirok etish imkonini yaratib unda loyiq o’rnini egallash zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Ma’lumki ijtimoiy mehnat taqsimotining tub mazmuni ixtisoslashuv, ma’lum mehnat va xizmat ishlab chiqarish turlariga ixtisoslashuvidan iborat. Jaxon mehnat taqsimoti mamlakatlararo moslashuv ixtisoslashuv mazmunini bildiradi.

Jaxon mehnat taqsimoti ikki omilga asoslanishi mumkin. Birinchi omil, ma’lum maxsulotlar ishlab chiqarishga shu mamlakatda zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjudligi shu bilan birga bu imkoniyatlardan to’la foydalangan xolda tarixan shu xil tovar ishlab chiqarishning taraqqiy etishidir. Ikkinchi omil esa tashqi omil bo’lib, bu tashqi bozor rivojiga va bunday mehnat natijasining doimiy iste’molchisi mavjudligi va tashqi bozor tufayli ishonchli haridorlarining doimiyligini ta’minlash sharoitidir.

Jaxon mehnat taqsimotida ma’lum o’rin egallab, o’z ishlab chiqarishni rivojlantirgan va o’z tovarlari bilan dunyoga mashxur mamlakatlar ko’p. Masalan bir necha 100 yillarda beri Angliya va Gollandiya to’qimachilik sanoati bilan Germaniya mashinalari bilan, SHvertsariya soatlari, Xitoy chini va choyi, Amerika va Misr paxtasi bilan mashxurdir.

Texnika texnalogik taraqqiyot uning chegaralari juda kengaytirib yubordi va yangi yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega bo’lib, dunyoda tovarlari muxim joy egallagan va bozorni egallayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Jaxon miqyosida ixtisoslashgan davlatlar yuqori industirlashgan mamlakatlardir.

Tovar ishlab chiqarishdagi ixtisoslashuv, jaxon miqyosida bu soxada asosiy yo’nalishni belgilovchi darajada bo’lish, bu tovarlarga barcha mamlakatlarda haridorlar ko’pligi, shu bilan birga ishonchli o’rinni egallash uchun zarur taraqqiyot darajasida bo’lishdir.

Agar bir mamlakat bir xil tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, u bilan jaxon bozoriga chiqar ekan, demak bunday faoliyat avvalo uning o’ziga foydali va bundan u manfaatdordir.

Ma’lumki, boshqa mamlakatlar xalqlari uchun ishlab chiqarish oddiy xolat emas, chunki u iste’molchi uchun qimmatga tushadi, unga ortiqcha harajatlar birinchi navbatda transport harajatlari, boj harajatlari kushiladi. Jaxon mehnat taqsimoti kengayar ekan demak uning iqtisodiy ustunligi unga manfaatdorlik mavjud.

Jaxon bozorning ortiqcha harajatlarini qoplagan xolda yuqori daromad tag’minlanishi jaxon mehnat taqsimotida kattaroq o’rinni egallashga undaydi, bundagi manfaatdorlik har bir mamlakatni shu jarayonga tortadi. Bunday sharoitda ishlab chiqarish tuzilishini jaxon mehnat taqsimoti talabi asosida qurish va jaxon bozori uchun tovarlar yetkazib berishga moslashuv zaruriyati paydo bo’ladi.

Har bir mamlakat uchun o'z sharoitlariga qarab jaxon miqiyosidagi ishlab chiqarishga ixtisoslashish qo’ishimcha harajatlarga qaraganda arzonga tushadi. CHunki boshqa maxsulotlar bilan o’zini to’la ta’minlashga urinishga nisbatan ularni jaxon bozori orqali sotib olish arzonga tushadi. Iqtisodiy taraqqiyotda bunday mehnat taqsimoti qanchalik afzalliklarga ega eganligi rivoj topgan mamlakatlar tajribasida yaqqol isbotlanmoqda. Jaxon mehnat taqsimoti asosida yuzaga kelgan ishlab chiqarish xillarini saqlash va taraqqiyotini davom ettirish bunda yetakchilik qilish mamlakat iqtisodiyotiga asos bo’lmog’i kerak. Ishlab chiqarishni jaxon talabi darjasida olib borishning eng qulay va ma’qul usuli va yo’li jaxon mehnat taqsimotida katta o’rin egallashga harakat qilish hamda bu soxada muvaffaqiyatlarini qo'lga kiritib borishdadir.

Halqaro iqtisodiy integratsiya – bu mamlakatlarni chuqur, barqaror o’zaro aloqalarning rivojlanish va milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo’jalik- siyosiy aloqalarning birlashishi jarayonlaridir.

Halqaro iqtisodiy integratsiya jaxon ho’jaligi rivojining tarixiy jixatdan uzoq davr davom etgan natijasi xisoblansa-da, Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, xozirgi kunda ham mamlakatlarning jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida xal etilmagan ko’pdan- ko’p muammolar mavjudki, Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat.

Halqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:




Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish