O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


-Mavzu: Mehnat munosabatlari va mehnatga haq to’lash



Download 1,9 Mb.
bet132/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

21-Mavzu: Mehnat munosabatlari va mehnatga haq to’lash.

(2 soat ma’ruza)

Reja:

1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni.

2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari.

3. Ish haqining umumiy darajasi va mehnat bozorida ish haqi stavkasining shakllanishi.

4. Mehnat shartnomalarining iqtisodiy mazmuni. Mehnat munosabatlarini shakllantirishda kasaba uyushmalarining roli.

5. Ish haqi darajasini (stavkasini) tabaqalashtirish. Inson omiliga investitsiyalar.


Tayanch so’z va iboralar:

Ish haqi, nominal ish haqi, real ish haqi, vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi, ish haqi stavkasi, mehnat shartnomasi, shartnoma munosabatlari, jamoa shartnomalari, ijtimoiy sug’urta, mahnat intizomi, mehnat nizolari, ish haqi to’lash koeffitsenti.
Biz oldingi mavzularda bozor iqtisodi va unga o’tish sharoitida yaratilgan ichki milliy mahsulotning bir qismi ishchi va xizmatchilarga tegishli bo’lib, ular o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanishini qayd qilgan edik. Ishchi va xizmatchilar tomonidan mehnatga qarab olinadigan daromad ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda hamma mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. SHuning uchun uni tashkil etish va tartibga solish muhim muammo bo’lib hisoblanadi.

SHuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e’tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga turlicha tarif beradilar.

Masalan, «Yashash uchun vosita minimumi» (D.Rikardo va T.Maltuslarning) kontseptsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblaydi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash to’g’ri emas. Bu minimum o’z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug’dirgan ehtiyojlarni ham oladi. SHu bilan birga ishchi kuchi bahosining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlarning xo’jalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o’rnatilgan.

Qiymatning mehnat nazariyasi (Angliya klasik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb xisoblaydi. SHu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo’lgan ishchi kuchi qiymatining o’zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g’oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar,avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. SHu bilan birga bu g’oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi.

Bu fiklar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan i-tisodchi olimlar tomonidan maqullanib takrorlanmoqda. Masalan: A.F. SHishkin, Ye.F. Borisovlar o’zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi va tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflamoqdalar.

Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishki kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab ko’rinishini isbotlashga harakat qilganlar.

Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini yetarli hisobga olmaydi.

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida juda ko’p mualliflar tomonidan, jumladan Ekonomiks darsliklarida, 1998 yilda Moskvada chiqarilgan V.D. Kalshev rahbarligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» (rus tili) darsligida, 1997 yilda Toshkentda chiqarilgan A.O’lmasovning «Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi» o’quv qo’llanmasida va boshqalarda ish haqi mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya qilish, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na bahosi yo’qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon alla qachon isbotlangan xodisadir. SHuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo’ladi.

Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, undan albatta foydalanish zarur. Bu ham bo’lsa ular malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog’lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi, o’z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.

Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xarakteri mavjud bo’lib, uning murakkab va ko’p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ozgina e’tibordan chetda qolgan ko’rinadi.

Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy yoki ratsional mag’iz mavjuddir.

Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajaga, ya’ni, umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. CHunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. SHuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi.

Ish haqi tovar sifatida oldi –sotdi bo’ladigan ishchi kuchining qiymati bilan bog’liqdir. CHunki uning miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o’zini, oila a’zolarini boqishga yetadigan darajada bo’lishi lozim.

Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnatning va unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi.

Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonaning erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi, va bir ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. SHuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo’lsada turli firmalarda, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi mumkin.

Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.

Ish haqining asosiy vazifasi ishchi kuchini sotishdan boshqa daromad manbai bo’lmagan ishchi xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash mehtanning miqdori va sifatiga bog’liqliligini boshqacha qilib aytganda mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.

Albatta ishchi kuchi takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, devidend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Lekin ishchi va xizmatchilar ko’pchiligining hayot manbai mehnatdan keladigan ish haqi va boshqa darodmalardir. Ish haqining mazmunini to’laroq tushunish uchun naminal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir.

Ishchi uchun qanday shaklda va qancha summa ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. SHu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqiq bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi –bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi –bu nominal ish haqining «sotib olish layoqati». O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) bahosiga bog’liq. SHunday ekan real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

VH bu yerda VP-real ish haqi ; VH-nominal ish haqi ;

VP=------

P R - iste’mol buyumlari va xizmatlarga baho darajasi.

Nominal ish haqi-ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini xarakterlaydi.
Ish haqining shakllari va turlari. Ishlab chiqarishning texnik asoslaridagi, ishchilar mehnatining mazmunidagi, ularga bilim berish va kasbkorlikka o’rgatish borasidagi o’zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o’zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqida uning darajasi xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga qarab belgilanadi. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo’lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to’lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan paytlarda (masalan konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo’llaniladi.
Ishbay ish haqida ish haqining miqdori mahsulot birligi uchun belgilangan to’lov(ratsenka)ga muvofiq, tayyorlangan mahsulotning soniga bog’liq bo’lishini nazarda tutadi. Mahsulot birligi uchun ratsenka (to’lov), ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. CHunonchi, ishchilarning bir qismiga to’g’ri ishbay tizimi bo’yicha haq to’lanadi. Bunda ishlab chiqarish normasi qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan ratsenka bo’yicha to’lanadi.

Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan norma doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun asosiy va o’zgarmas ratsenka bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (ratsenka) bo’yicha pul to’lanadi. Ishbay-ish haqining tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo’llaniladigan mehnatga haq to’lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to’lanadi. Haq to’lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, tsex va boshqa bo’linmaning pirovard mehnat natijalariga bog’liq qilib qo’yiladi. Bunda har bir xodim faqat o’ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo’linmaning butun ish xajmini ham bajarishdan manfaatdor bo’ladi.

Ish haqining umumiy darajasi. Mamlakatda ish haqining umumiy darajasi jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish darajasiga : foydalaniladigan asosiy kapital va tabiiy resurslar miqdoriga, texnologiyaga, mehnat sifati va uning unumdorligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillarga bog’liq. Ish kuchi resurslariga talab har qanday boshqa resurslarga talab kabi uning unumdorligiga bog’liq. Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, unga bo’lgan talab ham shuncha yuqori bo’ladi. Mehnatning mazkur yalpi taklifida talab qancha yuqori bo’lsa, real ish haqining o’rtacha darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Mehnat unumdorligini belgilab beruvchi yuqoridagi keltirilgan omillarni batafsil qarab chiqamiz.

Kapital. Ishchi mehnati qanchalik ko’p miqdordagi asosiy kapital bilan uyg’unlikda foydalanilsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo’ladi.

Tabiiy resurslar. Mamlakat ishchi kuchi miqdoriga nisbatan hisoblanganda tabiiy resurslar – haydaladigan yerlar, asosiy mineral resurslar va energiya manbalariga qanchalik boy bo’lsa, mehnat shunchalik yuqori mahsulli bo’ladi.

Texnologiya. Nafaqat ko’p miqdordagi, balki eng yaxshi sifatga ega bo’lgan asosiy kapitalni taqozo qiluvchi ishlab chiqarish texnologiyasi mehnat unumdorligining eng muhim omillaridan biridir.

Mehnat sifati. Ishchilarning sog’ligi, ta’lim va tayyorgarlik darajasi, hamda mehnatga bo’lgan munosabati qanchalik yuqori bo’lsa ularning mehnati samarasi ham shunchalik yuqori bo’ladi.

Ishchilar mehnatning yuqori unumdorligini ta’minlaydigan kam sezilarli, ammo muhim bo’lgan boshqa omillar ham mavjud bo’ladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

A) boshqarishning samarali va qulay tizimi;

B) ishlab chiqarish va unumdorlikni rag’barlantiruvchi ijtimoiy va siyosiy shart-sharoit;


V) korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish imkoniyatini ta’minlaydigan ichki bozorning mavjud xajmi.

Aniq mehnat bozorida ish haqining shakllanishi. Endi ish haqining umumiy darajasidan uning aniq stavkasining aniqlanishini tahlil qilishga o’tamiz. Ish haqining miqdori avvalo ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif ta’siri ostida shakllanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab ishga yollovchining xohishini aks ettiradi. Boshqacha aytganda ishchi kuchiga bo’lgan talab hosila talab deyiladi. Ishchi kuchi taklifi ishchining mehnat qilishga bo’lgan xohishini aks ettiradi va ish haqining dinamikasiga teskari mutanosib bog’liqlikda ta’sir ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, agar ishchi kuchining taklifi ishlab chiqarish boshqa omillarining taklifiga nisbatan cheklangan bo’lsa, ish haqining o’sishi ro’y beradi.

Ko’pchilik mamlakatlarda ish haqining taklifi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: aholi soni, umumiy aholi sonida mehnatga layoqatlilar ulushi, ishchining yil davomida ishlagan o’rtacha soatlar soni, mehnati sarflangan ishchining malakasi, mehnatining miqdori va sifati. Grafikda ishchi kuchiga talab va taklif egri chiziqlarini joylashtirib, Ye muvozanatli nuqtani hosil qilamiz. Grafikda ish haqining muvozanatli stavkasi W­C , yollangan ishchilar soni esa QC-tashkil qiladi.

Ish haqining miqdori.



Ish haqi stavkasining hosil bo’lishi bozorning turli nusxa (model)larida o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Ishchi kuchining sof raqobatli bozori quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:

1. Mehnatning aniq turini yollashda ko’p sonli firmalar bir-biri bilan raqobatlashadi.

2. Bir xil malakaga ega bo’lgan, ko’p sonli malakali ishchilar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda o’z ish kuchini taklif qiladi.

3. Firmalar xam, ishchilar ham ish haqining bozor stavkasi ustidan nazorat qila olmaydi.

Ishsizlik mavjud bo’lmaganda ishga yollovchi firmalar ko’proq ishchi yollash uchun ish haqining ancha yuqori stavkasini to’lashga majbur bo’ladi. CHunki firma bu ishchilarni boshqa tarmoq va korxonalardan jalb qilishi zarur bo’ladi. Ancha yuqori ish haqi, hali ishchi kuchi tarkibiga kirmagan kishilarning ish izlashini rag’barlantirish uchun ham zarur.

Qisqacha qilib aytganda, sof raqobatli bozorda ish haqi muvozanatli stavkasi va ishga yollanuvchilarning muvozanatli soni aniq ishchi kuchiga bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif ta’sir ostida aniqlanadi. Ishga yollovchi monopolistik kuchga ega bo’lgan ishchi kuchi bozori quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:

1) Mazkur firmada band bo’lganlar soni mehnatning qandaydir aniq turi bilan band bo’lganlarning asosiy qismini tashkil qiladi;

2) Mehnatning mazkur turi nisbatan xaraktersiz hisoblanadi (geografik omilga ko’ra yoki ishchi boshqa ish topganda yangi malakani o’zlashtirishga majburligi tufayli);

3) Firma ish haqi ustidan hukmronlik qiladi, ya’ni firma to’lash zarur bo’lgan ish haqi stavkasi yollanadigan ishchilar soniga to’g’ri bog’liqlikda joylashadi;

Alohida hollarda yollovchilar mohiyati bilan to’liq ma’nodagi monopolistik xukmronlikka ega bo’ladi. Oligopoliya mavjud bo’lgan boshqa hollarda, uchta yoki to’rtta firma aniq bozordagi ishchi kuchi taklifining katta qismini yollashi mumkin. Bu yerda muhim holat quyidagi hisoblanadi: firma mavjud aniq mehnat turi taklifining asosiy qismini yollaganda uning ko’p yoki kam ishchilarni yollash haqidagi qarori shu mehnat uchun to’lanadigan ish haqi stavkasiga ta’sir ko’rsatadi. Xususan agar firma ishchi kuchi bozoriga nisbatan katta bo’lsa u ko’proq ishchini jalb qilishi uchun ish haqini ancha yuqori stavka bo’yicha to’lashga majbur bo’ladi.

Ishga yollash bo’yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, normadan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar, hamda baholarning o’zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi paketlarni o’z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch nusxa) tuziladi.

Ayrim hollarda davlat ham korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Asosan bu ish tashlash masalalariga tegishli. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro paket»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy–iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.

Ko’pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rolь kasaba uyushmalariga tegishli bo’ladi.

Biz yuqorida sof raqobatli bozorda ishchilar o’zlarining ishchi kuchini sotishda faol raqobatlashadi degan faraz bilan cheklandik. Ko’pchilik bozorlarda ishchilar o’zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo’lib «sotadi». Kasaba uyushmalari nisbatan ko’p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo’ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo’llar bilan erishishi mumkin.

Ularning asosiylarini qarab chiqamiz:




Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish