Iqtisodiy kategoriyalar — doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalardir.
Uslubiyat — iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning tamoyillari, yo’llari, qonun-qoidalari, aniq hadislari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya — iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea-hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, asosiy o’rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir.
Takrorlash uchun savollar: Qaysi ma’noda iqtisodiyot rivojlanishi iqtisodiy g’oyalar, ta’limotlar yaratilishining moddiy asosi bo’la oladi?
Nima uchun ilk iqtisodiy g’oyalar bizning O’rta Osiyoda vujudga kelgan?
«Avesto» asarining iqtisodiy g’oyalari nimalardan iborat?
«Qur’oni Karim»da qanday iqgisodiy qadriyatlar yaratilgan?
«Muxtasar» asarida ijara munosabatlari bugungi iqtisodiy islohotlar bilan qay darajada bog’langan?
Farobiy mulkdor bo’lishlikning qanday jihatlarini ko’rsatib o’tgan?
Siz SHarq allomalarining mehnat taqsimoti to’g’risidagi ta’limotlarini qanday tushuntira olasiz?
Ibn Sino inson ehtiyojlari va ularning qonuniy vositalari haqida qanday fikrlarni ilgari surgan?
«Temur tuzuklari» asarining asosiy iqtisodiy g’oyalarini bayon eting.
Zahiriddin Muhammad Boburning soliq tizimini tushuntirib bering.
Ibn Xaldunning sanoat mehnati, qo’shimcha mahsulot to’g’risidagi qarashlarini qanday izohlaysiz?
Prezident I. A. Karimovning iqtisodiy kontseptsiyasi mazmuni nimalardan iborat?
2007 yilning asosiy ustuvor yo’nalishlarini yod oling.
U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o’rin tutadi?
Iqtisodiyot asoslari va nazariyasini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
Makroiqtisodiy taxlil bilan mikroiqtisodiy taxlil o’rtasidagi farq nimadan iborat?
Iqisodiyot nima va uni o’rganish taqozosi nimadan kelib chiqadi?
Iqtisodiy jarayon (ne’matlar va xizmatlar yaratish) jarayoni qaerda boshlanadi?
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi nima? Nima uchun O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibiy tuzilmasini tubdan o’zgartirishni islohotlarning bosh maqsadi deb qaraydi?
Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibini tushuntiring! Qaysi ma’noda tadbirkorlik iqtisodiy omil deb qaralmoqda?
Nima uchun iqtisodiyotni jamiyatning moddiy asosi deyiladi?
Iqtisodiy qonunlar nima? Ularni iqtisodiy faoliyatda qo’llamaslik qanday oqibatlarga olib keladi?