fikrimizni ifoda etgan bo‘laman.
Fermerlarimizning ongu tafakkurida o‘z yeri va ishlab chiqarayotgan
mahsulotiga nisbatan egalik hissiyoti yildan-yilga tobora mustahkamlanib,
ularning o‘z mehnati natijasidan manfaatdorligi oshib bormoqda. Eng
asosiysi – odamlarimizning ongi va dunyoqarashi tubdan o‘zgarmoqda,
bebaho boyligimiz bo‘lgan yer va suv resurslaridan samarali hamda oqilona
foydalanish uchun mas’uliyat tuyg‘usi kuchaymoqda.
So‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar fermer
xo‘jaliklari vakolatlarini sezilarli ravishda kengaytirdi.
Shu bilan birga, tan olish kerakki, fermerlik harakatining Fermer
xo‘jaliklari uyushmasi shaklidagi tashkiliy tuzilmasi qishloq xo‘jaligini isloh
etish va sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fermerlar oldida
turgan vazifalarni hal etish jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |