talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha
qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda.
Kredit oluvchilarning to‘lovga layoqatsizligi, hisob-kitob qilishga qurbi
yetmayotgani moliya-bank tizimida jiddiy muammolar paydo bo‘lishiga olib
kelmoqda.
Dunyoning eng yirik davlatlari markaziy banklari tomonidan real
aktivlar bilan deyarli ta’minlanmagan pullarni chiqarish davom etayotgani,
shuningdek, sun’iy moliyaviy vositalar – derivativlarning nazoratsiz
chiqarilayotgani ko‘plab nufuzli xalqaro tahlil markazlari va ekspertlarda
jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Moliya va bank bozorini ortiqcha likvidlik bilan to‘ldirish, bunday
siyosatni davom ettirish ulkan spekulyativ “ko‘piklar” hosil bo‘lishi, zaxira
valyutalari va milliy valyutalarning qadrsizlanishi, inflyatsiya darajasining
o‘sish xavfini tug‘dirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |