etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirish, fermerlik harakatini
qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-
sharoitlarni tug‘dirib berish bunday yuksak natijalarni qo‘lga kiritishda hal
qiluvchi omil bo‘lmoqda, desam, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaligi haqli ravishda qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishining yetakchi bo‘g‘iniga, uni tashkil etishning asosiy shakliga
aylandi. Hozirgi vaqtda fermerlik harakati o‘z tarkibida 66 mingdan ziyod
fermer xo‘jaligini birlashtirmoqda. Mamlakatimizdagi jami haydaladigan
yerlarning 85 foizdan ortig‘i, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining asosiy qismi aynan fermerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Kun sayin mustahkamlanib, hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan
fermerlik harakati O‘zbekistonda o‘zini to‘la oqladi va bunga hech qanday
shubha bo‘lishi mumkin emas, desam, o‘ylaymanki, barchamizning umumiy
Do'stlaringiz bilan baham: |