Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirib, o‘tgan davrda amalga
oshirgan keng ko‘lamli ishlarimiz ham, joriy yildagi va undan keyingi
yillardagi barcha sa’y-harakatlarimiz ham yagona ezgu maqsadga –
xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga qaratilganini yana bir
bor ta’kidlamoqchiman.
Bu sohada erishilgan real raqam va ko‘rsatkichlar mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlarning
samaradorligini yaqqol namoyon etayotganini har birimiz o‘zimizga aniq
tasavvur qilishimiz lozim.
Hech kimga sir emaski, hayot darajasi, birinchi navbatda, aholining
daromadlari miqdori bilan belgilanadi. O‘tgan 2012-yilda bu ko‘rsatkich
yurtimizda 17,5 foizga o‘sdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi.
Umuman olganda, 2000-yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon
boshiga 8,6 barobar ko‘paydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi
Do'stlaringiz bilan baham: |