Reproduktiv huquq.Reproduktiv huquq bu barcha er-xotin juftliklarining bolalar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda to‘liq mas’uliyat hissi bilan qaroq qabul qilishi va buning uchun shart bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olishdir.
Shu o‘rinda demografik holatni muvofiqlashtirish va O‘zbekiston Respublikasining demografik (demografiya-aholishunoslik) siyosati haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.
Demografik holatni muvofiqlashtirish. U ikki maqsadni: bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va onalar va bolalar o‘limini kamaytirishga qaratilgan, maqsad farzandlar miqdoriga emas, sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining demografik siyosati. Tug‘ishni cheklash emas, balki tug‘ishdagi oraliq muddatni uzaytirish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, onalar sog‘lig‘ini yaxshilash, onalar va bolalar o‘rtasidagi o‘limni kamaytirishdan iboratdir. Asosiy maqsad farzandlar sonini ko‘paytirishga emas, sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan.
Oilani mustahkamlash masalasini yechishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
– yosh kelin kuyovlarga kelajak avlodni voyaga yetkazish mas’uliyatini anglatmoq;
– iqtisodiy mustaqillikka erishib oila qurish;
– tug‘ish oralig‘idagi muddat 3-4 yil bo‘lishi ayol va farzand salomatligini saqlashini ahamiyatini tushuntirish;
– oila qurayotgan yoshlar faqat oila oldida emas, kelajak avlod oldida ham javobgar ekanligini anglashi va balog‘atga yetmasdan oila qurish zararini anglashlari lozim.
Onalik yoshi uchun eng qulay yosh. Tibbiyot hodimlari va ruhshunoslarning kuzatuvlariga ko‘ra, ayollar 20 yoshdan 30 yoshgacha, yana ham aniqroq aytsak 20-24 yosh oralig‘ida farzand ko‘rsalar, bola hech qanday asoratsiz, oson tug‘iladi. Eng havfli davr 45-49 yosh, yani klimaks davri boshlanishi arafasidir.
“Ona va bola “ skriningi va uning ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasida 1998 yildan boshlab, bolalarda irsiy kasalliklar natijasida kelib chiquvchi aqliy zaiflikni oldini olish hamda homilani tug‘ma rivojlanish bilan tug‘ilish xavfini aniqlash uchun homilador ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida “Ona va bola “ skriningi Davlat dasturi amalga oshirilmoqda.
Skrining (yoki boshqacha aytganda saralash) – bu oddiy usullar yordamida kasallikni erta va tez aniqlash uchun aholini ommaviy tekshiruvdan o‘tkazishdan iborat.
Skrining markazining asosiy maqsadi – irsiy kasallik bilan tug‘ilgan bolalarga maxsus tibbiy-genetik xizmat ko‘rsatish va homilani rivojlanish nuqsoni bilan tug‘ilishini oldini olish maqsadida homilador ayollarni tekshiruvdan o‘tkazishdan iborat.
Skrining markazlar zamonaviy tibbiy jihozlar va malakali hodimlarga ega bo‘lib, asosan uch yo‘nalishda ish olib boradi:
_ irsiy va tug‘ma kasallik bilan tug‘ilganlarga va shunday farzandi bor oilalarga tibbiy-genetik maslahat berish;
_ tug‘ruqqacha bo‘lgan davrda homilada rivojlanish nuqsonini oldini olish tadbirlarini o‘tkazish;
_ yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tug‘ma gipotireoz va fenilketonuriya kasalliklariga ommaviy skrining o‘tkazish;
_ galaktozemiya va mukovitsidoz kasalliklariga gumon qilinganlarni selektiv skriningdan o‘tkazish.
Tibbiy-genetik maslahat bo‘limida irsiy va tug‘ma kasalliklarga chalingan farzandlari bor oilalarga turli soha mutaxassislari (rganis, nevropatolog, endokrinolog, ginekolog) kerakli maslahatlarni beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |